5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA
KATEGORIYALARI
80
hodisa yoki jarayonni tashkil qiladilar. Bu narsa va hodisalarning ma’lum bir guruhi o‘zaro birikib,
biron bir sistemani hosil qiladi. Bu esa ma’lum strukturaga ega bo‘lib, muayyan elementlardan
iborat bo‘ladi.
Bundagi butun, qism, sistema, struktura, elementlar o‘zaro
dialektik birlikda,
bog‘lanish va aloqadorlikda mavjud bo‘ladi.
Xo‘sh, butun va qism deb nimaga aytiladi?
Butun —
o‘zaro dialektik aloqadorlikda bo‘lgan qismlar, bo‘laklar, tomonlar, elementlar,
komponentlarning uzviy birligidan iborat bo‘lgan alohida narsa, hodisa, jarayondir. Masalan, bizni
o‘rab turgan olam bir butundir. Qism esa shu butunni tashkil qilgan, uning tarkibidagi ma’lum
bo‘lak, komponent, elementdir. Masalan, bir butun olamning bir qismi tabiatdir. Borliqdagi narsa
va hodisalarga xos bo‘lgan butun va qismlarning o‘zaro qonuniyatli aloqadorligi «Butun va qism»
kategoriyalarida aks etadi va ifodalanadi. Olamdagi har bir predmet (hodisa, buyum, protsess) ana
shu butun va qismlarning dialektik birligidan iborat. Masalan, leksikologiyaga oid «ishchilar»
so‘zini olsak. Bu so‘z: «ish» — «chi» — «lar» kabi ma’noli qismlardan iborat. Bu qismlar o‘zaro
birikib, bir butun «ishchilar» so‘zini hosil qiladi.
Butun va qism o‘zaro dialektik aloqadorlikdadir. Butunning
umumii tabiati uni tashkil
qiluvchi qismlarning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib, butun
tarkibidagi har bir qism
butunning o‘ziga xos xususiyatini ma’lum darajada ifodalaydi. Lekin butunni tashkil qilgan bu
qismlar butun tarkibida har biri alohida-alohida emas, balki butunning bo‘laklari sifatida ko‘rinadi.
Unda butunga xos ma’lum xususiyat qismlarga ham xos bo‘lishi mumkin. SHu bilan birga, butun
tarkibidagi qismlar butun bilan umumiy birlikka ega bo‘lishi
bilan birlikda, ular bilan o‘zaro
ziddiyatda, qarama-qarshilikda bo‘lishi ham mumkin. Butunsiz qismlar va qismlarsiz butun yo‘q
va bo‘lishi mumkin emas, ular faqat o‘zaro aloqadorlikda, birlikda, birgalikda, bir-birini taqozo
qilgan holda mavjud bo‘ladi. Bunda butunni tashkil qiluvchi qismlar ham o‘zaro bir-birlari bilan
ta’sir va aks ta’sir qilib turishadi. Butun va qismlarning bu o‘zaro ta’sir va aks ta’sir qilib turishlari
natijasida butun va qismlarning o‘zgarishi va rivojlanishi sodir bo‘ladi. Bundan tashqari, har bir
butun va qismlar ob’ektiv reallikdagi boshqa butunlik va qismlar bilan ham muayyan
aloqadorlikda va bog‘lanishda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: