Sh. Abdullayeva I f. d., prof



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet315/354
Sana21.07.2022
Hajmi1,73 Mb.
#832557
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   354
Bog'liq
Пул ва банк

aktiv va passivlar
tarkibiy tuzilishining muvofiqlik darajasiga 
bog‘liq. Bank tomonidan likvidlikni yetarli darajada saqlab turish foyda 
olishga qaratilgan harakat bilan muvozanatlashgan holda amalga 
oshirilishi darkor, ya’ni ko‘proq foyda olish maqsadida aktivlarning
 
samarasiz joylashtirilishi likvidlik holatining yomonlashuviga olib 
keladi. 
Aktiv va passivlarni boshqarish sifati 
bankning pul fondlarini 
tashkil etish, ular narxlarini shakllantirish va joylashtirish jarayonlariga 
taalluqlidir. Ushbu jarayon asosan balans hisobotida aks ettiriladi. Aktiv 
va passivlarni boshqarishning eng maqbul yo‘li qisqa muddatli 
likvidlikni past bo‘lgan instrumentlarga joylashtirish orqali yuqori foyda 
olish orasidagi muvozanatni ta’minlashdan iborat. 
Depozitlar bazasi 
holatiga, ya’ni depozitlarning doimiyligiga jahon 
amaliyotida juda katta ahamiyat beriladi. Bundan tashqari, likvidlikni 
tahlil qilishda banklarning tashqi manbalarga chiqish imkoniyatlari 
alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, likvidlikni baholashda aktivlarning 
naqdlikka aylanish darajalari ham tahlil qilib chiqiladi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, likvidlik darajasi bankning likvidlik 
holatini to‘laligicha yoritib bera olmaydi va unga umumiy bahoning bir 
qismi sifatida qaraladi. Shunday ekan, likvidlik koeffitsiyenti boshqa 
ko‘rsatkichlar bilan qiyoslangan va to‘ldirilgan holda tahlil qilinishi 
maqsadga muvofiq. 
Likvidlik holati tekshiruvining yakuniy bosqichlarida bank 


482
tomonidan qonunchilikning buzilish holatlari ro‘yxati tuzilishi hamda 
ularga tegishli qonun va nizomlar ilova qilinishi ko‘zda tutiladi. 
[308]
. CAMEL tizimining yuqoridagi to‘rtta ko‘rsatkichi aniqlan-
ganidan so‘ng mazkur reyting tizimining beshinchi baholash ko‘rsat-
kichi – 
menejment
, ya’ni bankni boshqarish darajasi tahlil etiladi. Bu 
ko‘rsatkich bank ishonchliligini baholashning oxirgi ko‘rsatkichidir. 
Mazkur ko‘rsatkich oldingi ko‘rsatkichlar natijalariga bog‘liq 
bo‘ladi. Chunki kapitalning yetarliligi, aktivlar sifati, daromadliligi va 
yuqori likvidlik darajasiga ega bo‘lgan banklarning, xususan, menejment 
ham yuqori bo‘ladi. Bunda: 
kadrlarning bilim darajasi; 
me’yoriy hujjatlarga amal qilinishi; 
bank, kadr, kredit, investitsiya, foiz siyosatlarining mukammalligi 
va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi tahlil qilinadi. 
Bankni boshqarish darajasi ko‘pincha bank siyosatining qay 
darajada maqsadga muvofiq shakllantirilganligi, uning yozma ravishda 
belgilangan tartibda hujjatlashtirilganligi va unga rioya qilinishi bilan 
xarakterlanadi. Ma’muriyat faoliyatiga baho berishda esa quyidagilarga 
alohida e’tibor beriladi: 
sardorlik va rahbarlik qilish qobiliyati; 
bank faoliyati qoidalariga rioya qilish darajasi; 
o‘zgaruvchan vaziyat va holatlarda to‘g‘ri qarorlarni qabul qila 
olish va unga tez moslasha olish qobiliyati; 
muvaffaqiyat qozonish; 
bank xizmatlariga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga 
intilish va boshqa ko‘rsatkichlar. 
Shunday qilib, bankni boshqaruv sifati bank rahbariyati tomonidan 
olib borgan siyosatning samaradorlik darajasini ifodalovchi ko‘rsatkich 
bo‘lib, qator omillar va ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish