53
Djabbarov I.G.
“Turizm” fakulteti oʻqituvchisi,
Buxoro davlat universiteti
XIZMATLAR SIFATINI OSHIRISH MEHMONXONA KORXONASINING
RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRUVCHI VOSITA SIFATIDA
Mehmonxona industriyasining rivojlantirilishi turli maqsadga koʻra barpo
etilgan joylashtirish vositalari xizmatlari koʻlami va turini kengaytirishga qaratilgan.
Bu kabi yoʻnalishlarni rivojlantirish mehmonxona biznesi vakillari oʻz
oldiga
qoʻygan muyyan maqsad va vazifalari natijasi hisoblanadi: koʻrsatilinadigan
xizmatlar raqobatbardoshligi darajasini oshirish, doimiy mijozlar ma’lumotlar
omborini yurutish [1].
Bu yerda eng muhim jabha maqsadli mijozlarning kutishlarini oqlaydigan,
hattoki ortigʻi bilan qondiradigan xizmatlarni taklif etish hisoblanadi. Xaridor doim
xizmatning narxi va sifatining muayyan muvofiqligigiga erishishga harakat qiladi.
Shuni qayd etish lozimki,
xizmatlar xaridori, tovarlar xaridoriga qaraganda
narxlarning yuqoriligidan kamdan kam hollarda shikoyat qiladi. Agar xaridor tovar
narxini oshirilgan deb topganda, u bu tovar yoki xizmatni
xarid qilmasdam ketib
qoladi. Xizmatdan qoniqmaslik, oʻz navbatida bozor ulushidagi yoʻqotishlarga olib
keladi. Aynan shuning uchun xizmatlar ishlab chiqaruvchilar imkoni boricha
oʻzlarining maqsadli mijozlari ehtiyojlari va kutishlarini yuqori aniqlikda oydinlik
kiritishlari kerak [2].
Xizmatlar bozorining ochiqlik darajasining ortishi va mehmonxona korxonalari
orasida raqobatning keskinlashuvi ular oldiga xizmatlar sifati va mijozlar koʻz
oʻngida xizmatlar jozibadorligini doimiy oshirib borish vazifalarini qoʻymoqda.
Iste’mol va xaridorlarni oʻzgartirayotgan omillar sifatni oshirish masalalarini oldingi
planga chiqarmoqda. Sifat deganda iste’molchiga qoniqish
hissini paydo qiluvchi
yoki kamchiliklarning boʻlmasligi, mijozda qoniqish holatini kuchaytiruvchi
xizmatning xossa va xarakterli xususiyatlari tushuniladi.
Demak, sifat – bu, eng avvalo, xizmatdan qoniqish hissi, sifatli xizmat esa –
bu mehmon talablariga javob beradigan xizmatdir.
Sifat darajasi, oʻz navbatida
mijozning mehmondorchilik tashkilotlarida real va xohlangan xizmat koʻrsatish
borasidagi ta’assurotlarining qanchalik muvofiq kelish darajasidan kelib chiqadi [3].
Mehmonxona korxonalari uchun potensial mijoz sifat deganda nimani tushunishi hal
qiluvchi rol oʻynaydi, yoki ular uchun iste’molchilarning qiyofasi muhim
hisoblanadi.
Iste’molchi xizmat sifatini baholashda unga koʻrsatilgan xizmatni, oʻzi olishni
xohlagani bilan taqqoslaydi. Kutiladigan xizmat kutiladigan sifatni namoyon etadi va
iste’molchilarning individual norma va istaklari,
kutganlari haqida obyektiv
ta’assurotlar yoki boshqa chogʻishtirish standartlari bilan bogʻlanishi mumkin.
Sifat bahosi shu kabi xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarga murojaat etish, xizmat
haqida bilish, bozor kommunikatsiyalari (reklama e’lonlari, OAV, kataloglar,
iste’molchining shaxsiy istagi va ishlab chiqaruvchining obroʻyiga bogʻliq boʻladi.
Iste’mol qilinayotgan xizmat his etiluvchi sifat sifatida
saralangan idrok qilish,
moslashish hamda idrok qilinayotganlarni tuzatuvchi ta’sirlariga boʻysungan [4].
54
Oxirgi yillarda Oʻzbekistonga tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlar soni ortib
bormoqda hamda mahalliy sayyohlar uchun “Ozbekiston boʻylab sayyohat qil”
hamda “Buxoro boʻylab sayohat qil” dasturi asosida tashkil etilib kelinayotgan
sayohat aksiyalarining amaliyotga tadbiq etilishi iqtisodiyotning mehmonxona sohasi
vakillari uchun mavsumsiz paytlarda ham oʻrinlarni band qilish imkonini bermoqda.
Bunday holat mehmonxnona korxonalari orasida raqobatning bir muncha
kuchayishiga sabab boʻlmoqda, bu esa oʻz navbatida
raqobatdagi ustunlikka
erishishga istakni kuchaytirib xizmatlar sifatini yaxshilashga muhim turtki
boʻlmoqda. Milliy mehmonxona xizmatlari bozorida xizmatlar assortimenti va narx
siyosati mos ravishda bir xil boʻlganligi uchun, raqobatdagi bosh ustunlik bu raqib
mehmonxonalarga qaraganda ancha yuqori darajadagi sifatli
xizmatni taqdim etish
hisoblanadi.
Mehmonxona xoʻjaligi korxonalarining raqobatbardoshligiga sifatning ta’sir
etishining koʻrinishi 1-rasmda koʻrsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: