ǀ
ISSUE 2
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 590
Bunda, korxona
–
xududda yashovchi, mehnat faoliyatni amalga oshirish uchun
tegishli malaka va sharoitlari mavjud fuqarolar bilan aholi tomonidan talabga ega
boʼlgan turli isteʼmol mollarini ishlab chiqish boʼyicha shartnomalar tuzadi.
Bunday holatida, korxona quyidagi asosiy majbu-
riyatlarni oʼz zimmasiga oladi:
- kasanachining buyurtmasi asosida uni kerakli xom-ashyo va materialar bilan
yetarli mikdorda va turda (assortiment) taʼminlash;
- kasanachi tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotni oldindan kelishilgan
hajmda olib ketish va sotilishini kafolatlash;
-
kasanachiga mehnat shartnomasiga muvofik ish haqi toʼlash.
Kasanachilar tomonidan ishlab chiqarilib sotilgan mahsulot hajmi xalq isteʼmol
mollarini ishlab chiqarish sifatida
–
korxonada ishlab chiqarilgan va sotilgan
mahsulotning umumiy hajmiga qoʼshiladi. [6]
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida aholini ijtimoiy
muhofazalashni bir vaqtning oʼzida amal qiladigan va bir
-
birini toʼldiruvchi quyidagi
toʼrtta tizimga ajratish mumkin: davlat ijtimoiy taʼminoti, davlat ijtimoiy sugʼurtasi,
jamoa ijtimoiy sugʼurtasi va shaxsiy sugʼurta.
Maʼlumki jamoa sugʼurtasi yetarli turmush darajasini kafolatlaydi. U majburiy
yoki ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi mumkin. Bunda ish beruvchilar va
yollanganning sugʼurta badallari toʼlov manbalari boʼlib xizmat qiladi.Shaxsiy sugʼurta
farovonlikning yuqori darajasini kafolatlaydi. U ixtiyoriy ravishda, fuqarolarning
sugʼurta badallari hisobiga amalga oshiriladi.
Birinchi ikki quyi tizimning asosiy tamoyili - birdamlik, uchinchisiniki
subsidiyalash, toʼrtinchi, yaʼni shaxsiy sugʼurtaniki esa, mutanosiblik tamoyilidir.
Birdamlik tamoyili yordamning muxtojlik darajasiga qarab, fuqaro toʼlagan soliqlar va
sugʼurta badallari miqdorini hisobga olmasdan taqsimlanishini koʼzda tutadi.
Subsidiyalash tamoyilida esa, muhtojlik dara-jasiga qarab, ammo badallar miqdori va
mos ravishda toʼlovlar miqdorini hisobga olgan holda yordam koʼrsa
-tiladi.
Mutanosiblik tamoyili toʼlangan sugʼurta
badal-lariga mutanosib miqdorda yordam
koʼrsatishni koʼzda tutadi.
Yangi ijtimoiy-
iqtisodiy tizimda gʼarbda fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilishning
amerikacha, yevropacha, yaponcha va hokazo andozalari mavjud boʼlib, ular doirasida
yana oʼziga xos koʼrinishlari ham faoliyat koʼrsatmoqda. Bu andozalarning umumiy
xususiyatlari bilan bir qatorda oʼziga xos umumiy belgilari va milliy jihatlari ham
mavjuddir.
Oʼzbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab iqgisodiy
islohotlarning oʼziga mos yoʼli tanlandi. Oʼtish davri jarayonlari Prezident I.А. Karimov
olgʼa surgan beshta asosiy tamoyillaridan biri: “Xalq turmush darajasining izchil va
barqaror oʼsishi, aholini kuchli ijtimoiy muhofaza qilishni ifoda etadi”.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
Do'stlaringiz bilan baham: |