E’tiborga molik jihati: bolalarda qiziquvchanlikni rivojlantirish
San’at markazi
Mavzu bo‘yicha rasm chizish“Kuzgi daraxt”.
Maqsad: rasm orqali kuzgi daraxt, uning barglari
haqida obrazni yaratadi, atrofdagi olam go‘zalliklarini qog‘ozdagi fon va bo‘yoqlarni mujassamlashtira oladi, tasvirlarni qog‘ozda joylashtira oladi.
Jihoz va materiallar: kuzgi daraxtlar tasvirlangan rasmlar, qog‘ozdan
yasalgan kuzgi barglar, guash
Faoliyatning borishi:
1. Didaktik o‘yin: “Ha yoki yo‘q”.
- Kuzda gullar ochiladimi?
- Qo‘ziqorinlar bo‘ladimi?
- Bulutlar qyoshni yopadimi?
- Qushlar uchib keladimi?
- Hayvonlar inini yopadimi?
- Quyosh nurlarini yorqin sochadimi?
- Bolalar quyoshda chiniqsa bo‘ladimi?
- Hamma xirmonni yig‘adimi?
2. Didaktik o‘yin: “Qaysi daraxtning bargi ekanligini top”
3. Daraxtning tuzilishini ko‘rib chiqish: shoxlarning, barglarning joylashuvini, ularning ranglarini ko‘rib chiqishadi.
4. Rasm chizishadi.
5. Bolalar ishlari ko‘rgazmasi. Bolalarga eng baland, past, shoxli, sarg‘ish, qizg‘ish va rangli barglidaraxtlar tavsiya etiladi.
Qo‘shimcha: tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlarni kuzatish. Kuzgi barglar va ulardan guldastalar yasash o‘yinlari. Kuz haqida she’r va qo‘shiqlar yod olish.
E’tiborga molik jihati: bolalarda estetik did va badiiy qobiliyatlarniuyg‘otish, tasviriy faoliyatga qiziqishlarini rivojlantirish.
San’at markazi
Plastilin, loydan yasash “Ertak qahramonini yasaymiz.
Maqsad: hayvonlarni yasaydi, shakli, rangi
va qismlar nisbatini biladi, ertak qahramonining tashqi ko‘rinishining belgilarini ko‘rsata oladi.
Jihoz va materiallar: plastilin, pichoqcha, suv, mato, taxtacha.
Faoliyatning borishi:
1.Ertak va qahramonlari haqida topishmoqlar aytish. Masalan: “Kim mening likopchamdan ovqat edi, kim mening o‘rindig‘imda o‘tirdi?”
2.“Mening sevimli ertagim”, “Mening sevimli ertak qahramonim” mavzusida suhbat.
3.Mustaqil faoliyat.
4.Bajarilgan ishlar tahlili. Qanday qiziqarli xolatlarga duch keldingiz?
Qo‘shimcha: ertakni o‘qish
va suratlarni tomosha qilish
E’tiborga molik jihati: qo‘llarning mayda motorikasini rivojlantirish va nutqnik grammatik tuzilishiga e’tiborni qaratish .
San’at markazi
Applikatsiya: “Likopchadagi olmalar - do‘stim uchun hadya”
Maqsad:bolalar tugallangan kompozitsiyaning tayyor formalarini tuza oladi.Qaychini ushlashni, to‘g‘ri qirqishni va elimlashni biladi.
Jihoz va material: likopcha shaklida qirqilganqalin qog‘oz
, 4-5
dona olma namunalari, rangli qog‘oz, jigarrang rangli chiziqlar, qaychi, elim, mo‘yqalam, salfetka.
Faoliyatning borishi:
1. Likopchadagi turli shakl va rangdagi olmalarni ko‘rib chiqish.
2. Didaktik o‘yin: “Bog‘da nima o‘sadi?”
3. Applikatsiyani bajaradi.
4.Ish joyini yig‘ishtiradi.
5. Tayyor ishlarni ko‘rib chiqish va pannoga yig‘ish.
Qo‘shimcha: kvadrat, to‘g‘riburchak, aylana va oval shakllarini qirqish
E’tiborga molik jihati: bolalarning jamoa bo‘lib
ishlash faoliyati, mayda qo‘l va barmoqlar motorikasi