bob
MIXCHI VA BOLG’ACHI
Bu safar bir uyning yotoqxonasida edilar. Xonadagi yotoq gʻichirlar, oppoq koʻrpa qimirlardi. Koʻrpa tagidan kimningdir xurragi eshitilib turardi. Kendin jilmayib qoʻydi.
Yotoqda bir ayol uxlab yotar, uning yonida bir kishi ham bor edi. U uxlamayman deya xarxasha qilgan yosh boladek tinmay u yoqdan bu yoqqa agʻdarilardi. Kendin taxminida adashmagandi. Aniqki, bu odamning uyqusi qochgan, koʻrpaning qimirlashi sababi ham shu edi. Ajabo, bu odamni uxlashdan toʻsgan narsa nima ekan?
Kendin shularni oʻylab turganida u odam chiday olmay yotoqdan sapchib turdi-yu, balkonga chiqdi. U yerda yuqori darajada
jihozlangan bir nechta teleskop bor edi. Birining ortiga oʻtib, uzoq vaqt osmonni kuzatib turdi. Keyin yana jimgina yotoqqa qaytdi. Tungi soat 4 edi. Takror uxlashga urinib koʻrdi, ammo bu safar ham uddasidan chiqmadi. Matrasning buzuq prujinasidek yotogʻidan yana sakrab turdi. Kichik bir qogʻozga "Kechir,
azizim!" deb yozib, uni ayolining bosh tomoniga qoʻyib qoʻydi va yuzidan oʻpib, uydan chiqib ketdi. Kendin Jinga murojaat qildi:
Kim bu odam, qayerga ketyapti?... Jin shiftga ishora qilib soʻradi:
Bu yerda oyoq izi koʻrsang hayron qolarmiding?
Albatta, hayron qolardim... Shiftda oyoq izi boʻlishi gʻalati-ku. "Bu yerga oʻrgimchak odam kiribdimi?" degan boʻlardim, - dedi Kendin. Kulishdilar. Soʻngra haligi odamni izidan ergashdilar.
U odam dunyodagi butun texnikalar shu yerda jam boʻlgandek
tassurot uyg’otadigan ulkan binoga keldi. Bino oldidagi haybatli
qoʻriqchilarga "Xayrli tong, janoblar!" degach, tez-tez yurib lift oldiga keldi. Liftni kelishini kutishga toqati yetmay, zinalardan yugurib yertoʻla qavatiga tushdi, yoʻl-yoʻlakay kostyumini yechib oldi. Xona eshigi oldiga yaqinlashgach, choʻntagidan bir karta olib, eshik oldidagi uskunaga kirgazdi va eshikni ochdi.
Kostuyumini bir chetga uloqtirib, kompyuterning yoqish tugmasini bosdi. U yonib ulgurmay ishga kirishib ketdi.
Aqldan ozaman! Aytaqolsang-chi, nima qilmoqchi oʻzi?, - dedi Kendin Jinga. Bu odam uni barcha narsadan koʻra koʻproq
qiziqtirib qoʻygandi...
Odam xuddi mushuk oʻz oʻljasini kuzatayotgandek ekranga mixlanib qoldi. Birozdan soʻng klavishlarni yeyishni boshlasa ham hayron qolmasdi. Soatlab ishladi. Kun yakshanba boʻlgani uchun boshqa kelganlar yoʻq edi.
Kendin va Jin u odamni kuzatib turganlarida birdan eshik ochildi. Ichkariga yana bir odam sarosimada kirib keldi:
Salom, - dedi shoshib... U goʻyo oʻz oʻrnidan chiqib ketgan
mixni joyiga kirgazib qoʻyish uchun bolgʻa qidirayotgan odamga oʻxshardi. Tezda kompyuterlardan birining oldiga oʻtirdi. Ikkisi ham farzandli boʻlish arafasida boʻlgan ayollarini kutayotgandek sabrsizlanishardi.
Kecha hech ham uxlay olmadim, - dedi ikkinchi kelgani.
Hmm..., - deb qoʻydi avval kelgani. "Gap sotma, ishla!" degandek edi bu "hmm". Vaqti-vaqti bilan birini uyqu elita boshlar, boshqasi "Hoy" deb uni uygʻotib qoʻyardi... Birozdan soʻng qolganlar ham kelishdi. "Birozdan soʻng" deganim ertasi kuni ertalab.
Boshidan hammasini kuzatib oʻtirgan Kendin, 13 kishining bitta velosipedga minib olganini koʻrgan odamdek:
Bularning hammasi aqldan ozibdi!, - deb yubordi.
Shubhasiz..., - dedi Jin va jilmayib davom etdi:
Ularning kimligini bilishni rosa xohlayapsan-a?
Ha-da, albatta!, - javob berdi Kendin.
Bilasanmi, doʻstim, ularning oʻzlari ham hali kim ekanliklarini bilmaydilar, ammo birozdan soʻng bilib olishadi, - deya Jin Kendinning fikrlarini battar qorishtirdi.
Iltimos, meni tezroq oʻsha "birozdan soʻng"ga olib bor!, - yolvordi Kendin.
Yaxshi, - dedi Jin.
Koʻp oʻtmay "birozdan soʻng"ga ketdilar. Kendin avval sira koʻrmagan tekis va boʻm-boʻsh yerda edilar. Tunmidi, kunduzmi, farqiga bormadi.
Nimalar boʻlyapti, bu yer qayer oʻzi?, - dedi shoshib. Yaqin
atrofda ulardan boshqa tirik jon yoʻq edi. Atrofda hayot asari ham koʻrinmasdi. Kendin atrofni kuzatib turgan vaqt birdan oʻsha atrofda qandaydir shovqin-suron koʻtarildi. Shovqin ortidan ustlariga toʻgʻri kelayotgan gʻalati jism paydo boʻldi. Bu hamma joyi yoritilgan, yaxlit va ulkan metall uyumi edi. Temir qush quloqni qomatga keltirib, chang-toʻzon ichida tekislikning qoq
markaziga qoʻndi. Soʻngra chang tarqalib, u ajoyib narsaning kumush kabi porlagan eshigi ochildi. Yerga zinapoyalar tushirildi. Oq, qalin kiyim kiygan odam og’ir qadam tashlab
zinadan pastga tushib kela boshladi. Oyogʻini yerga qoʻyib, yana bir odim tashlagandan soʻng ortiga oʻgirilib shunday dedi:
Do'stlaringiz bilan baham: |