476
biri (TIF Milliy bankidan so‘ng) ikkinchi bo‘lib - «Paxtabank»ka berildi.
Jahonning 95 dan ortiq mamlakatidagi mingdan ziyod mashhur bank-
moliya institutlari faoliyatini o‘rganib, tahlil qilishga ixtisoslashgan eng
yirik reyting agentligi – «Tomson Faynenshial Benk Votch» kompani-
yasi xulosasiga ko‘ra, xalqaro miqyosda o‘z mavqeyini egallayotgan
aksiyadorlik tijorat «Paxtabank» O‘zbekistonning yirik va moliyaviy
barqaror banki ekanligi tan olinib, unga xalqaro reyting bahosi berildi.
U o‘z aktivlari bo‘yicha respublika banklari
orasida ikkinchi, ustav
kapital miqdori bo‘yicha esa uchinchi o‘rinni egalladi. Bank
respublikada 13 ta viloyat boshqarmasi, 184 ta tuman bo‘limlari hamda
400 dan ziyod minibanklardan iborat strategik ahamiyatga ega bo‘lgan
keng tarmoqli tizimga ega. Shuningdek, ko‘p sonli intiluvchan, iqtidorli
hamda etuk mutaxassislardan iborat bank jamoasining ko‘p yillik, ulkan
va boy tajribaga egaligi ta’kidlab o‘tilgan.
Ayni paytda ushbu reyting
kompaniyasi tomonidan bank
faoliyatining har bir jabhasi atroflicha tahlil qilinib, munosib ravishda
LC-2 hamda JC-C/D reyting ko‘rsatkichlari bilan baholandi.
LC-2 ko‘rsatkichi – baholashda ikkinchi eng yuqori kategoriya
hisoblanib, asosiy mablag‘ va foizlarni o‘z vaqtida qaytarish qobiliyati
kuchli bo‘lganda beriladigan bahodir. Respublikamizda «Paxtabank»
ushbu reytingga (TIF Milliy bankidan so‘ng) ikkinchi bo‘lib erishdi.
Bankka JC-C/D reyting bahosining berilishi esa shuni anglatadiki, u
o‘z aktivlari sifatini yaxshiligi hamda barqaror muvozanatlashtirilgan
balansi bilan keng omma ishonchi va hurmatiga sazovor bo‘lmoqda.
Shunisi e’tiborga molikki, «Paxtabank»ka berilgan bunday reyting
baholari,
avvalambor, uning:
istiqbolini belgilashda;
xorijiy sarmoyalarni yanada faolroq jalb etishda;
xalqaro bank-moliya tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik
munosabatlarni o‘rnatish borasida zaruriy shart-sharoitlar, yangi
imkoniyatlar yaratib beradi.
Qolaversa, bank mavqeyining respublika ichida va uning
tashqarisida yanada yuksalganidan,
jahon moliya olamida ulkan
yutuqlarini munosib namoyon etganidan dalolat beradi.
Bank SWIFT jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar
hamjamiyati a’zoligiga qabul qilingan. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga
xizmat ko‘rsatuvchi eng nufuzli banklardan biri ekanligi jahon moliya
olami tomonidan ham e’tirof etildi. Jumladan, moliya muassasasining
477
1998-yildayoq qishloq va qishloq xo‘jaligini kreditlovchi Osiyo-Tinch
ummoni assotsiatsiyasi (APRAKA)ga a’zo bo‘lib kirganligining o‘ziyoq
uning jahon bank tizimida o‘zining munosib o‘rnini egallab borayotgan-
ligini ko‘rsatuvchi dalildir. Osiyo va Tinch ummoni mintaqasidagi 21
mamlakatning qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi 57 ta bank va moliya
institutlaridan iborat jahondagi salohiyatli va nufuzli moliya
institutlaridan
biri hisoblanuvchi ushbu
Assotsiatsiya qishloq xo‘jaligini
rivojlantirishning moliyaviy tamoyillarini rejalashtirishni rag‘batlanti-
rish, qishloq va qishloq xo‘jaligini moliyalash va kreditlash sohasidagi
davlatlararo tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, tarmoqqa moliyaviy
xizmat ko‘rsatish bo‘yicha axborotlarni o‘zaro muntazam ayirboshlash
va ularni amaliyotga joriy etishni muvofiqlashtirish maqsadida tashkil
etilgan.
«Paxtabank»ning jahon bank hamjamiyati bilan integratsiyalashuvi
yil sayin chuqurlashib borayotganiga yana bir misol uning
qishloq
xo‘jaligini kreditlash xalqaro Konfederatsiyasi (KIKA)ga a’zo
bo‘lganligidir. Ushbu nufuzli tashkilot Ikkinchi jahon urushi
tugaganidan so‘ng G‘arbiy Yyevropaning bir guruh qishloq xo‘jalik va
kooperativ banklari tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, o‘zining
hozirgi ko‘rinishida 1989-yilda ta’sis etilgan. Hozirgi paytda, qishloq
xo‘jaligi sohasida kreditlar beruvchi yoki uni olishga ko‘maklashuvchi
jahonning barcha qit’alaridan 36 davlatning qishloq xo‘jalik
yo‘nalishidagi 165 ta banklari hamda moliya tashkilotlari, shuningdek,
faoliyat maqsadi
qishloq xo‘jalik kreditini rivojlantirish yoki uni
o‘rganishdan iborat bo‘lgan mintaqaviy, milliy yoki xalqaro tashkilotlar
KIKA a’zolari sanaladi. Ular sirasiga Fransiyaning «Kredi Agrikol»,
Niderlandiyaning «Rabobank», Germaniyaning «Doychegenossenshafts-
bank», Avstriyaning «Rayffayzensentralbank» kabi banklari va boshqa
yirik hamda taniqli banklar kiradi. «Paxtabank»
boshqaruvining raisi
KIKA Markaziy qo‘mitasi a’zosi hisoblanadi.
Odatda, CAMEL reyting tizimida 5 komponentdan bir yoki ikki
holatda yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lish mumkin. Bankrotlikka yaqin,
ya’ni muammoli banklar deb tan olingan banklar esa 5 yoki 4 ball
oladilar va ular tez-tez tekshirilib turiladi. To‘g‘ri, 5 holatdan 4 tasida
ham yuqori ko‘rsatkichga erishish hollari ham yo‘q emas, lekin bitta
holatda ham yuqori ko‘rsatkichdan past bo‘lgan reyting bahosiga ega
bo‘lganda umumiy reyting bahosi yuqori bo‘lmaydi. Respublika bank
tizimida umumiy reyting bahosining eng ko‘pi 2 va 3 ta bo‘lib, bular
478
«yaxshi» va «qoniqarli» faoliyat yurituvchi banklar qatoriga kiradi.
Shunday qilib, bank faoliyatini baholashning «CAMEL» tizimi:
bank faoliyatini oydinlashtirishga
yordam beradi;
bank hisobotlarining to‘g‘riligini tasdiqlaydi;
obyektni xalqaro audit kiritilishiga tayyorlaydi.
Ushbu afzalliklar umumlashib, eng oliy maqsad, ya’ni bankni
bankrotlikdan saqlab qoladi va shu orqali jismoniy hamda yuridik
shaxslarning omonatlari, depozitlarining behudaga sarflanib ketishining
oldini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: