Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar


§. Rivojlangan mamlakatlar pul tizimi va uning o’ziga xos xususiyatlari



Download 0,65 Mb.
bet24/52
Sana26.05.2022
Hajmi0,65 Mb.
#610304
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52
Bog'liq
Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar (1)

§. Rivojlangan mamlakatlar pul tizimi va uning o’ziga xos xususiyatlari

Zamonaviy pul tizimi qo’yidagi elementlami o’z ichiga oladi: pul birligi; valyuta kursini o’rnatish qoidalari, baholar masshtabi; pul ko’rinishlari; emissiya tizimi; davlat yoki kredit apparati.
Pul tizimining tarkibiy qismi milliy valyuta tizimidir, nainki u nisbatan mustaqil bo’lsa ham.
Pul biriligi - qonuniy tarzda o’rnatilgan pul belgisi bo’lib, barcha tovarlar bahosini o’zaro solishtirish va ifodalash uchun xizmat qiladi. Ko’pincha pul birligi mayda bo’linuvchi qismlarga ajraladi. Ko’pchilik mamlakatlarda o’nlik bo’linish tizimi o’rnatilgan. Masalan, 1:10:100 (AQSh dollari 100 tsentga 1 funt sterling - 100 pensga, 1indoneziya rupiyasi - 100 senga teng va h.k.)
Rasman baholar masshtabi o’zining iqtisodiy ma’nosini davlat-monopolistik kapitalizmi rivojlanishi va kredit pullarni oltinga almashinishi to’xtatilgandan so’ng yo’qotdi. 1976-1978 yilda o’tkazilagan Yamayka valyuta islohoti natijasida oltinning rasmiy narxi va pul birliklarning oltin tarkibi bekor qilindi.
Qonuniy to’lov vositasi bo’lgan pul ko’rinishlari - bular asosan bank kredit biletlari, qog’oz pullar (xazina biletlari) va tangalardir. Masalan, AQSh da muomalada quyidagi pullar mavjud: 100, 50, 20, 10, 5 va1 dollarlar, bank biletlari. Xazina biletlaridan tashqari kumush-mis va mis-nikel tangalar (50,20, 10, 5, 1 tsentli) chiqariladi Buyuk Britaniyada muomalada 50, 20, 10, 5, 1 f. st. banknotalar: 1 f. st., 50, 10, 5, 2 pennli, 1 va 1/2 pensli tangalar amal qiladi. Yana eski 2 va 1 shilling tangalari yuritiladi, ular yangi 10 va 5 pensga teng. Agar rivojlangan mamlakatlarda asosan bank biletlari chiqarilsa, qator rivojlanayotgan mamlakatlarda ko’proq xazina biletlari chiqarish keng tarqalgan. Masalan, Indoneziyada 50, 25, 10, 5, 1 sen qiymatli, Yoindistonda - 1 rupiya qiymatli xazina biletlari chiqariladi.
Rivojlangan mamlakatlarda bank biletlarining emissiyasi Markaziy banklar tomonidan, xazina biletlari va tangalar qonunda belgilangan emissiya huquqiga asosan xazina muassasalari tomonidan chiqariladi. Bu mamlakatlarda pul emissiyasining asosiy kanali - depozit chek emissiyasidir. Mijoz schyotlaridagi depozitlarga muvofiq tarzda to’lov oborotini ta’minlaydigan chek massasini ko’paytiriladi. Unda tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari ishtirok etadi.
Pul siyosati kredit siyosati bilan chambarchas bog’liq bo’lgani uchun bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni davlat pul-kredit siyosati bilan tartibga solib turadi. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda 70-yillardan monetarlashtirish siyosati kiritilgan. Bu siyosatga asosan Markaziy banklar muomaladagi pul massasining o’sishi va kreditlarni tartibga solishda maqsadli mo’ljallarni o’rnatishi lozim. 1975 yildan boshlab Germaniya Markaziy banki (davlat banki) kelasi 12 oyga rejalashtirayotgan muomaladagi pul massasining o’sish yoki qisqarish su’ratlari to’g’risida kongressga hisobot beradi.
Rivojlangan mamlakatlarning zamonaviy pul tizimi qo’yidagi xususiyatlarga
ega.
Pul birligining oltin tarkibi, banknotalarini oltin bilan ta’minlash va unga almashishning bekor qilinishi;

  • oltinga almashinmaydigan, keyinchalik qog’oz pul aylanadigan, kredit pullarga o’tish;

  • pulni muomalaga nafaqat xo’jaliklarni banklar tomonidan kreditlash, balki davlat xarajatlarini qoplash uchun chiqarish;

  • pul muomalasida naqdsiz pul oboroti ustunligi;

  • pul muomalasini davlat tomonidan tartibga solishning kuchayishi.

1929-1933 ylardagi jahon iqtisodiy inqirozi davri va undan keyin yuzaga
kelgan valyuta bloklari, rivojlanayotgan mamlakatlarda emissiya institutlari va ularning operatsiyalari nazorat qilib turgan metropoliyalarga bog’liq bo’lgan pul tizimlari saqlanib qolishini ta’minlaganlar. Emissiya miqdori xo’jalik ehtiyojlari bilan emas, to’lov balanslari holati bilan belgilangan. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi davrda urushgacha bo’lgan valyuta bloklari asosida alohida valyuta zonalari yaratildi. Bu valyuta zonalari asosiy valyutaga nisbatan boshqa valyutalarning qa’tiy kursini ushlab turish; milliy valyutalarni gegimon - davlat banklarida saqlash; zona ichida valyuta hisob-kitoblarning imtiyozli tartibi kabi xususiyatlarga asoslanib faoliyat olib boradi.
Quyidagi tayanch so’zlarni ta’riflang

metall pul;
qog’oz pul;
banknota;
bimetalizm;
monometalizm;
chek;
veksel;
valyuta masshtabi; baholar masshtabi; oltin; tangalar; xazina biletlari; emissiya tizimi; pul birligi.
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar

  1. Pul tizimi deganda nimani tushunasiz?

  2. Bimetalizm pul tizimini o’ziga xos xususiyatlari?

  3. Nima uchun monometalizm pul tizimiga o’tildi?

  4. Metall pul tizimidan qog’oz va kredit pullar tizimiga o’tishning asosiy sabablari?

  5. Kredit pullarning turlari va ularni izohlang?

  6. Pul tizimining asosiy elementlariga nimalar kiradi?

  7. 1976-1978 yillarida Yamaykada o’tkazilagan davlatlararo kelishuvning maqsadi?

  8. Oltinni demonetizatsiya qilish deganda nimani tushunasiz?

  1. BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PUL TIZIMI


  1. Download 0,65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish