Science and education scientific journal



Download 2,79 Mb.
bet42/76
Sana17.07.2022
Hajmi2,79 Mb.
#811317
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   76
Bog'liq
Ilm-fan va ta\'limning rivojlanish istiqbollari 26-son

Фойдаланилган адабиётлар



  1. Ўзбекистон Республикасининг қонуни. Мактабгача таълим ва тарбия тўғрисида. Т.: 2019 йил 16 декабрь, ЎРҚ-595-сон. Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 17.12.2019 й., 03/19/595/4160-сон).




  1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз.-Т.: Ўзбекистон, 2016.- 56 б.




  1. Абдурахимова Д.А. Мактабгача тарбия ёшидаги болаларни ахлоқий

руҳда тарбиялашда халқ эртакларидан фойдаланиш. Автореф. пед.фан.ном.Т.:1998.-25 б.





  1. Абобакирова О.Н. Современые проблемы и инновационные подходы подготовки детей к школе//Молодой ученый. Москва, 2015-№3.



104


"PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION" CONFERENCE PROCEEDINGS

24 MAY 2022



MATEMATIKA FANINI O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI

Sholpan Yemjarovna Rametova


Nukus shahri, 20-maktab


Annotatsiya: Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ilmiy nazariy asoslari haqida so’z yuritilgan.


Kalit so’zlar: matematika, ta’lim, innovatsiya, yangi pedagogik texnologiya, interfaol usullar, metodika.
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev aytganidek “Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman degan so’zlaridan ham bunga yana bir karra misoldir. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan ildam borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va yangi innovatsion zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish va ular orqali ta’lim samaradorligini oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Maktab ta’limining bugungi vazifasi, o‘qituvchilarning yangi innovatsion axborot texnologiyalari orqali dars davoida samarali foydalanib o’quvchilarga ma’lumotlarni aniq va tushunarli qilib yetkazib berish hisoblanadi.


Shuning uchun ham dars davomida o’qituvchi o’quvchilarning matematika fanini tushunarli aniq qilib o’rganib borishida ham, darslarni yangi innovatsion zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib tashkil etish va o‘rgatish maqsadga muoviqdir.


Maktab ta’lim tizimida ham matematika fanlarini o’qitishda yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta’minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanishni tashkil etish o’quvchilarning bilim olish samaradorligini oshirishga juda katta yordam beradi.


Kompyuter texnikalarini maktab ta’lim muassasalariga tatbiq etish, o’qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo’l ochib beradi.


Keyingi o’n yillikda maktab ta’lim tizimida matematika fanini o’qitishda kompyuterlardan va yangi innovatsion zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish bir necha asosiy yo’nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter





105


"PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION" CONFERENCE PROCEEDINGS

24 MAY 2022

yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o’rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o’yinlarni ishlab chiqish va boshqalar turdagi yangidan yangi o’quvchilarning matematika fanini mustaqil o’z ustida ishlashlari uchun yordam beradigan zamonaviy innovatsion dasturlar ishlab chiqildi. Bu dasturlar va video darslar orqali o’quvchilar dars davomida o’rgatilgan mavzularni yanada mustahkamlab olishiga juda katta yordam beradi.


Hozirgi kunda maktab ta’lim jarayonida yangi innovatsion zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish va uni o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqishga bo’lgan e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha ananaviy ta’limda maktab o’quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, yangi innovatsion zamonaviy axborot texnologiyalarida ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funksiyasini bajaradi.


Yangi innovatsion zamonaviy axborot texnologiyalarida o’quvchilarni bilimli, yetuk va fanlarni chuqur o’zlashtirishlarini ta’minlaydi.


Hozirda inson faoliyatining asosiy yo‘nalishlari shu faoliyatdan ko‘zda tutilgan maqsadlarni to‘liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi ta’lim-tarbiya sohasida ham yangi yillarda innovatsion texnologiyalarni qo‘llab o‘qitish orqali ham maktablarda yuqori samaralarga erishilmoqda. Jumladan, xususiy texnologiyalarning ham ahamiyati katta. Xususiy texnologiyalar o‘quvchilar bilimini oshirishi bilan bir qatorda ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini va fanga bo‘lgan qiziqishlarini yana ham oshiradi. Xususiy texnologiya bu- ta’lim-tarbiya mazmunining ayrim yo‘nalishlarini amalga oshirish usullari va vositalari majmuyini o‘z ichiga oluvchi innovatsion tizimlarni qamrab oladi. Bunga ayrim fanlarni o‘qitish texnologiyalari, o‘qituvchining o‘quvchi bilan ishlash texnologiyalari kiradi.


O‘qituvchi o‘quvchilarni faollashtiradigan, o‘zi va o‘rganuvchi uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni, usul va uslublarni, o‘qitish shakllari, metod va vaziyatlarni izlaydi, zamonaviy pedogogik texnologiyaga suyanib, o‘quv jarayonini samaradorligini oshiradi. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatib, o‘quv jarayonining yuqori sifat va samaradorligiga erishadi. Shu boisdan ham, pedogogik texnologiya, didaktik texnologiya, ta’lim texnologiyalariga o‘quv jarayoniga eng samaradorli vositalar deb qaralmoqda. Ulardan dunyo pedogogik amaliyotida keng foydalanilmoqda. Hozirgi kundagi eng dolzarb masala va vazifa ta’lim standartlarini o‘quv jarayoniga tadbiq etishdan iboratdir.





106


"PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION" CONFERENCE PROCEEDINGS

24 MAY 2022

Pedogogik texnologiya hozirda barcha pedogogik kasblar hamda ta’lim tarbiya jarayonini tashkil qilish, boshqarish, nazorat qilish bilan bog‘liq kasblarning asosini tashkil qiladi. Zamonaviy pedogogik texnologiyalardan barcha pedogoglar xabardor bo‘lishlari zarur. O‘zbekistonda talim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri “shaxs manfaati va talim ustuvorligi»dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta’limning yangi modeli yaratildi.





Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish