Sh. H. Usanov, M. X. Tinibekov harbiy toksikologiya


Suv va oziq-ovqat mahsulotlarini degazatsiya qilish



Download 490,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet90/99
Sana24.01.2021
Hajmi490,82 Kb.
#56709
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   99
Bog'liq
harbiy toksikologiya asoslari

Suv va oziq-ovqat mahsulotlarini degazatsiya qilish. Suv 

juda  kam  hollarda,  uni  topishning  imkoni  bo‘lmagan  hollardagina 

degazatsiya  qilinadi.  Chunki  ifloslangan  suvni  degazatsiya 

qilishdan  yangisini  topish  afzalroq.  Ifloslangan  suvni  degazatsiya 

qilishga  to‘g‘ri  kelgan  hollarda  maxsus  vositalardan  foydalaniladi. 

Suvni  radioaktiv  moddalardan  tozalashni  –  dezaktivatsiya  qilishni 

quyidagicha amalga oshirish mumkin:

1.  Ionitlar  yordamida  tozalash.  Bu  usulda  o‘z  tarkibidagi 

ionlarni  suv  tarkibidagi  ionlar  bilan  almashadigan  smolalardan 



85

foydalaniladi.  Bu  smolalar  monomerlardan  tashkil  topgan  yuqori 

molekular  uglevodorodlar  hisoblanadi.  Ionitlarning  ikki  turi 

farqlanadi: kationitlar va anionitlar. Kationitlar tarkibida kislotalilik 

xususiyatiga  ega  bo‘lgan  ionlar  (H

),  anionitlar  tarkibida  ishqoriy 



xususiyatga  ega  bo‘lgan  ionlar  (OH

)  mavjud  bo‘ladi.  Suv  har 



birining  qalinligi  40–50  sm  bo‘lgan  kationitlardan,  undan  so‘ng 

anionitlardan  o‘tkaziladi.  10–15  soat  davomida  ishlatilgan  smola 

yangisiga almashtiriladi. 

2.  Koagulatsiya  qilish  va  tindirib  karboferrogel-M  yordamida 

filtrlash.  Bunda  suvga  maxsus  koagulant  qo‘shiladi.  Koagulant 

suv  tarkibidagi  moddani  koagulatsiyaga  uchratadi.  Koagulatsiyaga 

uchramagan qoldiq modda karboferrogelga so‘riladi. 

3. Koagulatsiya qilish va cho‘ktirib, oddiy to‘qima va ko‘mirdan 

iborat filtr (yoki qo‘lbola filtr – qum) yordamida filtrlash. 

4.  Suvni  degazatsiyalash  har  xil  usullar  yordamida  amalga 

oshirilishi  mumkin.  Bunday  usullarga  suvni  qaynatish,  har  xil 

sorbentlar yordamida suv tarkibidagi zaharli moddani so‘rib olishlar 

kiradi. Suv gidrolizlanish xususiyatiga ega bo‘lgan kam miqdordagi 

zaharli  modda  bilan  zaharlanganda,  shu  bilan  birga  gidroliz 

natijasida  hosil  bo‘ladigan  moddalar  zaharli  bo‘lmagan  hollarda 

qaynatish usulidan foydalaniladi. 

Sorbentlar yordamida so‘rib olish

 usuli ba’zi moddalarning suv 

tarkibidagi zaharli moddalarni so‘rib olish xususiyatiga asoslangan. 

Bunday  xususiyat  faollashtirilgan  ko‘mir,  yog‘och  ko‘miri,  torf, 

karboksiferrogellarda mavjud.

Suvni kimyoviy sorbentlar yordamida degazatsiyalash suvga har 

xil degazatsiyalovchi moddalar qo‘shish, so‘ng karboksiferrogel va 

faol ko‘mir yordamida filtrlashga asoslangan.

Iprit bilan ko‘p miqdorda zararlanganda suvga ko‘p miqdorda xlor 

qo‘shish,  uning  orqasidan  temir  kuporosi  yordamida  koagulatsiya 

qilish va filtrlash talab etiladi. 

Suv  dezaktivatsiya  va  degazatsiya  qilinganidan  so‘ng  sifat 

nazoratidan  o‘tkazilishi  lozim.  Bunda  suv  lyuizit  bilan  zararlangan 

bo‘lsa, suv tarkibidagi mishyak miqdori aniqlanishi lozim. 



86

Quduqlardagi  suvni  degazatsiya  qilish  uchun  uning  qopqoqlari, 

devorlari  va  tubi  bir  necha  marta  ohak  yordamida  ishlovdan 

o‘tkaziladi. Keyin uning suvi bir necha marta tortib olinadi. 




Download 490,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish