Science and education scientific journal



Download 2,79 Mb.
bet75/76
Sana17.07.2022
Hajmi2,79 Mb.
#811317
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
Bog'liq
Ilm-fan va ta\'limning rivojlanish istiqbollari 26-son

Abstract: This article provides a source description and analysis of manuscripts in the field of pharmacology and veterinary medicine in the Turkic languages kept in the funds of the Institute of Oriental Studies named after Abu Rayhon Beruni of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan.


Keywords: Medicine, Pharmacology, Veterinary, Institute of Oriental Studies of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan, "Collection of Oriental Manuscripts", manuscript.

KIRISH

Farmakologiya tarixi uzoq oʻtmishga borib taqaladi, chunki inson yaratilgandan boshlab u tabiat qoʻynida yashab oʻzining turli xil noxush holatlari va kasalliklariga atrofidagi giyohlardan, hayvonot olamidan shifo, dori-darmon izlagan. Farmakologiya rivojlanishiga qadimgi arab, yunon va Osiyo mamlakatlari olimlari ham katta hissa qoʻshganlar. Xususan, Gippokrat, Dioskarid, Galen va boshqalarning dorivor giyohlar hamda ularning ishlatilishi haqidagi maʼlumotlari XIX asrgacha farmakologiya sohasida asosiy qoʻllanma boʻlib kelgan. Yaqin Sharq va Oʻrta Osiyoda Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning dorivor giyohlar va moddalar haqidagi asarlari F. taraqqiyotiga muhim turtki buldi. Ibn Sinoning "Tib qonunlari" asarida qayd etilgan 811 xil oddiy dorilarning 612 tasi dorivor oʻsimliklar va ulardan foydalanish usullariga bagishlangan. Ushbu asar shu kungacha oʻz ahamiyatini saqlab kelmoqda.[1:47-48]
ASOSIY QISM

Umuman olganda dori-darmonlarga bog’liq bo’lgan nazariy bilimlar bilan aynan yuqorida ma’lumot berib o’tgan farmakologiya fani shug’ullanadi. Bevosita dorilarning tayyorlash va ishlab chiqish sohasi bu farmokopiya deb yuritiladi. Farmokopiya yo’nalishida ham bizgacha ko’plab asarlar yetib kelgan bo’lib ularning aksariyati arab va fors tilida bitilgan qo’lyozmalar hisoblanadi. O’zR FA sharqshunoslik instituti fondlarida saqlanayotgan farmakologiya va veterenariya sohalariga oid manbalar ichida kam sonli bo’lsada turkiy tillarda yozilgan asarlar bugungi kunda mavjud. Ulardagi ma’lumotlar bugungi kunda yetarli va to’liq o’rganilib chiqilmagan, hayotga tadbiqi esa undanda ziyoda. Yuqorida ko’p marotaba ta’kidlaganimiz va mazkur tadqiqotning yetakchi adabiyoti hisoblanmish “Sharq qo’lyozmalari to’plami. Tibbiyot” (2000-yil) katologida ham farmakologiya, farmokopiya va veterinariya sohalariga oid turkiy tillarda yozilgan qo’lyozmalar o’nga yaqin hisoblanadi.


“Insonlarga foydali vositalar”- ushbu asar muallifi Abulg’ozixon Ibn Arabmuhammadxon Chingiziy Xorazmiydir (Xiva xoni 1053/1643-1074/1663). Tarix haqida yozgan mashhur asari “Shajarai Tarokima” (SVR, I, № 171; VII, № 5015). To’rtta qismdan iborat ushbu asarning birinchi qismi- bir toifadagi kasalliklarga qarshi oddiy va murakkab dori-darmonlar haqida; ikkinchi qismi- faqatgina ikki toifadagi kasalliklar uchun foydali dorilar haqida. Ushbu dori-darmonlar boshqa toifadagi





184


"PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION" CONFERENCE PROCEEDINGS

24 MAY 2022

kasalliklar uchun esa samarasizligi ushbu qismda ta’kidlangan. Shuningdek, ushbu qismda donishmandlarning sog’liqni saqlash borasidagi nasihatlari keltirilgan. Uchunchi qismda- ko’p turdagi kasalliklarga davo bo’la oladigan dori vositalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. To’rtinchi qismda- inson salomatligi borasida alloh-u ta’loning zikrlari (“Quron” dan na’munalar), payg’ambar so’zlari (hadislardan na’munalar), diniy ullamolar va dono hukumdorlarning nasihatlari o’rin olgan.


Mazkur asarda shuni ta’kidlash kerakki, asarda hech qaysi bir bo’limdan joy olmagan qism ham mavjud bo’lib, unda kasalliklar nomlari alfavit tartibida keltirilgan. Har bir kasallikka qaysi dorilar yordam berishi kasallik to’g’risidan yozib qo’yilgan. Kitobning boshlanishi (Bismillohdan so’ng): Hamdu bi haddu sa’no bi adad hazrat Hakim qadimig’a bo’lsinkim… ilax. Qo’lyozma nastaliq uslubida rus fabrika qog’ozida yozilgan. Asarning poligrafik ma’lumotlariga ko’ra XIX asrning- birinchi yarmida ko’chirilgan. Asar bizgacha to’liq yetib kelmagan 64-varoqda “Ha” nomli kasallik haqida yozilayotgan joyidan boshqa qismi mavjud emas. Varoqlar hajmi 10x17. Qo’lyozma muqovasi yarimcharmdan ishlangan va varoqlarni mahkamlab turuvchi qismi yaroqsiz holatga kelib qolgan. (SVR, VII, № 5450).[2:204].


FA sharqshunoslik isntituti fondida “Tibbiy risola” nomi bilan (asarning aniq nomi keltirilmagan) saqlanuvchi asarning muallifi noma’lum. Mazkur risola asosan dori vositalarga bag’ishlangan bo’lib, jinsiy faoliyatni yaxshlovchi darmonlarni tavsifilari keltirilgan. Shuningdek, ko’z yalig’lanishi, xushdan ketganda ishlatiladigan dorilar ham yodga olingan.


Risolaning yarmi fors tilida yarmi esa eski o’zbek tilida yozilgan. Qo’lyozma nastaliq yozuvida, qo’qon qog’ozida, ba’zi bir so’zlar qizil siyoh bilan belgilab qo’yilgan (kustod). Ko’chirilish sanasi 1298/1881 yil. Varoqlar soni 148 dan ko’proqni tashkil etadi va hajmi 14x25 ni tashkil etadi. Muqova yarimcharimli, unda to’rtta naqsh ichida “Oxiri bahayir bo’lsin” jumlasi keltirilgan. SVR, XI, № 7134. [2:230].


Sharqshunoslik instituti fondida ikki tilda yozilgan, ya’ni fors va turkiy o’zbek tilida asar saqlanmoqdaki muallifi aniq emas. Asar nomlanishi fors tilida yozilgan “Dar doruhoi sodde va majunot”. Asarning bo’limlari fasllar deb yuritilib ummumiy 12 fasldan iborat. Unda; Shayx Sharafiddin Hakimning damlamalar haqidagi o’gitlari, gonoreya haqida (jinsiy suyuqlik va u bilan bog’liq hastaliklarda ishlatiladigan dorilar to’g’risida so’z yuritiladi), bepushtlik haqida, jinsiy kuchni oshirish to’g’risida, epilepsiya haqida (bu nevrologik kasallik hisoblanib, asosan tananing nerv to’qimalari kasallanishidan so’ng ma’lum qismi ishlamay qolishi), inson tanasida qolgan qurollar (nayzalar) to’g’risida, ko’p uhlash to’g’risida, sochlarning to’kilishi va ularni parvarish qilish bo’yicha dorilar, ilonlarni daf qilish to’g’risida, sichqon va kalamushlarni yo’q qilish to’g’risida, kasalliklarda davo bo’luchi dorilar va dorivor butqalar to’g’risidagi fasllar o’rin olgan. Ko’rib turganimizdek asarning yozilish strukturasi qandaydir qoidalarga yoki guruhlash qoidalariga amal qilmasdan amalga oshirilgan. Asarning





185


"PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION" CONFERENCE PROCEEDINGS

24 MAY 2022

51a, 71 a va 82a sahifalarida Galen, Sulaymon va Luqmoni Hakimlarning she’riy jumlalari ham keltirilgan bo’lib, ular kasallikka qarshi dorilarning roli va sog’lom hayot haqida nasixatlar ko’rinishida aks etadi. Asardagi ma’lumotlarning dastlabki 43 varoqdagisi o’zbek tilida, qolgan sahifalardagi ma’lumotlar esa aralash yoki o’zbek yoki fors tilida yozilgan. Bundan ko’rinib turadiki asarning yozilish tilining katta qismi o’zbek tili.


Asar Qo’qon qog’ozida nastaliqda, alohida ajratilib yozilgan so’zlar (misol uchun retsept yoki dorilar nomlari, ismlar va yodda qolishi lozim bo’lgan boshqa nomlar) qizil rangdagi siyoh yordamida yozilgan. Asarning umumiy hajmi 92 varoqdan iborat va yozilish dioganali 12,5*20 mm ni tashkil etadi. [2:231].


Mashhur tabib va shoir bo’lgan Ne’matulloh ibn Mug’isuddin Muhammad ibn Faxruddin Muborak- shoh Hakim al-Kirmoniy - Hakimiy taxallusi bilan shuhrat qozongan bu tabib bir qancha vaqt Hirotda Husayn Boyqaro (1469-1506) saroyida xizmat qilgan. Undan bizga «Bahr al-xavos» («[Dorivor moddalarning] xususiyatlari dengizi») nomli asar yetib kelgan. Bu asarni muallif 1464 yili yozib tugatgan; u kirish, muqad- dima, uch maqola va xotimadan iborat. Bu asarni yozish- da muallnf o’zidan oldin o’tgan mashhur olimlar: Jolinus, Mosarjavayh (VIII asr), ar-Roziy, Ibn Sino, Ibn al-Baytor kabilarning tibbiy asarlaridan foydalangan. Har bir dorini ta’rif qilishda mazkur olimlar asarlaridan iqtibos qiladi va ularni o’z kuzatishlari hamda tajribalari yakunlari bilan to’ldiradi. [3:196].


Asar muqaddimasida o’simlik, hayvon va ma’dan jnnsidan olinadigan sodda dorilar nomlari «alifbo» tartibida keltiriladi; bu nomlar qadimgi grek, arab, turkiy va hind tillarida berilgan. Birinchi maqola - sodda dorilarga bag’ishlangan; ikkinchisi - murakkab dorilar, ularni tayyorlash va og’irlik o’lchovlariga bag’ishlangan; uchinchisi - har xil kasalliklarda sodda va murakkab dorilarning foidalari haqida; xotima - umuman tabobat nazarnyasiga bag’ishlangan bo’lib, to’rt unsur, inson tabiati, ziynat va shunga o’xshashlar haqida. Bu asar Subhonquli-xon tomonidan uning «Ahiyo’ at-tibb Subhoniy» («Subxonqulining tabobatni joilantirish») nomli asarini yaratishida keng foydalanilgan.


Subhonquli-xonning (1680-1702) buyrug’iga muvofiq uning shaxsiy kotibi - hoji Abdurrahmon Barkiy tomonidan 366 varaqda ko’chirnlgan bir nusxasi 2146 anjom raqamida saqlanmoqda. [2:226].


Toshkentda saqlanayotgan tibbiyotga oid saqlanayotgan qo’lyozmalarning ro’yxat ko’rinishida bo’lganlarining aksariyati yo kasalliklar nomlari bilan bog’liq yo dorilar nomlari bilan bog’liq. Shunday ro’yxatlardan biri tibbiyotga oid to’plamning 718 tartib raqamlisi o’zbek tilida yozilgan va mazkur ro’yxatning shakillantiruvchi muallifi aniq emas ya’ni anonym. Ro’yxatda alohida kasalliklarga davo bo’luvchi retseptlar va dorilarning nomlari keltirilgan. Struktura nisbatan aniqlikka xizmat qilgan deya aytolamiz. Sababi, ro’yxatning yozilishida avval kasallik keyin esa shu kasallikka





186


"PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION" CONFERENCE PROCEEDINGS

24 MAY 2022

davo bo’luvchi dorilar yoki retseptlar sanab o’tiladi. Keyin esa yangi kasallik va ularning davobaxshlari nomlari hamda qisqa tayyorlanishi keltiriladi.


Ro’yxat asosan yirik harflarda nastaliqda va Qo’qon qog’ozida yozilgan. Yozilish vaqti esa paleografik xususiyatlariga ko’ra XIX asrr hisoblanadi. Ro’yxatning boshlanish va tugash qismlari yo’q. Yozilish diagonali 13,5*20,5 mm ni tashkil etadi. [2:234].


Muhibb Ali ibn Nizomuddin Ali Xalifayi Farg’oniy, Boburiylardan Jaloluddin Akbar (1556-1605) davrida Dehli hokimi bo’lgan. [6:28]. U ovchi qushlarning zo- tini yaxshi biladigan va kasal bo’lib qolganida tuzata oladigan tabib bo’lgan. Undan bizga «Boznoma» («Lochin haqida kitob») nomli asar yetib kelgan. Bu asar 61 bob- dan iborat bo’lib, unda yaxshi lochinlarni tanlab olish uchun ularning ma’lumotlari berilgan. Yaxshi va yomon ovchi qushlar qaysi bir xususiyatlari bilan farqlanishlari aytilgan. Lochinlarning kasalliklari va ularni tuzatish bayon qilingan. Bu risolani 1850 yili kotib Rahim Niyoz qo’li bilan ko’chirilgan 113 varaqdan iborat bir qo’lyozma nusxasi Toshkentda saqlanmoqda. [4:109].


Yuqorida bir necha bor tilga olgan mashxur tabib va sharqshunos olim Bositxon ibn Zohidxon Shoshiy domla tomonidan farmakologiyaga oid turkiy eski o’zbek tilde yozilgan asar bizga yetib kelgan. “Favoidul-adviya va mavo’idul-ag’ziya” (“Dori vositalari va tananing ovqatlanish bilan foydalari”) nomli mazkur asar 1950-yilda yozib tugallangan. Asarning ilk tarkibiy qismi muallifning so’zlari, farmakologiyaning tibbiyot hamda oddiy hayotdagi o’rni mintaqada ushbu sohaning holatiga oid umumiy ma’lumotlar keltiriladi (1a-3b). Ikkinchi muallif so’z boshidan so’ng asarga kirishiga oid jumlalar davom ettiriladi (3b-4b). Kirish qismidan so’ng bevosita asarning asosiy qismlari 4b-104b sahifalarda o’rin olgan. Asarning kirish qismida dorishunoslikka oid mashxur asarlar nomlari tilga olingan bo’lib, ular nafaqat islom olamida balki dunyo ilm sohasining muhim manbalari ekanligi ta’kidlanadi. Ular Ibn Sinoning “Tib qonunlari” va “Yurakni davolash bo’yicha”, Ibn Al-Baytaraning “Dorivor va oziqaviy o’simliklar haqida ma’lumotlar to’plami” [https://www.wdl.org/ru/item/7466 /], Yusuf Bag’dodiyning “DOrivor vositalar”, Doud Al-Antoqiyaning “Tibbiy tizim” shu shu kabi mshxur asarlardir.


Mazkur asraning asosiy qismi 13 qismdan iborat. Ularda immunitet oshiruvchi dorilar va maxsulotlar, dorilarning tabiy ko’rinishi, tabiatda uchraydigan dorivorlar va zaharlar, tabiy dorilar va maxsulotlarni to’plash hamda saqlash, dorilarning muddatlari, dorilarni qabul qilish qoidalari, dori va damlamalarni qayta ishlash, dori nomlarini o’rganish haqida, hind va fors dorishunosligida asosiy og’irlik o’lchovlari va sayoralar harakatining o’simlik hamda hayvonot olamiga ta’siri to’g’risidagi ma’lumotlar o’rin olgan.


Asar yuqorida ta’kidlaganimizdek 1950-yil yozib tugallangan. Yozuv turi nastaliq va oddiy daftar qog’oziga yozilagan (104 varoqdan iborat). [2:242].





187


"PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION" CONFERENCE PROCEEDINGS

24 MAY 2022

Markaziy Osiyoda veterinariya sohasida ko’zga ko’ringan olimlardan biri Shayx Islom al-Xaravi as-Samarqandiy tomonidan yozilgan “Kitobi saydiya” (Ov haqida kitob) nomli asarning turkiy o’zbek tilidagi tarjimasi bizgacha yetib kelga. Asarning asli qo’lyozmasi fors tilida yozilgan. Asarning o’zbek tiliga tarjima qilib ko’chirgan muallifning nomi ma’lum emas. Asar nastalida yozilgan, ma’lumotlar qizil va oltin rangdagi hoshiya ichiga yozilgan. Asarning poleografik xususiyatlariga ko’ra XIX asrga oid deb tahmin qilinadi. Asar Samarqand qog’ozida 83 varoqda yozilgan. Yozuvlar 13.5*21.5 o’lchamdagi qog’ozlarda o’rin olgan.


Asarning nomlanishi ov bilan bog’liq bo’lsada undagi ma’lumotlarning aksariyati veterinariyaning xonaki jonivorlar parvarishi bilan bog’liq hisoblanadi. Misol tariqasida otlarning oyoqlarini to’g’ri o’sishiga xizmat qiluvchi moslamalar, ularni yasash, qoramollarni issiq urganda tabiy zardobning foydali xususiyatlari, itlarning va qo’ylarning dinkasi qurushiga qarshi qo’llanuvchi maxsus damlamalar haqida ma’lumotlarni mazkur asarda ko’rish mumkin. [2:250].


XULOSA

Yuqoridagi maʼlumotlarni umumiylashtiradigan boʻlsak, Oʻzbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi sharqshunoslik instituti fondlarida saqlanayotgan tibbiyotning famakologiya, farmakopiya va veterinariya sohalariga oid turkiy tillarda yozilgan manbalar kamchilikni tashkil etadi va ularning aksariyati tarjima qilingan nusxalari yoki nashrlari hisoblanadi. Mazkur sohalarda oid eng yirik asarlar Toshkentlik Shoshiylar tomonidan yozilganligi va ushbu asarlar birlamchi qoʻlyozmalar (asl nusxali) ekanligi mualliflarning yashagan davri bilan, ya’ni XX asrning birinchi yarmi ilmiy muhitida turkiy tilga e’tibor katta boʻlganligi bilan baholash mumkin. Shunday boʻlsada Toshkentdagi fondning mazkur qoʻlyozmalarini birma-bir farmakologik va veterinariyaga oid bilimlar uygʻunligida oʻrganish ushbu sohalar rivojida katta xizmat boʻlar edi.



Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish