Sh. H. Usanov, M. X. Tinibekov harbiy toksikologiya



Download 490,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/99
Sana24.01.2021
Hajmi490,82 Kb.
#56709
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   99
Bog'liq
harbiy toksikologiya asoslari

Ta’sir mexanizmi.  Ta’sirlantiruvchi  zaharli  moddalar  ko‘z  va 

nafas  a’zolariga  tushgach  yog‘larda  eruvchanlik  xususiyati  sababli 

asab retseptorlariga ta’sir ko‘rsatadi.  

Klinik manzarasi. Ta’sirlantiruvchi  zaharli  moddalarning 

yashirin davri juda qisqa bo‘lib, zaharli moddaga to‘qnash kelingan 

birinchi  daqiqalardan  boshlab  yuqori  nafas  yo‘llarida  ta’sirlanish 

belgilari  paydo  bo‘ladi.  Bunday  belgilar  har  doim  bir  xil  bo‘lib, 




58

burunda qitiqlanish, og‘riq va achishish, bir vaqtning o‘zida tomoqda 

ham  achishish  paydo  bo‘ladi.  Keyin  traxeyaning  ta’sirlanish 

belgilari,  xususan,  ko‘krakda  tirnaluvchi  og‘riq  va  siqilish  yuzaga 

keladi. Yuqoridagi belgilarga bosh, tish, milk, jag‘lar va quloqlarda 

og‘riq qo‘shiladi. Shu bilan birga burundan shilliq oqishi, aksirish, 

so‘lak oqishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, kam hollarda 

ko‘zga «qum» tiqilish sezgisi kuzatiladi.

Burun, tomoq shilliq qavatlarida yallig‘lanish belgilari, til, burun 

qanotlarida shish ko‘zga tashlanadi.

Zahar  kuchli  ta’sir  ko‘rsatganida  nafas  olishning,  yurak 

faoliyatining  reflektor  buzilishi  natijasida  yurak  sekin  uradi,  qon 

bosimi oshadi, nafas olish sekinlashadi. Ba’zida nafas olish butunlay 

to‘xtab qoladi.

Jangovar  konsentratsiyada  qo‘llanilganda  yuqoridagi  belgilar 

unchalik davomiy bo‘lmaydi (bir necha soat, kam hollarda kunlar). 

Biroq  lanjlik  holati  zaharli  hududdan  chiqqandan  keyin  ham  bir 

qancha vaqt saqlanib turadi.

Zaharli  modda  ta’sirida  uzoq  muddat  davomida  qolinganda 

yuqoridagi  belgilar  1–2  kungacha  saqlanib  qolishi,  qo‘shimcha 

ravishda  oyoq  va  qo‘llar  uchlarida  sezuvchanlikning  yo‘qolishi, 

mushaklarning  bo‘shashishi,  chayqalib  yurish,  tushkunlik  holatlari 

kuzatilishi mumkin. 

Ta’sirlantirish  xususiyatiga  ega  zaharli  moddalar  bilan  za-

harlanganda  klinik  manzara  turlicha  bo‘lishi  ham  mumkin.  Bunda 

nafas  yo‘llarining  ta’sirlanish  belgilari  yaqqol  bo‘ladigan  yoki 

ruhiy  belgilar  yaqqol  bo‘ladigan  klinik  manzaralar  farqlanadi.  Teri 

zararlanishi  bilan  bog‘liq  klinik  manzara  esa  zaharli  tutunning 

konsentratsiyasi  havoda  juda  yuqori  bo‘lganida  kuzatiladi.  Bunda 

qisqa  muddatli  yashirin  davrdan  so‘ng  jabrlanuvchida  qichishish, 

achishish,  teri  tortilishi  kabi  sezgilar  paydo  bo‘ladi.  Teri  shishib 

qizaradi. Teridagi bunday yallig‘lanish belgilari tezda tuzalib ketadi.

Ta’sirlantiruvchi  zaharli  moddalar  burun,  tomoqlarda  uzoq 

muddat davomida saqlanib qoladigan qizarish, ba’zi hollarda bronxit 

kabi asoratlar qoldiradi. 



59

Ta’sirlantiruvchi  zaharli  moddalar  bilan  zaharlanganda 



tashxis 

klinik  belgilarga,  xususan,  biror  yallig‘lanish  belgilari  bo‘lmagani 

holda  ko‘zning  zararlanish  belgilari,  nafas  yo‘llarining  ta’sirlanish 

belgilari  (shilliq  qavatlarning  qizarishi,  tomirlarining  kengayishi, 

shishishi)  paydo  bo‘lishiga  va  ularning  tezda  o‘tib  ketishiga 

asoslanadi.




Download 490,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish