Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar



Download 0,65 Mb.
bet1/52
Sana26.05.2022
Hajmi0,65 Mb.
#610304
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar (1)




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOShKENT MOLIYA INSTITUTI
SH. ABDULLAEVA
PUL, KREDIT VA BANKLAR
D a r s l i k
(qayta ishlangan nashr)

Toshkent- 2003
Pul, kredit va banklar. Darslik. (Sh. Abdullaeva) Toshkent, Toshkent Moliya instituti, 2003. 318 bet
Pul, kredit va banklar bo’yicha respublikamizda chop etilayotgan o’quv qo’llanma bo’lib, unda pul muomalasi, kredit tizimi va banklar faoliyati tashkil etish asoslari ko’rsatib o’tilgan. Pulninig zarurligi, funktsiyalari, milliy valyutani muomalaga kiritilishi, kredit va uning shakllari, kredit tizimi, uni tarkibi kredit muassasalari, banklarning tashkil topishi, rivojlanishi, O’zbekiston Respublikasi bank tizimini tashkil topishi va rivojlanishi, bank faoliyati barqarorligi va likvidliligi to’g’risida fikr yuritilgan. Shuningdek, o’quv qo’llanma bir qator bank operatsiyalari, jumladan, bankning aktiv, passiv va boshqa operatsiyalari nazariy jihatidan hozirgi zamon talablari asosida yoritib berilgan.
O’quv qo’llanma Toshkent Moliya instituti qoshidagi Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy Kengash majlisida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan. « » 200_y. -son majlis bayoni.
Rektorning o’quv va metodik
ishlar bo’yicha muovini: A.Vohobov
Muallif: prof. Abdullaeva Sh.Z.
Taqrizchilar: Iqtisod fanlari doktori,
prof. Qodirov A.Q. Iqtisod fanlari doktori, prof. Abdullaev Yo.
Toshkent Moliya instituti - 2003
KIRISH
Mustaqillik yillarda O’zbekiston oldingidan tubdan farq qiluvchi yangi iqtisodiy munosabatlarga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning navbatdagi bosqichlariga o’tib bormoqda. Bozor iqtisodi asosida tovar-pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosabatlari - tovar ishlab chiqarish, tovarlarning ayirboshlash va pul muomalasiga xos munosabatlarni ifoda qiladi. Bozor iqtisodi erkin tovar-pul munosabatlarga asoslangan iqtisodiy monopoliyani inkor qiluvchi, ijtimoiy taraqqiyotga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo’nalishiga ega bo’lgan va boshqarilib boriladigan iqtisoddir.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarini qaror toptirish dolzarb tadbirlardan bo’lgan pul, kredit va banklar tizimida ham chuqur o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Bozor munosabatlariga o’tish iqtisodiy kategoriya sifatida pulning, kreditning, foiz, soliq va boshqa kategoriyalarning mohiyati va ahamiyatiga boshqacha yondashish zarurligini taqozo qiladi.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida bank-moliya tizimining ahamiyati tubdan o’zgarmoqda. Bozor munosabatlarini boshqarish sohasida davlat tomonidan olib boriladigan barcha ishlarning og’irlik markazi ana shu tizimlarga ko’chdi.
Shu sababli, bank tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligini oshirish, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish, so’mning barqarorligi va yuksak nufuzini ta’minlash sahasidagi muammolarni o’rganish, shuningdek, tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va tavsiyalarni ishlab chiqish o’ta dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Bugungi kunda quyidagi savollar ilmiy nuqtai nazardan javoblarini kutmoqda:

  • naqd pul va kredit emissiyasining o’sishiga sabab nima?

  • aholi qo’lidagi pulning harakatsiz turib qolishiga qanday qilib yo’l qo’ymaslik mumkin?

  • mahsulot ishlab chiqarishning o’sishini ta’minlamagan korxona (firma) ularga kredit berilishiga yo’l qo’ymaslik uchun qanday chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim?

  • milliy valyuta kursini almashuvi va barqarorlashuvini ta’minlash uchun qanday tadbirlar amalga oshirilishi kerak?

  • inflyatsiyani oldini olish va uni pasaytirish omillari nimalardan iborat?

Bozor munosabatlarini talab darajasida tashkil qilish, ishlab chiqarishni
rivojlantirish, kengaytirish va shu asosida iqtisodiy taraqqiyotga erishish kreditdan foydalanishni, banklar faoliyatini samaradorligini oshirishni, kreditdan foydalanishda salbiy hollarning oldini olishni taqozo qiladi. Yoozirgi vaqtda tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning salmog’i va sifati sohasida ancha muammolar mavjud.
Yoar bir jamiyatda bank tizimi uning iqtisodiy tizimining muhim va ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Tarixan tovar ishlab chiqarish va muomala jarayonining rivojlanishi banklarning rivojlanishi bilan o’zaro bog’liq holda taraqqiy qilib borgan. Banklar xo’jaliklarga kredit bera turib, korxona, tashkilotlar o’rtasida hisob-kitoblarni o’tkaza borib, kapital harakatida vositachi sifatida maydonga chiqadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimida katta tarkibiy o’zgarishlar yuzaga keldi va banklarning tarkibi va ular bajaradigan funktsiyalar va ularga yuklangan vazifalarning mohiyati va sifati o’zgarib bormoqda. Banklar ma’muriy-buyruqbozlik tizimida ishlashdan yangi - bozor munosabatlari sharoitida ishlashga o’tdi. Bozor munosabatlari sharoitida ishlash banklardan yangi xizmat turlarini tadbiq qilish, mijozlarni qiziqishlarini hisobga olish, ularga xizmat ko’rsatishning yangi usullarini joriy qilish, yangi kredit vositalarini bank faoliyatida qo’llash, turli xil kredit institutlarining barpo qilinishi bilan bog’liq jarayonlarni yuzaga kelishiga olib keldi.
Bozor iqtisodi sharoitida banklarning o’rni hamda faoliyatini muhimligi, pul, kredit va bank tizimining takomillashib borishi, shu sohada malakali kadrlar tayyorlashni va mavjud muammolar echimini taqozo qiladi.
Mazkur darslik “Pul, kredit va banklar” kursining o’quv dasturi asosida yaratilgan bo’lib, ushbu yo’nalish sohalariga taalluqli bo’lgan mavzularni o’z ichiga oladi. Bu darslikda bozor iqtisodi nuqtai-nazaridan iqtisodiy kategoriyalar va ularga taallluqli bo’lgan masalalar ko’rib chiqildi. Bu kurs iqtisodiy fanlarni aniq mustaqil yo’nalishlaridan bo’lib, ishlab chiqarish munosabatlarining maxsus bo’limi - pul, kredit, banklar birjalar bilan bog’liq sohalardagi iqtisodiy munosabatlarning ifodasini o’zida aks ettiradi. Darslik umumiqtisodiy nazariya ta’limotlari, xorijiy olimlarning tadqiqotlarini e’tiborga olgan holda tadqiqot qilish asosida yaratilgan.
Darslikda bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasi va kreditning rivojlanish qonuniyatlari, asosiy tamoyillari, banklar va bank operatsiyalarining olib borilishi va valyuta tizimini rivojlanish bosqichlari kabi masalalar o’z ifodasini topgan.
Mazkur darslik, avvalo, iqtisodiyot oliy o’quv yurtlari talabalari, ilmiy xodimlar, aspirantlar, tijorat banklari va Markaziy bank xodimlari, moliya tashkilotlari xodimlari va shu soha bilan qiziquvchilar uchun mo’ljallangan.



  1. BOB. PULNING ZARURLIGI VA MOYOYATI


Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish