Olima G.L.Rozengart-Pupko bolaning nutqni tushinishi (idrok qilishi)
jarayonini o‘rganib, ko‘ruv idroki va predmetlarga ko‘z yugurtirish,
ularning
nomlarini tushinish rivojlanishiga yordam beradi, deya xulosa chiqaradi.
Tadqiqotchilardan Z.I.Barabanova go‘dakning nutqni idrok qilishini tekshirib,
undagi turli analizatorlarning roliga baho beradi. Uning ma’lumotlariga qaraganda,
g‘o‘zg’atuvchi 10 marta namoyon bo‘lishida ko‘ruv analizatorlarining yo‘nalishi 86
foiz bolaga saqlangan, eshituv analizatorining esa 60 foiz sinaluvchilarda yo‘qola
boshlagan. Qo‘zg‘atuvchining 20 marta ta’sir ko‘rsatishi natijasida ko‘ruv
analizatorini ta’sirlanish orientirovkasi 18 foiz bolada so‘ngan, eshituv analizatori
xuddi shu paytda umuman batamom so‘nib bo‘lgan.
D.B.Elkonin xulosasiga ko‘ra, nutqni tushinish vujudga kelishining asosiy
shartalri quyidagilardan iborat: a) umumiy holatdagi
predmetni ajrata olish; b)
predmet diqqat e’tiborini to‘plash; v) favqulodda holatga qarab anglanadigan his-
tuyg‘uning mavjudligi va boshqalar.
O‘zgalar nutqini tushinish ko‘ruv idrokining zamirida vujudga keladi. Bolani
o‘zgalar nutqini tushinishga o‘rgatishda katta odamlar biror o‘yinchoqdan
ta’sirlanishi hosil qiladigan qo‘zg‘atuvchini uyg‘otadi.
Nutqni idrok qilish va tushunishning oxirgi bosqichi go‘dakning 9-10
oyligidan boshlanadi va uni o‘zgalar nutqini tushunishning ilk shakli va ko‘rinishi
deb ataladi.
Tadqiqotchi F.I.Fradkina kattalarning go‘dakka qaratilgan nutqidan quyidagi
ta’sirlanish holatlarini ko‘rish mumkinligini aniqlagan: 1) nomi aytilgan predmetga
javob tariqasida burilib qarash (7-8 oylikdan); 2) turmush tajribasiga egallangan
harakatlarni kattalar eslatishi bilanoq bajarishga intilish (7-8 oylikda); 3)
kattalarning nutq orqali ko‘rsatmasi bo‘yicha oddiy topshiriqlarni bajarish (9-10
oylikda); 4) nutq orqali ko‘rsatma bo‘yicha zarur predmetni tanlab olish. (10-11
oylikda); 5) “Mumkin emas” degan taqiqlovchi so‘z ta’sirida harakatini to‘xtatish
(12 oylikda) va hokazo.
Go‘dakda o‘zgalar nutqini idrok qilish va unga javob berishga intilish,
xususan qo‘zg‘atuvchiga javoban u yoki bu
harakatni amalga oshirish
murakkablashib boraveradi. Bular uning aqliy imkoniyatlari darajasiga (tiyrakligiga,
topqirligiga) bevosita bog‘liq bo‘lib, bola ulardan ta’sirlanish natijasida narsalarga
nigoh tashlaydi, uni ushlab olish uchun qo‘l cho‘zadi, unga emaklab boradi.
Tushunish vujudga kelayotgan jarayonda favqulodda holatga qarab ta’sirlanishning
o‘zi ham murakkablashib boradi. Dastlab ta’sirlanish biror jismga nisbatan paydo
bo‘ladi, keyinchalik biror jismni boshqa ob’ektlar bilan yonma-yon turgan joyidan
tanlab olish birmuncha qiyinchilik bilan ko‘chadi. Tushunishning rivojlanish
bosqichlari ko‘ruv idroki bilan nutq o‘rtasidagi o‘ziga xos munosabat tariqasida
namoyon bo‘ladi.
Shuning uchun tushunish, ya’ni nutqni idrok qilish go‘dakni
orientirlash faoliyati negizida vujudga kelib, ko‘ruv orientiri shaklida ifodalanadi.
Tushunishning o‘zi ham ko‘ruv orientirning o‘sishidan yangi bosqich hisoblanib,
harakatning so‘z bilan boshqaruv bosqichiga ko‘chganligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: