Nav va zot.
Qishloq xo‘jaligi ekin navlarining hosildorligi va samarasi yuqori
sifatli, sara urug‘ bilan ekilgandagina to‘liq namoyon bo‘ladi. Shunday
urug‘larni tayyorlash va eng yaxshi navlarni ishlab chiqarishga
joriy qilish bilan urug‘chilik sohasi shug‘ullanadi. Seleksiya kabi
urug‘chilikning ham nazariy asosi genetika bo‘lib, undagi irsiyat va
o‘zgaruvchanlik qonuniyatlari urug‘chilik ishlarining zaminini tashkil
qiladi. Urug‘chilik - qishloq xo‘jaligining maxsus tarmog‘i bo‘lib,
uning maqsadi navdorligi, biologik va hosildorlik sifatlari saqlangan
holdagi nav um g‘ligini kerakli miqdorda ommaviy ko‘paytirishdan
iborat. Urug‘chilik o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikkita vazifani bajaradi. Ulardan
birinchisi - ishlab chiqarishga joriy qilinayotgan yangi navlaming
yuqori sifatli navdor urug'ligini talabga mos holda ommaviy
ko‘paytirish. Lekin ommaviy ko‘paytirish va uzoq vaqt yetishtirish
jarayonida nav zaiflashib uning hosildorlik sifati pasayishi mumkin.
Shuning uchun urug‘chilikning ikkinchi vazifasi tumanlashtirilgan ekin
navlari urug'ligining navdorligini va hosildorlik sifatini saqlashdan
iborat. Mazkur vazifalarga muvofiq ravishda urug‘chilik ishlari da
ikkita asosiy bo‘lgan - nav almashish va nav yangilash jarayonlari
amalga oshiriladi. Nav almashish - bu ma’lum mintaqalar ishlab chiqarishidagi eski navlami yangi, rayonlashtirilgan, hosildorligi va mahsulot sifati eski
navlarga nisbatan yuqori bo‘lgan navlar bilan almashtirish.
Nav almashish qishloq xo‘jalik ekinlarning hosildorligi va sifatini yuksaltirishning samarali vositasidir. Bu jarayonning asosiy shartlari uni jadal sur’atlarda o‘tkazish va navlarni oqilona joylashtirishdir. Nav yangilash - navdorligi va biologik sifatlari zaiflashgan urug‘lami mazkur navga xos bo‘lgan navdor va sifatli urugiar bilan almashtirish. Ishlab chiqarishda ko‘paytirish uchun seleksiya — urug‘chilik muassasalarida yetishtiriladigan boshlang‘ich urug‘lik - elita urug‘lari deyiladi. Mazkur navning eng yaxshi elita urug‘lari navning hosildorlik
xossalarini, yuqori bo‘lgan nav tozaligi va o‘xshashligi, kasallik va
zararkunandalarga chidamliligi, ekishga tayyorgarlik sifati kabi belgilami
to‘lig‘icha mujassamlagan eng yaxshi tanlangan o‘simliklaming avlodlaridan tayyorlanadi. Elita urug‘larining keyingi avlodi reproduksiya
deyiladi. Elitadan olingan birinchi yil urug‘lari - birinchi reproduksiya
(R,), o‘z navbatida birinchi reproduksiyadan olingan urug' - ikkinchi
reproduksiya (R2) va shu tartibda uchinchi (R3), to‘rtinchi (R4), va
hokazo reproduksiyalar urug‘ligi deyiladi. Nav yangilashda ishlab
chiqarishda foydalanilayotgan beshinchi, oltinchi va undan past
reproduksiya urug‘larini elita va birinchi reproduksiya urug1 lari bilan
almashtiriladi. Urug‘ sifati haqida tushuncha. Navdor urug‘lik yuqori sifatga ega
bo‘lgandagina o‘zining afzalliklarini namoyon eta oladi. Urug‘ning ekish
va navdorlik sifatlari ajratiladi. Urug‘ning ekish sifatlariga uning tozaligi (ifloslanish darajasi), unib chiqish quvvati, unuvchanligi, namligi, 1000 dona urug‘ vazni hamda kasallik va zararkunandalarga chalinganlik darajasi kabi
belgilar kiradi. U rug‘ navdorligi deyilganda, uning nav tozaligi va bir xilliligi
tushuniladi. Nav tozaligi yuqori bo‘lgan urug‘larda navning barcha
xususiyat va belgilari to‘liq irsiylanadi. Yuqori sifatli navdor urug‘lik
yuqori nav tozaligi bilan bir qatorda yuqori darajali ekish sifatlariga
ham ega bo‘lishi kerak. Masalan, har qanday ekin elita urug‘larining
nav tozaligi 100% (boshqa nav yoki shakllar urug‘larining aralashmasi
0,2 foizdan oshmasligi lozim), 1000 dona urug1 vazni yuqori, kasallik
va zararkunandalarga chalinmagan, unuvchanligi 85-95% dan kam
bo‘lmagan va ifloslanmagan bo‘lishi lozim. Ekin hosildorligi va mahsulot sifati yuqori bo‘lishida yuqon sifatli urug‘likning ahamiyati o‘g‘itlash va yerga ishlov berish kabi muhim agrotadbirlar ahamiyatidan qolishmaydi.
Urug‘ sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlardan mumkin bo‘lgan
farqlanish me’yorlari Davlat standartlarida belgilangan. Bunda urug'lar
turli qiymatdagi sifat guruhlariga, ya’ni unuvchanlik bo‘yicha sinflarga,
navdorlik sifatlari bo‘yicha kategoriyalarga bo‘lingan. Masalan, arpa
urug‘lari ekish sifatlari bo‘yicha kamida quyidagi ko‘rsatkichlarga ega
bo‘lishi kerak: 1-sinf - tozaligi 99%, unuvchanligi 95%; 2-sinf - 98,5%
va 92%; 3-sinf- 97% va 90% muvofiq ravishda; navdorlik bo‘yicha esa:
I kategoriya - nav tozaligi - 99,5%, II kategoriya - 98%, III kategoriya -
95%. Ekish sifatlari bo‘yicha Davlat standard (1, 2, 3-sinflar) talablariga
javob beruvchi urug‘ - kondision urug‘Iik deyiladi. Yana bir misol,
g‘o‘za urug‘lari unuvchanlik ko‘rsatkichlari (kamida): 1-sinf unuvchanligi
-95%, 2-sinf - 90%, 3-sinf - 85%; nav tozaligi bo‘yicha (kamida):
elita urug‘lari - 100%, R: - 99%, R2 - 98%, R3 - 96%. Ushbu asosiy
ko‘rsatkichlardan tashqari Davlat standartlarida yana bir qator belgilar
bo‘yicha talab me’yorlari belgilangan. Masalan, g‘o‘za urug‘ligiga
unuvchanlik va navdorligi belgilaridan tashqari namligi 8-10%, chigitdagi
tola qoldig‘i 0,4-0,8%, shikastlangan chigit miqdori 5-7% dan oshmasligi
lozim. Navdor urug‘lik sifati pasayishining sabablari. Amaliyot tajribasi
ko‘rsatadiki, uzoq vaqt ishlab chiqarishda yetishtirilgan va urug‘chilik
me’yorlari buzilganda navlarning sifati pasayib, hosildorligi kamayadi.
Bu hoi urug‘likning mexanik ifloslanishi bilan tashqi muhit ta’sirida
ajralish va mutatsion o'zgarishlar natijasida sodir bo‘ladigan biologik
o‘zgarishlar bilan belgilanadi. Nav zaiflashishining sabablari quyidagilardan iborat:
a) Mexanik ifloslanish. Bu eng xavfli va asosiy sabablardan biri bo'lib,
bunda boshqa nav (navli) va boshqa ekin (turli) urug‘lari ekish, terim,
transportirovka va saqlash paytida aralashib ketadi.
b) Biologik ifloslanish. Bu hoi navlarni mufassal muhofaza qilish
me’yorlari saqlanmaganda ekilgan nav boshqa nav va shakllar bilan
changlanish natijasida vujudga keladi. Bu narsa chetdan changlanuvchi
ekinlar uchun juda xavfli, lekin o‘z-o‘zini changlantiruvchi ekinlar ham
ma’lum miqdorda chetdan changlanib, biologik ifloslanishi mumkin.
Chetdan changlanish natijasida keyingi yil ekinlarida xo‘jalik va biologik
belgilar bo‘yicha farq qiluvchi ko6p miqdordagi duragay o‘simliklar paydo
bo‘ladi.
d) A jralish va m utatsiyalarning paydo bo‘lishi. Duragaylashdankelib chiqqan navlar ko‘paytirilganda ajralish yoki har qanday
nav populatsiyalarida m utatsiya natijasida yangi shakllar paydo
bo‘lishi mumkin. Buning hammasi nav populatsiyasida o‘xshash
bo'lm agan va begona shakldagi o ‘sim liklar miqdori ko'payishiga
olib keladi.
e) Urug‘likka ekilgan dalalarda kasallik va zararkunandalargachalingan o‘simliklar miqdorining asta-sekin ko‘payib borishi.
Urug‘ning hosildorligiga uni o ‘stirish sharoitlari, ya’ni agrofon
kuchli ta’sir qiladi. Yuqori agrofon tushunchasi sifatli, navdor
urug‘likning yuqori hosilini ta’minlovchi o‘simliklarning o‘sish va
rivojlanishi uchun agrotexnik tadbirlar majmuasi yordamida optimal
sharoitlarning yaratilishidan iborat. Urug‘chilik ekin maydonlari
uchun alohida agrotexnika ishlab chiqilishi lozim, negaki har
doim ham, ma’lum bir ekin mahsuloti uchun ekilgan dalalardagi
agrotexnika urug'likka ekilgan dala uchun to‘g‘ri kelavermaydi,
Agrofon qanchalik yuqori bo‘lsa, sifat ham shunchalik yaxshi
bo‘ladi. Shuning uchun urug'likka ekilgan dalalardagi o‘simliklarni
yuqori ekish va fizikaviy sifatlarni ta’minlab beruvchi yuqori
agrofonda yetishtirish lozim. Urug‘lik sifatini pasaytiruvchi sabablami ishlab chiqarish sharoitida to‘lig‘icha yo‘q qilish deyarli mumkin emas. Uning sekin yoki tez
sur’atlarda kechishi dehqonchilik madaniyatiga va urug'chilik ishlarining
sifatiga bog‘liqdir. Qishloq xo‘jaligida har bir ekin guruhlari bo‘yicha
xususiy urug'chilik tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, takomillashtirish
ishlari olib boriladi. Masalan, donli, don-dukkakli, poliz, yigiriluvchi,
ya’ni tola beruvchi va boshqa ekinlar bo‘yicha alohida, o‘ziga xos
bo‘lgan xususiy urug‘chilik tizimi asosida urug‘lik yetishtiriladi va
tegishli xo‘jaliklar kondision urug‘lik bilan ta’minlanadi. Mamlakatimiz
iqtisodiyotida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan g‘o‘za urug‘chiligi
vazifalarini amalga oshirishda urug‘chilik ishlari quyidagi tizimda olib
boriladi: • yangi navlar Davlat nav sinash tizimining gruntkontrol (o‘simliklarning birxilliligini tekshirish) va 1- yil, 2- yil va 3-yil sinovlarida tekshiriladi hamda shu vaqtning o‘zida navni me’yoriga
yetkazish va urug‘ligini ko'paytirish maqsadida maxsus ixtisoslashgan dastlabki elita xo‘jaliklarida urug‘chilik ishlari olib boriladi; mamlakatimizning turli tuproq-iqlim sharoitlarida joylashgan Davlat nav sinash shahobchalarida yangi navlar har tomonlama o‘rganilib, umuraqabul qilingan standart navlar bilan atroflicha
taqqoslanadi. Afzalliklarini namoyon qilgan yangi navlar
tegishli mintaqalarga tumanlashtiriladi, ya’ni 0 ‘zbekiston
hududida ekishga tavsiya etiladigan «Qishloq xo‘jaligi ekinlari
reestri»ga kiritilgach, belgilangan mintaqalarga keng joriy
etiladi. Tumanlashtirilgan g‘o‘za navlarining urug‘ligi esa, o‘z navbatida,
quyidagi tizimda yetishtiriladi: elita va birinchi reproduksiya (R,) urug‘ligi nav tumanlashtirilgan viloyat, tumanlarda mavjud bo'lgan fermer xo‘-
jaliklari tarkibidagi maxsus elita urug‘chilik ho‘jaliklarida etishtiriladi;
ikkinchi (R2) va uchinchi (R3) reproduksiyalar urug‘ligi urug‘chilik
xo‘jaliklarida yetishtiriladi. 0 ‘zbekiston paxtachiligida qabul
qilingan nav yangilashning besh yillik sxemasiga asosan to‘rtinchi
(R4) reproduksiya urugiari ishlab chiqarishda ekilmaydi.
G‘o‘za urug‘chiligi tizimida birlamchi urug‘chilik, ya’ni elita
urug‘ligini yetishtirish ishlarining ahamiyati juda katta. Bunda
o‘ziga xos uslub, yetishtirish va navlarni yangilash sxemalari ishlab
chiqilgan. 0 ‘zbekiston xalq xo‘jaligi jahon bozor iqtisodiyotiga integrasiyalashish murakkab jarayonida urug‘chilik tizimini takomillashtirilishiga qaratilgan 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-noyabrida chiqargan qarori qabul qilindi. Qarorda seleksiya, urug‘chilik, navlarni yangilash, tola sifati yuqori bo‘lgan yangi tezpishar g‘o‘za navlarini joriy etish va ularni mamlakatning
turli tuproq-iqlim sharoitlarida oqilona joylashtirish sohasidagi
ishlarni har tomonlama takomillashtirish va jadallashtirish ustuvor
davlat vazifasi hisoblansin deb ko‘rsatilgan. Ushbu qaror barcha
qishloq xo‘jalik ekinlar urug‘chiligini yangi pog‘onaga ko‘tarib, jahon
miqyosidagi m e’yor-talablarga mos ravishda amalga oshirilishi uchun
kuchli zamindir. Shunday qilib: seleksiyaning genetik asoslarini o‘rganish o‘simlik, hayvon va mikroorganizmlar seleksiyasining amaliy usullariga, ya’ni tanlash va chatishtirishlarning turli an’anaviy metodlarining ahamiyatini
tushunishga ilmiy asos yaratib beradi; genetika seleksiyada yangi formalarni yaratish sur’atlarini jadallashtiruvchi tubdan yangi bo‘lgan metodlarni ishlab chiqadi;
• o‘simlik va hayvonlarda geterozis hodisasidan amaliyotda
foydalanish uchun liniyalararo duragaylarni yaratish;
• chetdan changlanuvchi (makkajo‘xori, jo‘xori) va o‘z-o‘zini
changlatuvchi (bug'doy) ekinlarining liniyalararo duragay
urug‘larini olish uchun yoi ochib bergan sitoplazmatik erkaklik
pushtsizligi hodisasidan foydalanish;
• seleksiya genetik metod va qonuniyatlar hamda olingan natijalarning amaliyotda to‘liq tatbiq qilinadigan maydonidir;
• oxirgi paytlarda rivojlanayotgan gen va hujayra injeneriyasi,
biotexnologiya yaqin orada seleksiyaning genetik asoslarini yangi
kashfiyotlar bilan boyitish borasida bo‘lib, ulaming asosiy mohiyati
seleksiya uchun boshlang‘ich materialni yaratish muddatlarini
qisqartirish hamda gen va xromosomalardagi o‘zgarishlami
yo‘naltirishdan iborat bo‘ladi;
• hayvonlaming har xil turlari orasida genlami ko‘chirish (transgenoz)
ishlarida birinchi ijobiy natijalar mavjud;
• o‘simliklardagi qimmatli xo‘jalik oqsillami belgilaydigan genlami
turlar va turkumlararo ko‘chirishlar amalga oshirilmoqda. In
vitro plazmidalari tarkibidagi genlami yo‘naltirilgan o‘zgartirish
sohasidagi tadqiqotlar bilan katta umid bog‘lanmoqda. Bu metod
asosidagi oqsilli injeneriya ishlari jarayonida o‘zgartirilishi mumkin
bo‘lgan ma’lum genlar bilan belgilangan fermentlami kerak bo'lgan
yo‘nalishda rivojlantirish mumkin;
• qimmatli moddalar, masalan, jenshen alkaloidlarini ishlab
chiqarish uchun yuqori o‘simliklar hujayraviy massasini ko‘-
paytirish usullari keng tarqalmoqda. Yuqori o‘simliklar hujayra
seleksiyasi mctodlari ishlab chiqilmoqda. Bunda, o‘simliklar
somatik hujayralardan regeneratsiya yordamida ko‘payganda
yuqori darajadagi irsiy o‘zgaruvchanlik yuzaga keladi. Ushbu
metodlar yaqin orada seleksiyani boyitishi shubhasizdir, Bunda
doira yodda tutish kcrakki, seleksiya, o‘simlikshunosHk,
chorvachilikdagi muvaffaqiyatlarning asosiy manbayi evolutsiya
jarayoni mexanizmlarini bilishdadir. Faqat shundagina odamzod
tomonidan yaratilgan yangi nav va zotlar ko‘p sonli tabiiy
dushmanlariga bardosh bera oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |