Iyun
№19(predmetsiz)
I.Kirish
Chapga va oʼngga qarab,
Yugurib hamda suzib,
Bizlar sogʼlom oʼsamiz.
Quyoshda toblanamiz
Yurish. Buben sadolari ostida yurish: oyoq uchida yurish, tovonda yurish, ilon izi boʼlib yurish, yurishdan asta-sekin yugirishga oʼtish, yana yurishga oʼtish. Bolalarni uch guruhga boʼlib turgazish.
II.Аsosiy qism
Umumrivojlantiruvchi mashqlar.
1.D.x.Oyoqlar kengligida, tovonlar parallel, qoʼllar orqada. 1- oyoq uchiga kutarilish, qoʼllarni yuqoriga koʼtarish, qoʼllarga qarash- nafas olish. 2-D.x. qaytish- nafas chiqarish.(4-5 marta).
2.D.x. Polga oʼtirish, oyoqlar birga, qoʼllarga orqada tayanilgan. 1-Qoʼllarni yon tomondan yuqoriga koʼtarish, qoʼllarga qarash- nafas olishl. 2- oldinga bukilish, qoʼllarni oyoqka tekkizish- nafas chiqarish. 3 rostlanish, qoʼllar yonga - nafas olish. 4-D.x - nafas chiqarish.
3.D.x orqa tomon bilan polga joylashtirish, oyoqlar birga, oyoq uchi choʼzilgan, qoʼllar yuqorida. 1-2-polda yotgan xolda oʼngga qayrilish. 3-4- D.x. Xuddi shu xolatlar chap tomonda bajariladi.
4.D.x.qorin bilan polga joylashtirish, oyoqlar birga, tirsakka tayanish. 1-3- qoʼllarni yuqoriga koʼtarish- gavdani toʼgʼrilash- nafas olish. 4- D.x - nafas chiqarish.
5.D.x. orqamachasiga polga joylasha olish, oyoqlarni bukkan xolda yuqoriga koʼtarish, qoʼllar gavdaning yonida, oyoqlarni almashtirib oldinga chuzib aylanma xolatlarni bajarish(velosipedda yurish).(9 marta).
III. Yakuniy qism:
Buben sadolari ostida yurish va yengilgina yugurish. Nafas mashqlarini bajarish.
1. Burundan nafas olish, ogʼizdan chiqarish.
2. Burundan nafas olish, soʼzli nafas chiqarish. Ox qanday mazza, ox qanday mazza kabi.
3. Oʼpkani (koʼkrakni) toʼldirib nafas olish, soʼng koʼrsatgich barmoq bilan burinning bitta katagini berkitib nafasni burun orqali chiqarish, mashq navbatma-navbat oʼng va chap qoʼllar bilan bajariladi.
Iyun
№20(sakragich bilan)
I.Kirish
Tongi badantarbiyaga
Barchangizni chorlayman.
Bir, ikki, uch mashq qilib,
Sogʼligʼimni tiklayman.
Qaddimni men tik tutib,
Soʼng yurishni boshlayman.
Yurish. Buben sadolari ostida yurish: oyoq uchida yurish, tovonda yurish, ilon izi boʼlib yurish, yurishdan asta-sekin yugirishga oʼtish, yana yurishga oʼtish. Bolalarni uch guruhga boʼlib turgazish.
II.Аsosiy qism
Sakragich arqon bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar.
1. D.x. Oyoqlar bitta, qoʼllar ikkiga bukilgan sakragich bilan pastda. 1-2 sakragichni yuqoriga koʼtarib oyoq uchida turish- nafas olish. 3-4 D.x qaytish- nafas chiqarish.(5-6 marta).
2. D.x Oyoqlar yelka kengligida, qoʼllar sakragichlar bilan pastda. 1-sakragichni yuqoriga koʼtarish- oʼnga qarash- nafas olish. 2- gavdani oʼngga qayirish- nafas chiqarish. 3- rostlanish, sakragichlar yuqorida- nafas olish. 4- qoʼllarni sakragich bilan pastga tushirish- nafas chiqarish. Xuddi shu xolatlar chap tomonda bajariladi.(6 marta).
3. D.x Oyoqlar yelka kengligida, tovonlar parallel xolda, sakragich yelkaga joylashtiriladi. 1- tanani oʼngga qayirish. 2-D.x qaytish. 3- chapga qayirilish. 4-D.x qaytish. Qayrilganda oyoqlarni poldan uzmaslik, nafasni rostlash.(6 marta).
4. D.x oyoqlar birga, qoʼllar sakragichlar bilan birga pastda. 1- oldinga bukilish. 2- oʼngoyoq bilan sakragichni ustidan oldinga qadam tashlash. 3- chap oyoq bilan sakrab utish. 4- rostlanish. Xuddi shu xolatlar orqaga sakrash davrida bajariladi, 4 gacha sanalganda rostlanish va d.xqaytish.(6 marta)
5. D.x oyoqlar birga, qoʼllar sakragichlar bilan yuqorida. 1- oʼngoyoqni bukmasdan oldinga koʼtarish, sakragichni oyoqka tushirish- nafas chiqarish. 2- oyoqlarni tushirish, sakragichni yuqoriga koʼtarish, oʼnga qarash- nafas olish. Xuddi shu xolatlar chap oyoq bilan bajariladi.(4 marta).
III. Yakuniy qism:
Buben sadolari ostida yurish va yengilgina yugurish. Nafas mashqlarini bajarish. 1. Burundan nafas olish, ogʼizdan chiqarish.
2. Burundan nafas olish, soʼzli nafas chiqarish. Ox qanday mazza, ox qanday mazza kabi. 3. Oʼpkani (koʼkrakni) toʼldirib nafas olish, soʼng koʼrsatgich barmoq bilan burinning bitta katagini berkitib nafasni burun orqali chiqarish, mashq navbatma-navbat oʼng va chap qoʼllar bilan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |