Vazifa semalari semema tarkibiga kiruvchi va leksemaning nutqda
qanday vazifalarda kela olishini (sintaktik qurilish qoliplarida qanday
o’rinni egallay olishini) bildiruvchi semalardir. Vazifa semalari
leksemaning birikuvchanligini (sintaktik valentligini) ham belgilab
keladi. Masalan, [kitob], [maktab], [adolat], [yoz] kabi leksemalar ganda
turlicha gap bo’laklari vazifasida kela oladi. Shuning uchun ularda vazifa
semalari oddiy [neytral] va o’ta keng bo’ladi. [endi], [birdan], [shaxdam]
kabi leksemalarda vazifa semasi belgining belgisini ifodalash; [qat’iy],
[keskin], [moviy] va [qizg’ish] kabi leksemalarda esa narsa - buyum va
belgining belgisini ifodalash vazifasi bilan cheklanadi.
Vazifa semalari yordamchi leksemalarda alohida rang-baranglik kashf
etadi, xilma-xil ko’rinish va xususiyatlarga ega bo’ladi. Masalan, [qo’y]
leksemasi yordamchi fe’l vazifasida kelganda, u «harakatning to’satdan,
beixtiyor sodir bo’lishi» vazifa semasini qabul qiladi va [qo’y-]
yordamchi fe’lini [yubor], [qol-], [ber] yordamchi fe’llari bilan
o’xshashlik munosabatiga kiritadi: (Bu gapni aytib qo’ydi//aytib qoldi |
aytib yubordi / aytib berdi). BOG’LOVCHI, ko’makchi, yuklama kabi
yordamchi leksema sememalarida vazifa semalari yetakchilik qiladi.
Chunonchi, [va] yordamchi leksema sememasida «nutqda so’z va gaplarni
bog’lash» semasi asosiy tarkibiy qism sanaladi. Leksema sememalarining
vazifa semalari o’zbek tilshunosligida eng kam o’rganilgan soha bo’lib,
qo’llanmada bu haqda tor doirada fikr yuritdik, xolos. Aniqrog’i, ushbu
ishda ayni hodisani masala sifatida qo’yish bilan cheklandik.
Semema semalarining munosabati. Leksema sememalarining
tarkibidagi atash, ifoda va vazifa semalari o’zaro dialektik bog’lanishda
va teskari mutanosiblikda (teskari proporsional) bo’ladi. Aniqrogi, har
bir sememada ushbu uch xil semalar
(mavjuddir. Ammo ba’zi semalarning
kuchayishi, aniqlashishi, bo’rttirilishi boshqa semalarning zaiflashishiga,
kuchsizlanishiga olib keladi. Jumladan, mustaqil leksema sememalarida
atash semalari kuchayganda, ifoda va vazifa semalari zaiflashadi.
Aksincha, undov va taqlidiy leksema sememalarida atash semalari
zaiflashganda, ifoda semalari kuchayadi. Yordamchi leksemalarda esa
ifoda va atash semalari-zaiflashganda, vazifa semalari kuchayadi.
Mustatsil ma’noli so’zlarda ham juda ko’p hollarda buni ko’rishimiz
mumkin. Masalan, [yuz], [bet] ... leksik paradigmasidagi leksemalar
atash semalari jihatidan batamom o’xshashligi va faqat ifoda semalari
bilangina farqlanishini oldingi bo’limda ko’rib o’tdik. Juda ko’p hollarda
shakldoshlik (sinonimiya) qatorida, oddiy—eskirgan—yangi leksemalar
qatorida sememalarni va leksemalarni farqlashda ifoda semalari
yetakchilik qiladi. Sememalar tarkibidagi turlicha semalarning o’zaro
munosabati masalasi o’zbek semasiologiyasi fanining o’rganishi zarur
bo’lgan dolzarb masalalaridandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |