bob
MOVIY SEVGILISI ILA KUNDA IKKI SOAT
Kattagina xonaning oʻrtasida turardilar. Atrof yoyilib yotardi. Xonada bir-biriga birlashtirilgan uchta stol kattaligidagi ish stoli bo’lib, uning usti elektron sxemalar, kabellar va yana koʻpi inson uchun keraksiz deb hisoblanadigan mayda-chuyda narsalarga toʻla edi. Stolning bir burchagida esa ichiga kerosin
to’ldirilgan kir tunuka idish, uning yonida kumush patnis ichida hafsala bilan tuzalgan, ammo qoʻl ham urilmagan dasturxon ko’zga tashlanadi. Shunday shohona dasturxon u yagʻir idish yoniga hech ham yarashmagan, uni kimdir "Och emasman" deya oʻsha yoqqa surib qoʻygani kundek ravshan edi. Stoldan uzoqroq bir burchakda odatiy 4-5 stul tartibsiz shaklda sochilib yotardi.
Devorda keragidan ortiq kerosin lampasi bo’lib, ularning barchasi yoniq turar va insonda "dunyodagi eng yorugʻ makon shu yer boʻlsa kerak" degan fikr uygʻotardi.
Kendin atrofni tomosha qilarkan, Jin ham Kendinni kuzatib turdi. Atrofda hech kim ko’zga tashlanmaydi. Qayerdandir arra ovozi eshitiladi. Koʻzlari ovoz kelayotgan tomondagi eshikka tushdi.
Eshikka yaqinlashganlari sari ovoz ham kuchayib bordi. Ichkariga kirdilar. Moviy koʻrpasiga oʻrangan bir odam hech gʻam-tashvishi yoʻqdek bamaylixotir xurrak otib uxlab yotardi.
Adashib boshqa yerga keldik shekilli!, - dedi Kendin. Yuz ifodasidan xuddi Jinning bir xatosini topgandek edi. Jin eslatdi:
Sabrli boʻlishing kerak edi.
... Kutdilar. Biroz oʻtib u odam uygʻondi. Zudlik bilan toʻlashi kerak boʻlgan qarzi esiga tushgandek yotogʻidan sapchib turdi, qoʻshni xonadagi stol ustiga kelib tezlik bilan ishga kirishdi. Bir oz avval xurrak otib uxlab yotgan inson u emasdek edi goʻyo.
Stolning ustidagi narsalarni bir-biriga ishqalab, nimadir qilishga
urinardi. Birini boshqasining uchiga ulab, soʻng uni yana boshqa narsaga mahkamlar, ba’zan toʻxtab, qimirlamasdan uni shunchaki kuzatardi. Bu kuzatish ham tanaffussiz davom etgan ishning bir qismi edi.
Bu kim, Xudo haqqi, jinni-pinni emasmi?, - soʻradi Kendin. Jinning javobini kutmasdan uning oʻzi:
Bu bir inson, - dedi. Jin boshini qimirlatib tasdiq ishorasini berdi va yana bir qum soatini koʻrsatib turib:
Bu 6 soatlik, - dedi. Kendin va Jin oʻzaro suhbatlashib, u
insonni kuzatishardi. Biroz oʻtib nima boʻldi-yu, u hamma ishini tashlab yana narigi xonaga kirib ketdi. Qum soatiga qaradilar.
Uning ishlashni boshlaganiga 3 soat boʻlgandi. Xonaga kiriboq, takror moviy koʻrpasiga oʻranib, pishillab uxlab qoldi. Jin:
Koʻrdingmi? Yana uxladi, - dedi. Kutdilar, 15 daqiqa oʻtib yana uygʻondi, zudlik bilan toʻlashi kerak boʻlgan qarzi esiga tushib qolgandek yotogʻidan sapchib turdi, - bilaman, bu iborani bir oz avval ham qo’llagandim. Lekin u odam har safar shunday uygʻonsa, menda nima ayb? - va takror ish xonasidagi stol oldiga keldi.
Biroz oʻtib xonaga bir ayol kirdi va stol ustidagi patnisdan 15-20 sm uzoqroqqa yangi patnis qoʻydi. Eskisini olib, kelgan eshigi tomon yurdi. Bir-ikki qadam yurib, u odamga "Oʻlib qolasan-ku axir, yetar endi!" demoqchi boʻlgandek bir alfozda qarab qoldi, ammo uni ranjitmaslik uchun bu so’zlarni tiliga olmadi, balki:
Qani, biroz dam ol, nimadir yeb ol!, - dedi. Odam javob bermadi. Ayol hafsalasi pir bo’lib, xonadan chiqib ketdi. Ajabo, ayol ham koʻrinmasmikin, u inson hatto javob ham bermadi.
Kendin xayolidan kechgan bu savolni Jinga berdi.
Ular gaplashib turganida, odam taomlar solingan kumush patnisni avvalgisining oʻrniga itarib qoʻydi.
Ayol koʻrinadi, albatta. Lekin u oʻz ishiga shu qadar bogʻlanganki, koʻzi boshqa narsani koʻrmaydi, - soʻzida davom etdi Jin, uning aytadigan yana koʻp narsalari bor edi:
Bu inson hayotini har uch soatda bir marta 15 daqiqa uxlab oʻtkazdi. Yaʼni, kunda umumiy 2 soat uxlaydi. Oradan vaqtlar oʻtadi, biz bu inson Edison nomi bilan eslaymiz. Dunyoni yorugʻlikka toʻldirgan, uxlash va ovqat yeyishga ham aytarli vaqt topa olmagan buyuk dohiy.
Kendin sham va kerosin chiroqni tarix sahifalariga koʻmib, oqshomni nurga toʻldirgan insonni koʻrib turganidan hayajonlandi. Bu orada Edison yana hamma narsani tashlab, takror moviy sevgilisiga oʻranib, uyquga ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |