4- Mavzu: Chakaloklik davrining psixologik xususiyatlari va uning
psixodiagnostikasi
Reja:
1.
Chaqaloqlik davrida jismoniy rivojlanish. Chaqaloqlik davrida psixologik
rivojlanish xususiyatlari.
2.
Sensor, perseptiv hamda kognitiv rivojlanish.
3.
Predmetlar bilan o‘ynash, his-tuyg‘uning o‘sishi yoki jonlanishi.
4.
Go‘daklik davrining psixologik xususiyatlari.
5.
Go‘dak va muloqot, go‘daklik davrida nutqning vujudga kelishi, kognitiv va
perseptiv jarayonlarning rivojlanishidagi shart –sharoitlar.
Tayanch tushunchalar:
Pernitaldavr, “jonlanish” kompleksi, emotsional
muloqot, sensor deprivatsiya, emotsional deprivatsiya, ko‘z kenvergensiyasi,
sensorfaollik, predmetli harakat.
Chaqaloqlik davrida jismoniy rivojlanish.
Chaqaloqlik davrida psixologik rivojlanish xususiyatlari.
Chaqaloqning yangi sharoitda yashashini ta’minlovchi asosiy omil tug‘ilishda
unda vujudga kelgan tabiiy mexanizmlardir. U tashqi sharoit va muhitga moslashish
imkonini beradigan, nisbatan yetilgan nerv sistemasi bilan tug‘iladi. Tug‘ilganidan
boshlab mazkur reflekslar organizmda qon aylanishi, nafas olish hamda nafas
chiqarishni ta’minlaydi.
Birinchi kundanoq kuchli qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan ko‘zni qisish,
pirpiratish, uning qorachig‘ini kengaytirish yoki toraytirish mexanizmlari ishlay
boshlaydi. Bu reflekslarni himoya reflekslari deyiladi.
Chaqaloqda himoya reflekslaridan tashqari, qo‘zg‘atuvchilar bilan aloqa
o‘rnatishga xizmat qiladigan reflekslar ham bo‘ladi. Bularni orientir reflekslari deb
ataladi. Chaqaloqlarni kuzatishlarda ikki uch kunlik bola xonaga quyosh nuri
tushishi bilan boshini yorug‘lik tomonga burishi, chaqaloq xonaga asta kirib
kelayotgan nur manbaini ham sezishi yaqqol ko‘rindi.
Yuqorida aytilgan reflekslardan tashqari, bolada bir necha tug‘ma tabiiy
reflekslar ham uchraydi; emish refleksi og‘ziga tushgan narsani so‘rishga o‘z
ifodasini topsa qo‘l kaftiga biror narsaning tegishi ushlash, chang solish reaksiyasini
vujudga keltiradi. o‘zidan narsani itarish, uzoqlashtirish refleksi mavjudligini
ko’rsatadi va bu hol tovonga qandaydir jism tegishi bilan uni o‘zidan
uzoqlashtirishda namoyon bo‘ladi.
Psixolog
V.S.Muxinaning fikricha, chaqaloqda tug‘ilshiga qadar ham
shartsiz reflekslar bo‘lishi, unga homilalik paytidayoq o‘z qo‘lini so‘rish imkonini
yaratadi.
Tug‘ilgan chaqaloqning vazni tez kamaya boradi. Buning sababi undan
suyuqlik moddasining chiqib ketishi, vaznsizlik holati atmosfera bosimiga, quyosh
nuriga, turli xususiyatli moddalar ta’siriga, o‘zgaruvchan havo haroratiga
moslashish davrida ko‘p kuch-quvvat sarflanishidir. Bu davrning kechishida
chaqaloqlarning ham individual, ham jismoniy tafovutlari ko‘zga tashlanadi. Oradan
ko‘p vaqt o‘tmay chaqaloq vaznnining kamayishi tabiiy ravishda to‘xtaydi va uning
yangi muhitga moslashishi boshlanadi. Kindik tushish davri organizmda keskin
o‘zgarishlar yuz berish pallasi hisoblanib, murg‘ak organning mustaqil
yashayotganidan dalolat beradi. Chaqaloqning oldingi vazniga yetishda va
hayotining birinchi o‘n kunligiga to‘g‘ri keladi.
Chaqaloq organizmining anatomik- fiziologik, morfologik tuzilish bo‘yicha,
boshqa yoshdagi odamlarnikidan farqi ham rivojlangani, zaifligi, ish qobiliyatining
kuchsizligidir. Uning suyak sistemasi, pay-muskullari va tog‘ay to‘qimalarining
o‘sishi katta yoshdagi kishilarnikidan ham sur’at, ham sifat jihatidan farqlanadi.
Chaqaloqdagi muskullarning takomillashishi harakat negizini vujudga keltiradi; shu
bilan birga har bir biologik organning mustaqil harakati va faoliyatini ta’minlashga
xizmat qiladi. Bolada bo‘yin muskullarining o‘sishi bo‘ynini tutishga olib kelsa, tana
muskullarining rivojlanishi kattalar yordamida ag‘anash imkonini, qo‘l va oyoq
muskullarining yetilishi esa jismoniy harakat qilish, jismlarga qo‘l cho‘zish uchun
sharoit yaratadi.Bolaning chaqaloqlik davri jismoniy jixatdan juda tez rivojlanish
davridir. Odatda odamning yoshi tug’ilgan kunidan boshlab xisoblanadi. Lekin
aslida odamning dunyoga kelishi, rivojlanishi tug’ilmasdan ilgarigi, ya’ni ona
qornidagi davridan boshlanadi. Bola onaning qornidaligi davrida, ya’ni to’qqiz oy
mobaynida juda tez va juda murakkab taraqqiyot yo’lini bosib o’tadi. Bolaning
tug’ilgandan keyingi normal taraqqiyoti uning ona qornidagi tarakkiyoti bilan uzviy
bog’liqdir.
Shuning uchun bolaning tug’ilgunga qadar bo’lgan taraqqiyotiga xam diqqat-
e’tibor bilan qarash lozim, chunki tug’ilgandan keyin xam bolaga tashqi muhit ta’sir
qiladi. Lekin bu ta’sir faqat ona orqali, onaning organizmi orqali bo’ladi.
Xomiladorlik davrining xar jixatdan normal o’tishi bolaning ona qornidagi normal
taraqqiyotini va xar jixatdan yetuk tug’ilishini ta’minlaydi.
Bolaning tug’ilgandan keyin bir yoshgacha bo’lgan davri nisbatan kam xarakat
va «nutksiz» taraqqiyot davridir. Bu davrda bolaning o’sishi va taraqqiyoti tor, oila
va yasli doirasida yuzaga keladi. Ammo shunday bo’lsa ham bu davrlar jixatdan juda
tez rivojlanish davridir. Bu davrda bola deyarli faqat ona suti bilangina ovqatlanadi,
u xali gapira olmaydi va mustaqil harakat kila olmaydi. Bu davrda bola ojiz bo’lib,
kattalarning doimiy va to’g’ri parvarish qilishlariga muhtoj bo’ladi.
Yangi tugilgan va bir yoshgacha bo’lgan bolalarning tashqi qiyofalari katta
odamlarning tashqi qiyofalaridan ancha farq qiladi. Yangi tug’ilgan bolaning boshi
gavdasiga nisbatan juda ham katta gavdasining to’rtdan bir qismiga barobar) , bo’yni
deyarli yo’q darajada kiska, gavdasi uzun, oyoq-ko’llari gavdasiga nisbatan qisqa
bo’ladi. Katta yoshli odamning boshi gavdasining sakkizdan bir qismiga to’g’ri
keladi.
Bundan tashqari chaqaloq bolaning yuzi juda kichkina bo’ladi, chunki yuqorigi
va pastki jag’lari xali ishlamaganligi tufayli rivojlanmagan bo’ladi. Chaqaloq bolalar
ichk organlarining holati va faoliyati ham katta odamlarnikidan anchagina farq
qiladi. Masalan, undagi xavo kiradigan mayda pufakchalarning soni mikdor
jixatidan katta odamlarniki bilan barobar bo’lsa ham, ular juda mayda bo’ladi (katta
odamlarnikiga nisbatan uch barobar kichik bo’ladi). Buning uchun chaqaloq bolalar
katta odamlarga nisbatan uch barobar tez nafas oladilar. Chakaloq bola bir minutda
50 - 60 marta nafas olsa, katta yoshdagi odam xuddi shu vaqt ichida 14-16 marta
nafas oladi. Chakaloq bola jismoniy jihatdan juda tez o’sayotganligi tufayli sof
havoga ayniqsa muxtoj bo’ladi. Ilk yoshdagi bolalarning taraqqiyotida, buni albatta
hisobga olish zarur.
Agar chaqaloq bola o’ringa o’ngay holatda yotqizilmasa, siqib yo’rgaklansa va
ochiq xavoga olib chiqilmasa, uning nafas olishida qo’shimcha qiyinchilik vujudga
keladi.
Chaqaloq bolaning yuragi katta odamning yuragiga nisbatan anchagina tez uradi.
Masalan, katta odamning yuragi bir minutda o’rtacha 70 – 75 marta ursa, chaqaloq
bolaning yuragi 120 va undan ortiq marta uradi. Buning asosiy sababi chaqaloq
bolalar yuragining har bir qisqarishida bosib chiqargan qon xajmining (miqdorining)
ozligi, yurak muskullarining hali zaifligi bilan bog’liq. Bundan tashqari, chaqaloq
bolalar yuragining nisbatan tez urishi ular organizmida modda almashinish
jarayonining intensivligi jadalligi bilan xam bog’liqdir.
Chaqaloq bolalarda badanning xaroratini idora qilish xali yaxshi rivojlanmagan
bo’ladi. Chaqaloq bolalarda tanasining vazniga qaraganda terisining umumiy sathi
(yuzasi) nisbatan katta xamda terisi katta odamlar terisiga qaraganda ancha yupqa
bo’ladi. Shu sababli ular normal taraqqiyot uchun kerakli haroratni yo’qotib sovuq
qotishi mumkin. Chaqaloq bola bilan munosabatda bo’ladigan tarbiyachi shuni na-
zarda tutishi lozimki, bu yoshdagi bolalarning haroratlari (temperaturalari) tez
o’zgaruvchan bo’ladi. Bolaning ortiqcha harakatlari ham ovqat yeyishi ham
temperaturasiga ta’sir qiladi. Shu sababli chaqaloq bolalarni tarbiyalashda rejimning
ahamiyati nihoyatda kattadir.
Chaqaloq bolalarni hamisha o’z vaktida ovqatlantirish, uxlatish va o’z vaqtida u
bilan shug’ullanish (gaplashish, o’ynatish) kerak.
Chaqaloq bolalarning ovqat hazm qilish a’zolari ham o’ziga xos xususiyatga ega.
Ularning oshqozonlari hali juda kichkina, oshqozon va ichak muskullari
rivojlanmagan, juda zaif bo’ladi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarning eng yaxshi
ovqati ona sutidir. Bolalar katta odamlarga nisbatan tez-tez ovqatlantiriladi. Buning
sababi ravshan. Agar katta odamlarga ovqat sarf qilgan quvvatlarini tiklash
maqsadida kerak bo’lsa, bolalar uchun esa ovqat sarf qilgan quvvatlarini tiklashdan
tashqari o’sishlari uchun ham kerak. Bolaning organizmi esa to’xtovsiz o’sadi,
buning uchun esa juda ko’p ozuqa moddalar kerak bo’ladi. Ozuqa moddalarni bola
ovqat orqali oladi. Shu sababli bolaning jismoniy jihatdan normal o’sishida o’z
vaqtida ovqatlanishi va ovqatning sifati juda katta ahamiyatga ega.
Normal tug’ilgan bolaning o’rtacha vazni 2800-25O0 g, bo’yi 45-52 santimetr
bo’ladi. Bir yil davomida uning vazni va bo’yi ayniqsa sezilarli o’zgaradi. Normal
o’sib ulg’ayayotgan bola yarim yoshga yetganida uning vazni ikki barobar, bir
yoshga yetganida esa uch barobar ortadi. Bolaning vazni dastlabki oylarda, ayniqsa,
bir-uch oyligida ko’proq ortadi. Keyinroq borib vaznning ortishi birmuncha
sekinlashib boradi va bir yoshga to’lgach, bolaning vazni 9 kg ga yetadi.
Tarbiyachi bolalarning umumiy psixik taraqqiyotlari va psixologik sifatlarini turli
faoliyatlar jarayonida o’rganib ular hakida to’la ma’lumotlarga ega bo’la olmaydi.
To’la ma’lumotga ega bo’lish uchun tarbiyachi bolaning uy sharoitida, xulq-atvori
va xatti-harakatlariga doir ma’lumotlardan ham habardor bo’lishi shart. Tarbiyachi
har bir bolaning fe’l-atvori va xatti-harakatlariga doir kuzatgan faktlarni yozma
ravishda qayd qilib borishi va har bir bolaga maktabga chiqish oldidan
to’la
psixologik-pedagogik xarakterisrika tuzishi lozim.
Chaqaloqning anotamik-fiziologik tuzilishini tahlil qilsak, uning suyak
sisitemasida ohak moddasi va har xil tuzlar yetishmasligining guvohi bo‘lamiz. Shu
sababli suyak funksiyasini ko‘proq tog‘ay to‘qimalari bajaradi. Bosh suyaklari
bolalarning ikki oyligida o‘zaro qo‘shilib ketadi. Bosh suyakning peshona va tepa
qismlari o‘rtasida liqildoq deb ataladigan qalin parda va teri bilan qoplangan oraliq
mavjud bo‘ladi. U bola bir yoshdan oshganidan keyin suyak bilan qoplanib boradi,
lekin u haqiqiy suyak bo‘lmaydi. Bir yoshga to’lgunga qadar bolaning bo’yi ham
juda tez o’sadi. Xuddi vazni kabi bolaning bo’yi ham dastlabki oylarida ayniqsa tez
o’sadi. Keyin bo’yining o’sishi xam ancha sekinlashadi. Agar bola bir yoshga
to’lguncha taxminan 25 sm ga o’ssa, keyingi ikki yil ichida faqat 18 sm ga o’sadi. .
Yangi tug’ilgan bolaning suyaklari, ya’ni skeleti hali
katta
odamlarniki singari
qattiq va mustahkam bo’lmaydi. Chaqaloq bolaning skeleti deyarli yumshoq
tog’aydan iborat bo’ladi. Keyingi taraqqiyot davrida ya’ni bir yoshga to’lguncha
uning skeleti suyakka aylana boshlaydi. Agar bola chaqaloqlik davridan to’g’ri
parvarish qilinmasa uning skletidagi turli qismlari o’zgarib biror yeri qiyshiq bo’lib
qolishi mumkin. Keyinchilik xollarda bolaning noto’g’ri o’tirishi, noto’g’ri yotishi
natijasida umurtqa suyagi qiyshayib qolishi mumkin, chunki umurtqa suyagi juda
elastik (egiluvchan) bo’ladi.
So’ngi yillarda bolalar organizmini noto’g’ri parvarish kilish bilan bog’lik
bo’lgan skolioz kasalligi hakida ko’plab gapirmoqda. Darhaqiqat bolalarda paydo
bo’ladigan skolioz (umurtqa suyagining kiyshayib kolishi) kasalligi ko’pchilik
xollarda bolalar gavdasining normal o’sishiga ota-onalar va tarbiyachilarining
befarq munosabatda bo’lishlari tufayli yuzaga keladi.
Skolioz (bukir) kasalligi juda og’ir majruxlikdir. Skolioz asosan ikki yo’l
bilan paydo bo’ladi. Ulardan birinchisi tug’ma skolioz bo’lsa, ikkinchisi individual
hayot davomida orttirilgan skoliozdir. Biz asosan ana shu individual hayot davomida
bo’ladigan skoliozning oldini olishimiz, ya’ni uning paydo bo’lishiga yo’l
qo’ymasligimiz kerak. Skolioz kasalligi dastavval mutlaqo bilinmaydi va juda
sekinlik bilan rivojlanadi, vaqt o’tishi bilan
u ko’zga tashlana boshlaydi.
Skolioz kasalligi juda qiyin davolanadi. Uni davolashda ortoped-vrachlar
juda kiyinchiliklarga duch keladilar. Skolioz kasalligi o’g’il bolalarda ham qiz
bolalarda ham uchraydi. Qiz bolalarning muskul va skeletlari o’g’il bolalarga
nisbatan zaifroq bo’lganligi tufayli ular skolioz kasalligiga moyilroq bo’ladilar.
Bolalarda uchraydigan skolioz kasalligi muskul va skletlarning tez o’sishi va bu
o’sish davomida bolalarni noto’g’ri o’tirishlari va noto’g’ri yotishlari tufayli
vujudga keladi. Skolioz kasalligiga uchragan bola juda nogiron qiyofaga kirib
qoladi.
Skolioz kasalligiga uchramaslik uchun bola yotadigan to’shak tekis, boshiga
qo’yiladigan yostiq xam ortiqcha baland bo’lmasligi kerak. Bola yurishni
o’rganayotganida gox ung, gox chap qo’lidan ushlab unga yordam berish lozim. Ana
shu kabilarga rioya qilgandagina bolani skolioz (bukir) kasalligidan saqlab qolish
mumkin.
Chaqaloq nerv sistemasining yuksak darajada rivojlangan qismi, ya’ni bosh
miya katta yarimsharlari tashqi ko‘rinishi bilan katta odamnikiga aynan o‘xshasa
ham, aslida undan ko‘p farq qiladi. Odamlarni o‘zaro qiyoslasak, ajoyib manzarani
ko‘ramiz: miyaning og‘irligi chaqaloq tanasining sakkizdan bir va katta odamlarda
esa qirqdan bir qismini tashkil etadi. Chaqaloqlarda bosh gavdaga nisbatan kattaroq
ko‘rinsada, u hali juda bo‘sh, mukammallashmagan bo‘ladi. Ularning organizmi
jadal sur’at bilan o‘sish davridan o‘tadi. Bu davrda chaqaloqning og‘irligi 3-5 kg
bo‘lishiga qaramay, miyasining og‘irligi 300-350 grammni tashkil qiladi, xolos.
Chaqaloqning miyasi xujayralarining miqdori, “ariq” chalarning yaqqol ko‘zga
tashlanmasligi, nerv hujayralri tarmog‘i jihatidan katta odamlarning miyasidan farq
qiladi.
Yuqoridagi fikrlarni isbotlashda harakat qilgan psixolog Ye.A.Arkinning
ta’kidlashicha, -bola tug‘ilishga harakat qilayotgan paytida uning miyasini bir xil
kulrang massa tashkil etadi, uning nerv tolalarida mislin qobig‘I bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |