93
uchun 532593, 2 mln.so‘m va 2014-yilda jami 2447106,9 mln.so‘m shundan
paxta uchun 1871907, 3 mln.so‘m va g‘alla uchun 575199, 6 mln.so‘m imtiyozli
kreditlar ajratilgan. Qishloq xo‘jaligi imtiyozli kreditlar va boshqa
moliyalashtirish manbalaridan mablag‘lar ajratilishini ko‘payishi bilan birga
ulardan samarali foydalanish mexanizimlarini ham rivojlantirish ham zarur.
Bunda, kreditlar agrotexnik tadbirkar muddatidan kelib chiqqan holda
quyidagi tartibda ajratiladi:
paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil
yetishtirilayotgan yilning 1-apreliga qadar paxta xom ashyosi qiymatining 25
foizigacha, 1-iyulga qadar 50 foizigacha, 1-sentyabrga qadar 60 foizgacha;
g‘alla
yetishtirish
xarajatlarini
moliyalashtirish
uchun
xosil
yetishtirilayotgan yilning 1-yanvariga qadar g‘alla qiymatining 30 foizigacha, 1-
aprelga qadar 50 foizigacha va 1-iyunga qadar 60 foizgacha.
Tijorat kreditlarinina esa yillik foiz stavkasi yuqori bo‘lib, agar zarur
bo‘lmasa fermer xo‘jaliklari bundan foydalanmaganliklari maqul. Chunki ishlab
chiqarish jarayoni bir marta bo‘lganligi sababli olingan kredit bir marotaba
aylanadi. Bu esa fermerlar uchun kreditning qaytarilishiga qiyinchilik tug‘diradi.
Pul mablag‘laridan tashqari agrar korxonalar ishlab chiqarish jarayonlari
uchun kerakli bo‘lgan asbob –
uskunalar, transport vositalarini, urug‘likni,
ozuqa moddalarni va kimyoviy ozuqalarni ham olishlari mumkin.
Bizning mamlakatimiz agrar – industrial davlat bo‘lganligi sababli
iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri agrar soha bo‘lib hisoblanadi. Agrar
sohani rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotiga ham katta ta‘sir ko‘rsatadi. Shuning
uchun davlat iqtisodiy axvoli nochor agrar korxonalarga ham imtiyozli kreditlar
ajratadi yoki boshqa korxona tasarufiga o‘tkazadi. Hozirgi kunga kelib
ishbilarmon
tadbirkorlar tashabusi bilan, kredit yordamida parrandachilik,
chorvachilik, baliqchilik, uzumzorlar va intensive bog‘lar soni yildan yilga
oshmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki kredit agrar korxonalarni inqirozga yuz
tutmasligi, boshlagan ishlab chiqarish jarayonini
oxirigacha yetkazishi va
rivojlanishi uchun sharoit yaratib berar ekan. Bu esa davlat iqtisodiyoti va
siyosatining bir maromda rivojlanib borishiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Shunday qilib, agrar sohani kreditlash mexanizimini rivijlantirish agrar
korxonalar moliyaviy barqarorligini ta‘minlashda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: