Oila qoidalari “yaxshi –
yomon”, “to`g`ri – noto`g`ri” doirasidagi baholash
mezonlarini aks ettiradi. Oila ruhining buyrug`i uchun nima
yaxshi yoki yomon, kim to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligi
muhim emas – har bir kishi oilaga tegishli bo`lishga haqli.
Ruh odamlarni yaxshi yoki yomonga ajratmaydi.
Bu yondashuvni egallash har doim ham oson emas.
Odatda ko`pchilik insonlar hayotda erishgan hamma narsa
faqat o`zlarining xizmatlari ekanligiga ishonishadi. Ular tanlov
qiladilar, mas’uliyatni o`z zimmalariga oladilar, hayotlarini
nazorat qiladilar. Faqat kuchsizlik holatlariga, qiyin hayotiy
sinovlarga duch kelgandagina odamlar boshqacha fikrlashni
boshlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |