Semalarning darajasiga ko’ra turlari. Semema tarkibidagi semalar
darajasiga ko’ra ham tasnif qilinadi. Darajasiga ko’ra semema semalari
birlashtiruvchi semalarga (integral semalar) va far qlovchi semalarga
(differensial semalarga) ajratiladi. Birlashtiruvchi, semalar deb ikki va
undan ortiq leksemalarni bir guruhga birlashtiruvchi, bir necha
sememalar uchun umumiy sanaluvchi semalarga aytiladi. Jumladan, [ota],
[ona], [aka], [ona] leksema sememalari uchun 1) qarindosh, 2) qonqarindosh, 3) bevosita sarindosh, 4) mendan katta kabi birlashtiruvchi,
umumiy semalar hisoblanadi. Chunki bu semalar ushbu leksemalarining
tarkibida mavjuddir. Farqlovchi semalar deb ikki leksemani (yoki
leksemalarning ikki guruhini) bir-biridan farqlovchi semalarga aytiladi.
Chunonchi [ota] va [ona] leksemalari «erkak» va «ayol» semalariga ko’ra
o’zaro farqlanib turadi. Aynan shu semalar [aka] va [opa] leksema
sememalarida ham ko’zatiladi. YOKI [ota] va [ona] leksemalari «I avlod»
semasi asosida birlashib, «bir avlod» semasiga ega [aka] va [opa]
leksemalari bilan teng qiymatli ziddiyat hosil qiladi. Farqlovchi sema
vazifasini nafatsat atash semalari, balki ifoda va vazifa semalari ham
o’tayveradi. Jumladan, [ajoyib] va [ralati], [ajo yib] va [ajib] leksema
sememalaridagi «so’zlashuv nutqiga xoslik», «kitobiy nutqqa xoslik»
semalari farqlovchi sema vaszifasini bajaradi. Shuni aytish kerakki,
semalarni birlashtiruvchi va farqlovchi semalarga ajratish o’ta shartlidir.
Chunki ko’p hollarda, ayniqsa, leksemalarning katta guruhlaridan
pog’onali usulda kichik, undan va yana ham kichik guruhlar ajratilganda,
ayni bir sema kichikroq guruhni kattaroq guruhning boshqa ma’no
turlaridan farqlaydi (ya’ni farqlovchi sema vazifasini o’taydi). Ayni
vaqtda u ajratilgan guruhdagi leksemalarni o’zaro birlashtiradi. Masalan,
[tuzuk] , [durust], [yaxshi] va [ajoyib] kabi leksemalar qatorida 1)
«belgi», 2) «barqaror belgi», 3) «sifat belgi», 4) «baholash», 5) «umumiy
baho», 6) «ijobiylik» kabi oltita sema umumlashtiruvchi, birlashtiruvchi
semalar hisoblanadi. Lekin bu qatorda tom ma’nodagi birlashtiruvchi
sema «ijobiylik» semasidir. Chunki «belgi» semasi sifat, qisman ravish
va fe’l turkumlarini birlashtirib, ot va sonlardan farqlaydi. “Barqaror
belgi» semasi esa sifatlarni fe’llardan ajratadi va ularni alo hida guruhga
birlashtiradi. «Sifat belgi» semasi asliy sifatlarni (-roq qo’shimchasi
bilan birika oladigan sifatlarni) sifatning boshqa ma’no turlaridan
ajratadi va ularni shu sema asosida birlashgan guruhga kiritadi.
«Baholash» semasi shaxsiy baho va munosabatni ifodalovchi sifatlarni
(yaxshi, yomon, dono, zukko, sezgir, ahmok.. . .) asliy sifatlarning
boshqa turlaridan farqlaydi va alohida guruhga birlashtiradi. «Umumiy
baho» semasi shu ma’no xususiyatiga ega bo’lgan baholash sifatlarini
[yaxshi], [yomon] boshqa xususiy baho [dono], [chaqqon], [ahmoq] . . .
sifatlaridan ajratadi. «Ijobiylik” semasi esa [yaxshi] qatorini «salbiylik»
semasiga ega [yomon] qatoridan ajratadi va bu qatorni alohida guruhga
birlashtiradi. Ko’rinib turibdiki, birlashtiruvchi va farqlovchi semalar
tushunchasi o’ta nisbiy bo’lib, ayni bir sema bir jihatdan farqlovchi,
ikkinchi jihatdan esa birlashtiruvchi sema vazifasini o’taydi (ma’lum bir
kichik guruhni birlashtirib, shu guruhni u kiradigan kattaroq guruhning
boshqa guruhchalaridan farqlaydi). Shu bo’linishda [tuzuk], [durust],
[yaxshi)], [ajoyib] leksik paradigmasida «belgining I, II, III, IV darajasi»
semasi farqlovchi sema vazifasini o’taydi.
Birlashtiruvchi va farqlovchi semalarning nisbiyligi boshqa bir
hodisada ham namoyon bo’ladi. Jumladan, [ota], [ona] leksemalarida
«erkak» va «ayol» farqlovchi sema vazifasini o’taydi. Ammo [bobo],
[ota], [aka], [tog’a], [amaki], [o’g’il] leksemalari qatorida «erkak»,
[buvi], [ona], [opa], [xola], [amma], [qiz] qatorida esa «ayol» semasi
birlashtiruvchi sema vazifasini o’taydi.
Birlashtiruvchi va farqlovchi semalarning ajratilishi shartli va nisbiy
bo’lganligi uchun semema tarkibidagi semalarni joylashtirishda alohida
qoidaga rioya qilinadi. Kattaroq guruhlarni birlashtiruvchi semalar
kichikroq guruhlarni farqlovchi va birlashtiruvchi semalardan oldin
beriladi. Ulardan keyin mutanosib ziddi1yat hosil qiladigan semalar
beriladi. So’ng belgining darajasi semalari va oxirida esa ifoda semalari
beriladi. Masalan, [padar] leksema sememasining ma’no tarkibi
quyidagicha berilishi mumkin: [padar] =1) predmet; 2) shax s; 3)
qarindoshlik; 4) qon-qarindoshlik; 5) bevosita; 6) 1- avlod; 7) «men» dan
katta; 8) erkak; 9) kitobiy; 10) ko’tarinki.
Bu sememadagi I—IV semalar maxsus guruhlarni farqlaydi va
birlashtiradi. V—VIII semalar qarindoshlik nomlari ichida mutanosib
ziddiyatlar hosil qiladi. Ya’ni, ayni shu belgi bir necha ziddiyatda
takrorlanadi. Chunonchi, «erkak», «ayol», semasi na faqat [ota] :
[ona], balki [bobo] : [buva], [kuyov] : [kelin], [amaki] : [amma]
ziddiyatlarida ham, «1-avlod» semasi [ota] : [ona]; [tog’a] :
[amaki]; [xola] : [amma] va [o’g’il] : [qiz] ziddiyatlarida ham
takrorlanadi +.
IX, X semalar ifoda semalari sifatida [padar] leksemasini [ota]
leksemasidan tom ma’noda farqlaydi. Ular farqlovchi sema vazifasini
o’taydi.
Leksema sememasini tarkibiy qismlarga, semalarga ajratib taxlil qilish
komponent tahlil usuli deb aytiladi. Bu usul sistem tilshunoslikda til
birliklarining ma’no (mazmun) tomonini o’rganishda asosiy hisoblanadi.
So’z ma’nosini tarkibiy qismlarga ajratib o’rganish usuli nafaqat leksik
ma’noni, balki grammatik, ma’noni o’rganishda ham keng qo’llaniladi.
Aniqrog’i, ushbu usul so’z ma’nosini o’rganishda eng qulay usullardan
sanaladi. Chunki bu usul sanoqli semalar yordamida son-sanoqsiz
sememalarning va so’zlarning ma’no tarkibini aniqlash, izohlash va
tasvirlash imkonini beradi. Shu jihatdan u mohiyat e’tiboriga ko’ra
moddiy dunyoda D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi elementlarni
eslatadi. 100 dan ortiqroq turlicha elementlarning turli usulda birikishi
butun moddiy olamni yuzaga keltirganidek, 100—150 semaning birikishi
ham tillardagi mikdoran cheksiz leksema va so’z ma’nolarini tasvirlash
imkonini beradi. Shuning uchun ayni tahlil usulining kelajagi nihoyatda
porloqdir. Biz tolibi ilmlarimizga A. M. Ko’znetsovning yakunlovchi
asari bilan chuqur tanishib chiqishlarini, komponent tahlil usulini to’liq
o’zlashtirib olishlarini maslahat beramiz.
Sememaning xususiyatlari, tushuncha bilan aloqasi, tarkibi kabilar
bilan tanishib chiqqanimizdan so’ng sememaga ta’rif berish imkoniga
egamiz. Semema leksemaning ichki, ma’no tomoni bo’lib, leksemaning
Do'stlaringiz bilan baham: |