Semema va sema munosabati. Sema turlari reja: Nomema va semema haqida



Download 37,48 Kb.
bet2/7
Sana22.07.2022
Hajmi37,48 Kb.
#835824
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SEMEMA VA SEMA MUNOSABATI

Sememaning tarkibi. Leksema nomemasi fonemalar tizmasidan
iboratligi haqida gapirib o’tdik. Fonemalar tizmasi bir necha fonemaning
oldinma-keyin kelishi demakdir. Binobarin, har bir nomema tarkibiy
qismlarga — alohida-alohida fonemalarga ajraladi. Masalan, quyidagi
leksemalarning nomemalarini solishtirsak, buning guvohi bo’lamiz: [ber;
bir; bo’r; bur; bor; ter; ber; sher; bez; bek; bel; bet].
Tilimizdagi fonemalarning tarkibiy qismlarga, muayyan farqlovchi
belgilarga ajralishini ko’rib o’tgan edik. Nomema va fonemalarda
bo’lgani kabi sememada ham tarkibiy qismlar, sememani tashkil etuvchi
mantiqiy bo’laklar mavjud va ular ham ajratiladi. Tilshunoslikda
sememani hosil qiluvchi ma’no bo’laklari (sememaning tarkibiy qismlari)
sema deb aytiladi. Masalan, [daraxt] leksemasining sememasini olsak, bu
semema taxminan quyidagi ma’no bo’laklaridan, tarkibiy qismlardan —
sememalardan iboratdir: 1) «predmet», 2) «o’simlik», 3) «yerda
o’suvchi», 4) «tanali», 5) «ildizli», 6) «shoxli», 7) «bargli». Binobarin,
bu o’rinda [daraxt] leksema sememasining yettita ma’no bo’lakchalari —
semalari ma’lum bo’ldi, xolos. Semalar sanog’ini yana davom ettirish
mumkin. Ayni vaqtda ushbu semalarning o’ziyoq [daraxt] leksemasi
haqida muayyan tasavvur bera oladi. Shuni ham aytish kerakki, semema
tarkibidagi semalar tabiati bir xil emas. Semalar ma’no xususiyatiga,
umumiylik darajasiga ko’ra o’zaro farqlanadi. Ma’no xususiyatiga ko’ra
semema tarkibidagi semalar uch xil bo’ladi:
1.Atash semalari (denotativ semalar).
2.Ifoda tasvir, qo’shimcha ma’no semalari (konnotativ semalar).
3.Vazifa semalari (funksional semalar).
Har bir semema tarkibida shunday semalar mavjuddir. Ammo ularning
(har bir semaning) muayyan semema tarkibidagi o’rni, ahamiyati, mavqei
turlicha bo’ladi.
Atash semalari ob’ektiv borliqdagi narsa-buyum, belgi-xususiyat,
miqdor kabilarni atovchi, nomlovchi semalardir. Ular ongimizdagi
tushunchalar bilan sememalarning aloqasini belgilab beradi. Masalan,
yuqorida keltirilgan [daraxt] leksema sememasining barcha semalari atash
semalaridir. Avval ko’rib o’tilgan [tuzuk], [durust], [yaxshi], [ajoyib]
leksema sememalarining belgining darajasiga ko’ra ajratiluvchi ziddiyat
belgilari ham atash semalaridir. Bu qatordagi so’zlarining atash
semalarini quyidagicha ko’rsatish mumkin: 1) «belgi», 2) «barqaror
belgi», 3) «sifat belgi», 4) «shaxsiy baho», «ijobiy», 5) «ichki-tashqi».
Ushbu atash semalari qayd etilgan so’zlarning barchasi uchun umumiydir.
Ayni semalar orasidagi farq esa belgining me’yordan ikki pog’ona
(«tuzuk»da), bir pog’ona («durust»da) pastligi, me’yordaligi
(«yaxshi»da), me’yordan bir pog’ona yuqori («ajoyib»da) ekanligidadir.
[ota], [ona], [aka], [ona] leksema sememalaridagi atash sema larini
quyidagicha ajratish mumkin: 1) «qarindosh», 2) «qon-qarindosh», 3)
«bevosita mendan katta». Bu uch sema har to’rtala leksema sememalari
uchun umumiydir. «I avlod» semasi. [ota], [ona], ni [aka], [opa] dan
ajratadi. Chunki keyingi ikki leksema sememasi uchun 6) «men» bilan bir
avlodga mansublik» semasi xosdir. [ota] va [ona], [aka] va [opa] leksema
sememalari 7) «erkak jinsiga mansub»; 8) «ayol jinsiga mansub»
semalariga ko’ra o’zaro farqlanadi. Demak: [ota] = qarindosh, qon =
qarindosh, bevosita «men» dan katta;
«I avlod», erkak.
[ona] = qarindosh, qon = qarindosh, bevosita «men» dan katta;
«I avlod», ayol.
[aka] = qarindosh, qon-qarindosh, bevosita «men»-dan katta; bir
avlod, erkak.
[opa] = qarindosh, qon-QARINDOSH, bevosita «men» dan katta, bir
avlod, ayol.
Sememalarni semalarga ajratishda, semalarning o’ziga xosliklarini
aniqlashda sememalar, albatta, leksemalar qatori (paradigmasi)da ko’rib
chiqilishi va tahlil etilishi lozim. Aks holda, qaysi xil sememalar
ahamiyatli (relevant), qaysi xillari esa ahamiyatsiz (irrelevant) ekanligini
aniqlolmay qolamiz. Chunonchi, rus tilida «sestra» leksema sememasida
«qarindosh», «qon-qarindosh», «bevosita», «bir avlod», «ayol» kabi
semalar mavjud. Ammo «mendan katta // kichik» semasi yo’q. Chunki rus
tili qon-qarindoshlik leksemalari paradigmasida [sestra] leksemasi shu
belgi asosida biror leksemaga zid quyilmaydi. O’zbek tilida esa bunday
ziddiyat bor. Qiyoslang: [opa], [singil] ; [aka] : [uka]; [baytal] : [biya] va
b. O’zbek tilidagi oxirgi har ikkala leksema, ham «urg’ochi» semasiga
ega. Ammo bu leksemalar orasidagi ziddiyat «urg’ochi» semasi asosida
emas, balki — «qulunli» semasi asosida voqelashdi. Ushbu ziddiyat
noto’liq bo’lib, [biya] kuchli, [baytal] esa zaif a’zodir. Rus tilida esa
[kobыla] leksema sememasida «qulunli // qulunsiz» semasi yo’q. Chunki
leksemalar paradigmasida ham leksemalarning ayni belgiga ko’ra
ziddiyati yo’q.
Demak, sememaning semalar tarkibini aniqlashda leksik paradigma hal
qiluvchi ahamiyatga egadir. Sememaning semalar tarkibidagi atash
semashari sememaning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Chunki
muayyan leksema mana shu semalar orqali ongimizdagi tushunchalar
bilan bog’lanadi. Shuning uchun an’anaviy tilshunoslikda ma’nodoshlik
(sinonimiya) munosabatlarini aniqlashda, asosan, atash semalariga
tayaniladi. Atash semalari sememani muayyan tushuncha bilangina
bog’lab qolmay, balki voqelikdagi leksema ifodalanmishining
xususiyatlarini ham o’z ichiga oladi. Ammo ifodalanmish xususiyatlarini
ifodalovchi atash semalari semema tarkibida hamma vaqt ham markaziy
o’rinni egallamaydi, bo’rttirilmaydi. Masalan, [ota] sememasining atash
semalari qatorida «g’amxur», «ta’minotchi», «yo’l ko’rsatuvchi» kabi,
ona sememasida esa «g’amxur», «mushfiq», «hamdard» kabi atashxususiyat semalarini ham ko’rish mumkin. Ifodalanmish xususiyatlarini
ifodalaydigan atash semalarini shartli ravishda yo’ldosh-atash semalari
deb nomlaymiz. Tilshunoslikda bunday semalar periferiya (chekka)
semalari, yo’ldosh semalar (periferiynыe i sopustvuyuщiye semы) deb
ataladi. Yo’ldosh semalar deyarli har bir semema tarkibida mavjud.
Masalan, [bo’ri] sememasi «hayvon», «sut emizuvchi hayvon», «yovvoyi
hayvon», «yirtqich hayvon», «itlar oilasndan» kabi atash semalari bilan
birga «qonxo’r», «rahmsiz», «o’z manfaatidan boshqa narsani
ko’zlamaydigan» kabi yo’ldosh semalarga ham ega. [arslon]) sememasi
esa «qo’rqmas», «mo’ljalidan qaytmas», «ochiq hujum qiladigan» kabi
yo’ldosh-atash semalariga egadir.
Yo’ldosh-atash semalari ko’p hollarda ifoda semalari bilan bog’lanib,
ifoda hamda atash semalari orasida oraliq uchinchi vazifasini o’taydi.
Ifoda semalari deganda semema tarkibidagi, atash semasidan tashqari,
turli qo’shimcha ma’nolarni (uslubiy buyoqni, shaxsiy munosabatni,
qo’llanish doirasini) anglatuvchi semalar tushuniladi. Atas h semalari kabi
ifoda semalari ham leksemalar paradigmasida aniqlanadi. Chunonchi,
[yuz], -[aft], [bet], [bashara], [turq], [chehra], [jamol] leksik
paradigmasini olaylik. Ushbu qatordagi atash semalari bir xil. Ular bir
ifodalanmishni (anglatmishni) ifoda etadi. Ammo bu qatordagi [yuz],
[bet], [aft], [bashara], [turq] leksemalari so’zlovchi salbiy
munosabatining darajasiga ko’ra o’zaro darajali ziddiyatga ega. Bu
o’rinda salbiy munosabat [aft] dan [turq]qa tomon o’sib boradi. [yuz] :
[chehra] : [jamol] so’zlarida esa aksincha. Ya’ni bu leksemalarda ijobiy
munosabat semalari mavjud. Bu so’zlar ham o’zaro darajali ziddiyatni
tashkil etadi. Aniqrogi, [yuz] sememasida shaxsiy munosabat aniq
belgilanmagan (ya’ni u ziddiyatning zaif a’zosi). Boshqa leksemalarda
esa shaxsiy munosabat aniq ifodalangan (ya’ni ular noto’liq ziddiyatning
kuchli a’zosi). Ayni leksemalar o’z navbatida «salbiy», «ijobiy» belgisi
(semasi) asosida teng qiymatli ziddiyatni- hosil qiladi. Bular o’z
navbatida belgining I, II, III, VI va h. k. darajasiga ko’ra o’zaro
mutanosib darajali ziddiyatlarni hosil etadi.
Ifoda semalari semema tarkibida, albatta, berilgan bo’ladi. Ular
leksemalarni farqlashga xizmat qiladigan yoki oddiy, ifodalanmagan,
neytral bo’lishi mumkin. Shuning uchun tilshunoslikda leksemalarni
farqlovchi semema tarkibidagi ifoda semalari (ingerent konnotadiya va
muayyan sharoitdagina (matnda, ko’pincha ko’chma ma’noda
ishlatilganda) hosil bo’ladigan ifoda semalari (adgerent konnotatsiya)
farqlanadi. [yuz] : [bet] ... paradigmasidagi ifoda semalari semema
tarkibiga kiruvchi semalardir. [daraxt] sememasida ifoda semasi oddiy,
belgilanmagandir. [chinor] leksemasida esa ifoda sema lari semema
tarkibiga kirmaydi. Ammo muayyan matnda, nutq sharoitida bu so’z ifoda
semalariga (umrboqiy», «sershox», «mustahkam» va h. k.) ega bo’lishi
mumkin.
Ifoda semalari nafaqat shaxsiy munosabatni, balki boshqa uslubiy
buyoqlarni, uslubiy xususiyatlarni ham o’z ichiga oladi. Masalan, [turq],
[bashara], leksemalari [aft], [aft-angor] leksemalariga «jonli tilga xos»
semasiga ko’ra, [ajib] leksemasi [ajoyib] leksemasiga «kitobiylik»,
[g’alati] leksemasi esa [ajoyib] leksemasiga «jonli so’zlashuv tiliga xos»
semasiga ko’ra ziddir. Bu semalar ham ifoda semalari sirasiga kiradi.
Hozirgi kunda —«yangilik» semasi bilan ajralib to’rgan juda ko’p
leksemalar 1930—88 yillarda qo’llanilgan leksemalar o’rnida
ishlatilmoqda. Masalan, [samolyot] : [tayyora], [aeroport] : [tayyorago h],
[oppozitsiya] : [ziddiyat], [assimilyatsiya] : [singish] va h. k. Badiiy
adabiyotda o’tmish davri NUTQINI, ruhini to’g’ri aks ettirish uchun
mualliflar maxsus eskirgan so’zlardan ham keng foydalanadilar. Arxaizm
va istorizm deb ataluvchi bunday leksemalar «eskirgan» semaga ega
bo’ladi, [aeroplan] : [samolyot] va h. k. Ifoda semalari undov va taqlidiy
so’zlarda benihoya kuchli bo’lib, semema tarkibida asosiysanaladi. [oh],
[uh], [voybu] kabi undovlarda ma’lum bir holat yoki his-hayajonni
atashdan, nomlashdan ko’ra uni ifodalash, tasvirlash kuchli bo’ladi.
Xuddi shunga o’xshash hodisani [tiq-tiq], [taq-taq] kabi leksemalarda
ham ko’rish mumkin.
An’anaviy tilshunoslikda so’zlarning uslubiy buyog’I (ya’ni ifoda
semalari) asosida so’zlarning uslubiy tasnifi keng o’rganilgan. Bu
tasnifda so’zlar, asosan, umumiste’mol so’zlari, qo’llanishi cheklangan
so’zlar, uslubiy buyoqda ega so’zlar, kitobiy so’zlar va so’zlashuv tiliga
xos so’zlar kabi guruhlarga bo’linib, maktab va oliygoh darsliklarida,
ilmiy tadqiqotlarda keng izohlangan.

Download 37,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish