ǀ
ISSUE 2
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 593
birga past rentabelli va koʼp mehnat sarfi talab kilinadigan mahsulotlarning ayrim
turla
rini uy sharoitida ishlab chikarishni oʼzlashtirish imkoniyatini yaratadi, bu, oʼz
navbatida. yirik korxonalar ish samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Ish bilan band boʼlmagan axolini ishlab chikarishga jalb etish, oila byudjeti
daromadlarini koʼpayt
irish, uy mehnatidan foydalangan xolda butlovchi kismlar, tayyor
mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab chika-
rish va baʼzi bir xizmatlar koʼrsatishni
tashkil etish orkali yirik sanoat korxonalarining ishlab chikarish faoliyati
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Kasanachilikni davlat tamonidan tartibga solish maʼmuriy usullarning oʼziga xos
xususiyatlari quyidagilardan iborat:
-
ular davlat hokimiyatining qudrati va salohiyatiga tayanadi;
-
ularni amalga oshirish bilan bogʼliq qoʼshimcha moddiy ragʼbatl
antiruvchi
choralar yaratishni shart qilib qoʼymaydi;
-
taʼqiqlash, ruxsat berish va majburlash tadbir
-larini (kvotalash, litsenziya
berish, meʼyoriy normalarni belgilash va h. k.) oʼz ichiga oladi.
Kasanachilikning ishida, qoidaga koʼra ish haqi toʼlanadi. Haq toʼlash amalda
bajarilgan ishlarning sifati boʼyicha belgilangan talablarga javob beradigan mahsulot
ishlab chiqarilgani uchun amalga oshiriladi.
Kasanachilikda ish haqi, mehnat normalari va mehnat majburiyatlari belgilangan
eng kam oylik ish haqi miqd
oridan kam boʼlishi mumkin emas va biron bir eng yuqori
miqdor bilan cheklanmaydi.
Kasanachilar ish haqi miqdori ish beruvchining oʼz ishlab chiqarishida band
boʼlgan hodimlar mehnatiga haq toʼlash sharoitlari singari boʼlishi kerak. Kasanachilik
toʼgʼrisidagi Nizomda “Korxonalar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga ega boʼlgan
kasanachilar ish bilan band aholi toifasiga kiritiladi va ularga mehnat daftarchasi beriladi”
-
deb koʼrsatib oʼtilganidek, baʼzi ish beruvchi korxona tashkilot rahbarlari kasanachi
lar
bilan hech qanday mehnat shartnomasi tuzilmayotganligi holatlari albatta achinarli holdir.
Kasanachilik faoliyatining toʼgʼri yoʼlga qoʼyilishi, uning samarali amal qilishi
uchun mazkur faoliyat iqtisodiy tabiatidan kelib chiquvchi asosiy tamoyilla-rini belgilab
olish muhim hisoblanadi (1-rasm).
Kasanachilik faoliyatidagi vaqtdan unumli foydalanish imkoniyati, yaʼni,
ishchining uyda oʼzi istagan vaqtida ishlashi mumkinligi; korxonaga borish
-kelish
uchun ketadigan vaqt va xarajatni tejashi; uydagi qoʼshi
mcha ishchi kuchi
imkoniyatlaridan foydalana olishi; ayni paytda uy-
roʼzgʼor ishlarini nazorat qilib turishi
kabi jihatlar mehnatni tashkil etishning mazkur shakliga nisbatan qiziqishni
kuchaytiradi.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
Do'stlaringiz bilan baham: |