17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
248
ravnaqning sur’ati biz yaratgan texnika vositalarini tezkorlik bilan o‘zgarib, qulaylashib,
go‘zallashib borishini ta’minlab kelmoqda. Bunda badiiy-texnik yoki estetik faoliyat hisoblanmish
dizaynning roli katta.
Dizayn (inglizchada loyiha, chizma degani) XX asrning boshlarida «xunuk buyum yaxshi
sotilmaydi» degan iqtisodiy talab asosida G‘arbdagi sanoat ishlab chiqarishiga kirib keldi. Gap
shundaki, inson bilan texnikaning eskicha shaklidagi o‘zaro aloqasi endilikda yaxshi samara
bermay qo‘ygan edi. Unda inson texnologik rejimga moslashgan holda, tezlik, aniqlik,
mustahkamlik kabi texnologik mezonlar asosida ishlaydigan ishchi sifatida baholanardi. Bu
nafaqat insonparvarlik, balki texnikaviy ravnaq nuqtai nazaridan ham nomaqbul edi. Shu bois
texnikani insoniylashtirish zaruriyati tug‘ildi. Endi ishchi yo xizmatchining shaxsiy qiziqishi,
ijodiylik kasb etgani holda, faqat mehnat natijasi bilan cheklanmasdan, mehnat jarayoni va uning
mazmuniga ko‘chib o‘tishi lozim bo‘lib qoldi. Bu – mehnatning estetik tabiat kasb etishi va
insoniylashuvi demakdir. SHunday qilib, texnikani va ishlab chiqarish muhitini insoniylashtirish
mehnatni faqat zaruriyat deb emas, balki ehtiyoj darajasida tushunishga olib keldi; texnikani
insoniylashtirish muhitni insonga moslashtirishi barobarida, uni estetik tarzda tashkil etishni ham
o‘z ichiga oladigan bo‘ldi.
Dizaynning zaruriyatga aylanishi nafaqat zamonaviy ilmiy-texnikaviy ravnaqqa, balki
ommaviy ishlab chiqarish va umummadaniyat darajasining yuksakligiga ham bog‘liq. Bunday
sharoitda xaridor o‘zining erkin tanlov imkoniyati bilan ishlab chiqarish taklif qilgan mahsulotni
rad etishi va o‘z ehtiyojiga javob beradigan tovarni yuqori baholashi mumkin. Ya’ni, xaridor o‘z
didiga mos narsani tanlaydi; xarid jarayoni «boriga baraka» tarzidagi tavakkalchilik holatiga emas,
balki tovarga faol munosabat shakliga aylanadi. Ana shunday munosabatga loyiq bo‘lishi uchun
tovarning shakli muhim ahamiyatga molik. Tabiiyki, birinchi navbatda go‘zal va ulug‘vor
ko‘rinishga ega narsalargina jamiyatning e’tiborini qozonadi. SHunda tovarning umummezonga
javob beradigan estetik qadriyat sifatida qabul qilinishi ro‘y beradi va u ishlab chiqarishning
xaridorga, xaridorning esa, ishlab chiqarishga estetik ta’sirini ta’minlaydi.
Shuni unutmaslik lozimki, har qanday konstruksiyachi-injener dizayner bo‘lolmaydi.
Injener-konstruktor, deylik, mashinani loyihalashtirar ekan, dastlab uning motoridan tortib,
kuzovigacha bo‘lgan qismlari loyihasini chizadi va shundan keyingina ularni bir-biri bilan bog‘lab
yaxlit mashina shakliga keltiradi. Natijada har bir qism alohida «o‘z hayotiga» ega bo‘ladi. YA’ni,
mashina zamonaviylashtirilganida (modernizatsiya qilinganida) muayyan detallarni so‘nggi loyiha
asosida, alohida-alohida almashtirish jarayoni ro‘y beradi. Dizaynchi-injener esa, mashinani
go‘zallik va ulug‘vorlik qonuniyatlariga asoslanib, birdaniga muayyan yaxlitlik tarzida tasavvur
qiladi. Bu yaxlitlik konstruksiyaga bo‘ysunsa-da, o‘zini badiiy ijod sifatida namoyon etadi.
Shunday qilib, konstruktor-injener mazmunni, dizaynchi-injener shaklni yaratadi, ya’ni birinchi
mutaxassis – texnik, ikkinchisi – estetik. Ikkala faoliyatning uyg‘unligi tufayli zamonaviy xaridor
talabiga javob beradigan mashina vujudga keladi va unda, istaymizmi-istamaymizmi, estetik
ko‘rinish yaxlitlik sifatida ustuvorlikka, xaridorgirlik ahamiyatiga ega bo‘ladi. Zotan, eslaylik,
SHiller aytganidek, shakl insonga butunisicha, mazmun – uning muayyan qismigagina ta’sir
ko‘rsatadi. Xaridor esa, eng avvalo inson.
Biroq, bu – dizaynda hamma narsa shakl bilan bog‘liq ekan, degani emas.
Unda ham san’atdagidek shakl va mazmun uyg‘unligi asosiy omil hisoblanadi. Bunday
uyg‘unlikka birdan erishish qiyin, u bir necha texnikaviy bosqichlarning hosilasi sifatida vujudga
keladi. Masalan, «Zinger» rusumli tikuv dastgohi XX asr davomida rivojlanib, dastlabki qo‘pol
ko‘rinishidan «xohlasang ham, xohlamasang ham ishlaging keladigan» darajada go‘zallashib,
noziklashib, insonni o‘zida ishlashga chaqirib turadigan mashinaga aylandi. YOki o‘zimizdagi
«Daewoo» korporatsiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan «Matiz» avtomobiliga e’tibor
qiling. U dizayn nuqtai nazaridan o‘zidan avvalgi kichik mashinalardan, xususan, «Tiko»dan
Do'stlaringiz bilan baham: |