Kalit so‘zlar:
laboratoriya, axborot texnologiyalari, kompetentsiya, ta’lim, metod, ilm, fan.
respublikamizda taʼlim tizimini takomillashtirish orqali har tomonlama yetuk, barkamol,
mustaqil fikrlashga qodir, irodali, fidoiy va tashabbuskor kadrlarni tayyorlashga katta eʼtibor
berilayapti. hozirgi davrda ishlab chiqarishda texnika va texnologiyalarning yangilanayotganligi,
ilm va fanning jadal taraqqiyoti mutaxassis kadrlardan o‘z bilimlarini mustaqil va muntazam
ravishda chuqurlashtirib, yangilab, to‘ldirib va kengaytirib borishni talab etadi. «kadrlar tayyorlash
milliy dasturi»ni ro‘yobga chiqarish o‘zbekistonning xalqaro talablardagi zamonaviy taraqqiyotini
taʼminlay oladigan dadil, mustaqil, ijodiy tafakkurli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda
shaxsiy insoniy sifatlari shakllangan barkamol kadrlarni tayyorlash maqsadini ko‘zlaydi.
o‘quv maqsadlarini belgilashda “bilim” yondashuvga muvofiq, ta’lim jarayoni qurildi,
uning natijalarini baholash vositalari tanlandi. 1999 yilda J. raven (kompetensiyaga asoslangan
yondashuv asoschilaridan biri) tadqiqotlarida maktabning asosiy maqsadi o‘quvchining
“kompetentsiyasi”ni aniqlash va rivojlantirishga ko‘maklashish degan pozitsiya asoslandi.
muallif “kompetensiya” bilan ma’lum bir predmet sohasidagi aniq harakatlarni samarali bajarish
uchun zarur bo‘lgan insonning maxsus qobiliyatini tushunadi. Bugungi kunda “kompetensiya”
tushunchasi nafaqat pedagogik matbuotda, balki ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi
davlat hujjatlari tizimida ham keng qo‘llanilmoqda va o‘qitishga kompetensiyaviy yondashuv
ta’lim tizimining keyingi rivojlanishini belgilaydigan asosiy yondashuvlardan biriga aylandi.
o‘quv maqsadlarini “kompetentsiya” da shakllantirish ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va
amalga oshirishga qaratilgan global tendentsiyaning aksidir. ushbu yondashuv ta’lim sifati va
uning asosiy bosqichlarini qurish (Boloi jarayoni) bo‘yicha talablar sohasida xalqaro hamjamiyat
mamlakatlarining pozitsiyalarini birlashtirishga asos yaratadi. Ta’lim jarayonini tashkil qilishda
kompetentsiyaga asoslangan yondashuv, avvalo, yangi ta’lim strategiyasini tanlashni anglatadi.
Bu holda talaba o‘quv maqsadlari muvaffaqiyatli hal qilishi kerak bo‘lgan kontekstli ijtimoiy
vazifalar tizimi (umumiy, maxsus) shaklida shakllantiriladi. Ta’lim maqsadlarining tarkibi va
mazmuni o‘zgarishi bilan ta’lim jarayonining o‘zi ham o‘zgaradi, o‘quvchilarning yutuqlarini
baholash vositalari va usullari o‘zgarib bormoqda. mamlakatimizda yangi malakali kadrlar
tayyorlash strategiyasi asosida umumiy o‘rta va oliy kasb-hunar ta’limi zamonaviylashtirilmoqda.
oliy ta’lim tizimida kompetensiya modeli ta’limning an’anaviy malaka modelini organik ravishda
to‘ldirish uchun ishlab chiqilgan. Shu munosabat bilan oliy o‘quv yurtlarida ta’lim tizimining
barcha tarkibiy qismlari o‘zgarib bormoqda: maqsadlar, jarayon (mazmun, usullar, shakllar,
vositalar) va natijalar. oliy ta’limni modernizatsiya qilish natijasida yangi ta’lim standartlari
paydo bo‘lishi kerak. Bunda bo‘lajak o‘qituvchilarini kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishlaridan birida,
ya’ni akTga boy muhitda laboratoriya eksperimentini tashkil etish usullari sohasida o‘qitishda
kompetensiyali yondashuvni amalga oshirish imkoniyatlari va usullarini o‘rganish muammosini
keltirib chiqaradi. qo‘yilgan muammoning yangiligi nafaqat o‘quvchilarni o‘qitishda yangicha
yondashuv, balki oliy ta’lim tizimiga akT vositalarini faol joriy etish bilan bog‘liq o‘quv
jarayonini tashkil etishning yangi shartlari bilan ham belgilanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. muslimov n.А. Bulajak kasb taʼlimi ukituvchilarini kasbiy shakllantirish. monografiya. -
T.: Fan, 2004 - 126 b
2. Лукъянова М.И. Психолого-педагогическая компетентность учителя // Педагогика. -
2001. - № 10. - с. 56-61
81
Do'stlaringiz bilan baham: |