Сентябрь 2020 10-қисм
Тошкент
EKOLOGIK TADBIRLARDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISH
Mamirova Nazira Djumanazarovna
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani
34-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
+99897 246 8211
Annotatsiya.
mazkur maqolada ekologik tadbirlarda o‘yinlardan foydalanish ahamiyatiga
to‘xtalgan holda, tadbirlarda qo‘llaniladigan o‘yin namunalari keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
ekologiya, o‘yin, ekologik tadbir.
Bolaning asosiy faoliyati o‘yin davrida ham mehnat, o‘qish faoliyatining ma’lum qismlari bilan
shug‘ullanadi, mehnat faoliyati asosiy hisoblangan katta yoshdagilar ham o‘qish faoliyati bilan
o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha shug‘ullanib boradilar, shularni hisobga olgan holda boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarining ham asosiy faoliyati o‘qish bo‘lsada, lekin ularning yosh va individual,
psixologik xususiyatlari bolalarni o‘yindan to‘laqonli ajratish imkonini bermaydi. Shu bois
boshlang‘ich sinflarda berilayotgan materialni o‘yin vositalaridan foydalangan holda berish
o‘quvchilarni faoliyatini samarali bo‘lishiga olib keladi.
didaktik o‘yinlarni tashkil etishda qo‘g‘irchoqlar, o‘yinchoqlar, rasmlar va tarqatmalar, turli
geometrik shakllardan ham foydalanish mumkin.
har bir didaktik o‘yinni boshlashdan oldin o‘quvchilarga o‘yinning qoidasi, mazmuni, yakuni
nimadan iborat ekani o‘qituvchi tomonidan tushuntiriladi. o‘quvchilar uni tushunib, anglab, shu
asosida harakat qiladilar. o‘quvchilarga ekologik tushunchalarni ham o‘yin orqali singdirish
maqsadga muofiqdar. quyida ekologik tadbirlar jarayonida qo‘llaniladigan o‘yin namunalaridan
keltirib o‘tmoqchimiz.
“ meva salati” harakatli o‘yini.
Sinf o‘quvchilari besh turdagi mevalar nomlari asosida guruhlarga birlashtiriladilar, ya’ni
“olma”,”nok”,”shaftoli”,”behi”,”anor”.Boshlovchi qaysi mevalardan salat tayyorlashini aytsa
,o‘quvchilar belgilangan meva nomlariga ko‘ra joylarini almashadilar,boshlovchi bo‘sh
o‘rinlardan biriga tez o‘tirib olishi kerak o‘tirolmay qolgan o‘quvchi boshlovchi vazifasi
bajaradi.o‘yin shu zaylda 1-2 daqiqa davom etadi. masalan: boshlovchi: “men barcha mevalardan
salat tayyorlamoqchiman“, -deb aytsa barcha “mevalar o‘rinlarini almashtiradilar, yoki “men
olma va nokdan salat tayyorlamoqchiman deb aytsa faqat boshlovchi aytgan mevalar o‘rinlarini
almashtiradilar.
“Tabiat mo‘jizalari ” o‘yini
“Tabiat mo‘jizalarini sanab o‘ting” topshirig‘i asosida guruhlar topshiriqni bajardilar:
- buloq
- sharshara
- tog‘
- gul
- novda
…………..
Tabiatshunoslikdan amaliy topshiriq: Berilgan rasm bo‘laklarini yig‘ing va hosil bo‘lgan
tabiat manzarasini izohlang.
har bir guruhga rasmlar tarqatilib, pazl usulida yig‘ildi va rasmlarga topshiriq bo‘yicha
manzara izohlandi.
dorivor o‘simliklar haqida ma’lumotlar bering.
1-guruh:
isiriq, yalpiz, ………………
2-guruh:
Paxta, makkajo‘xori..............
3-guruh:
na’matak, rayxon.....
4-guruh:
moychechak, qo‘qio‘t.......
36
Do'stlaringiz bilan baham: |