Сборник тезисов «Ипак ва зираворлар»


Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati



Download 7,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/206
Sana24.02.2022
Hajmi7,78 Mb.
#227491
TuriСборник
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   206
Bog'liq
Ipak va ziravorlar 2018

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 
1. Самойлова Е. А. Управление конкурентоспособностью предприятий сферы 
гостиничного хозяйства: на примере ОАО «ГК «Космос»: автореф. дис. … канд. 
экон. наук. – М., 2009. – 19 с. 
2. Анализ качества гостиничных услуг на примере гостиницы Калининград. – 
URL: 
http://ref.by/refs/54/12732/1
. html 
3. Управление качеством услуг в индустрии гостеприимства. – URL: 
http://buklib.net/books/23528/ 
4. Качество услуги как объект управления. – URL: http:// ooopht.ru/1174.html 
5. Государственное регулирование гостиничного дела // Гостиничное дело. – 
URL: http://dw6.ru/pokazateli_kachestva_ostinichnyh_ uslug.html 
6. Кальченко Л. А., Подоляк Я. В. Управление системой качества услуг в 
гостиничном бизнесе // Культура народов Причерноморья. – 2007. – № 121. – С. 
66–68. 
7. Juliet M. Getty and Robert L. Getty. “Lodging quality index (LQI): assessing 
customers’ perceptions of quality delivery”, International Journal of Contemporary 
Hospitality Management 15/2 [2003] 
 


58 
Najmiddinov S.N., 
Buxoro davlat universiteti 
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA HUNARMANDCHILIKNI 
AHAMIYATI VA INNOVATSIYALARNI O’RNI 
 
Tadbirkorlik-shaxsning о’z bilimini, kuchuni, pulini sarflash orqali, 
tavakkalchillik asosida yuqori daromadga erishish jarayonidir. Hozirgi kunda 
tadbirkorlik nafaqat iqtisodiyotning asosiy qismi, balki jamiyat hayoti uchun muhim 
ahamiyat kasb etmoqda.
“Bugungi kunda tadbirkorlik nazariyasini rivojlantirishning tо’rtta bosqichi 
mavjud. XVIII asrdayoq vujudga kelgan birinchi bosqich – tadbirkorlik xavf-xatarini 
о’ziga olish, boshqacha qilib aytganda, tavakkalchilik bilan bog’liq. 
Tadbirkorlikning ikkinchi bosqichi esa innovatsiya jarayoni bilan bog’liqdir. 
Amerikalik iqtisodchi olim Y.Shumpeter katta hissa qо’shgan. Uning fikriga kо’ra, 
tadbirkorlikning novatorlik xarakteri quyidagilarda aks ettiriladi: 
- bozor uchun yangi tovar ishlab chiqarish; 
- ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnologiyalarni tatbiq etish; 
- yangi sotish bozorlarini о’zlashtirish; 
- xom ashyoning yangi turlari va manbalarini toppish. 
Tadbirkorlikni vujudga kelishining uchinchi bosqichi tadbirkorlikning alohida 
shaxsiy sifatlari: iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatning о’zgarishida tо’g’ri yо’l topa bilish 
qobiliyati, boshqaruv qarorlarini tanlash va qabul qilishda mustaqillik, boshqaruv 
qobiliyatlarining tо’la namoyon bо’lishi bilan ta‘riflanadi. 
Tadbirkorlik nazariyasining rivojlanishidagi hozirgi bosqichni tо’rtinchi 
bosqichga kiritish mumkin. Uning paydo bо’lishini tadbirkor harakatini tahlil 
qilishdagi boshqaruv aspektiga kо’chirilishi bilan bog’laydilar. Bu hozirgi vaqtda 
nazariyada tadbirkorlik muammolari tahlili kо’plab о’zaro bog’liq fanlar doirasida 
olib borilishini bildiradi” [1]. 
Bular asosan tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirish bosqichlari 
hisoblanib, hozirda davlatimizni rivojlantirish, uni jahon bozorga olib chiqish 
tadbirkorlikni asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlanganlarni 
inobatga olgan holda, davlatimiz bunga munosib ravishda tadbirkorlarga imkoniyatlar 
yaratish orqali ularga xazina o’chog’ini ochib berdi.
Tadbirkorlikni rivojlantirishda bevosita hunarmandchillikni ham roli va 
ahmiyati juda yuqori hisoblanadi, chunki hunarmand oddiy bir resursdan butun dunyo 
aholisi uchun ahamiyat kasb etadigan kichik bir san’at asari yaratadi. Bu ham o’z 
navbatida hunarmandchillik tadbirkor turi sifatida gavdalantiriladi. Hunarmandchillik 
O’zbekistonda qadimdan rivojlanib kelmoqda, xususan Buxoro, Xorazm va shunga 
o’xshash qadimiy shaharlarga rivojlanib, dunyo aholisini o’ziga kichik bir buyumi 
orqali tarannum etib kelmoqda.
Azaldan Buxoroda zargarlik va zardo’zlik rivojlangan bo’lib, keyinchalik 
naqqoshlik, uymakorlik, tikuvchillik, buyro to’qish kabi ko’plab hunarlar yuzaga kela 
boshladi. Hozirda kelib hunarlarning ayrim turlari yo’qolib bormoqda, bu esa shu 
hunarga bo’lgan talabning kamligi va ustoz shogird an’anasi davom ettirishda ba’zi 
bir kamchilliklar yuzaga kelganligidan dalolat beradi. Bu muammolarni bartaraf 


59 
etishda, hunarmandchillikni rivojlantirishda davlat tomonidan bir qancha 
imkoniyatlar berilmoqda. Jumladan: 

“Hunarmandlar- “Hunarmand” uyushmasi a’zolari soliq imtiyozlariga ega bo’lib, 
mahsulot exportidan tushgan xorijiy valyutalarni erkin tasarruf etish huquqiga ega 
bo’ldi’ 

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017 yilning 17 
noyabr kuni “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har 
tomonlama qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoniga binoan, 
2017 yilning 1 dekabridan hunarmandchillik sub’ektlari – “Hunarmand” 
uyushmasining a’zolari; yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badali to’lovidan ozod etiladi; 

Hunarmandchillik faoliyati mahsulotlarini (Tovar, ish, xizmatlar) ishlab chiqarish 
va sotishda qat’iy belgilangan soliq to’lovidan to’liq ozod etilsin; 

Qishloq tumanlarida ro’yxatdan o’tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan 
hunarmandlar o’z faoliyatining dastlabki ikki yil mobaynida byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg’armasiga belgilangan sug’urta badalining 50 foizini to’laydi; 

Hunarmandlar tashqi reklama vositalarini joylashtirishda mahalliy byutjetga 
to’lanishi belgilangan to’lovlarning 50 foizi miqdorida imtiyoz berish joriy 
etilmoqda; 

Hunarmandlarga o’z faoliyatini amalga oshirish uchun imtiyozli tartibda joy 
ajratish masalasiga a’lohida e’tibor qaratilgan. Bunda ular tomonidan davlat 
mulkini ijaraga olishda ijara to’lovi belgilangan eng kam to’lovning 50 foizi 
miqdorida belgilanadi; 

2018 yilda respublikamizning barcha hududlaridagi 16 ta kasb – hunar kollejida 
“Hunarmand” uyushmasining a’zosi bo’lgan hunarmandlarni o’qituvchilar 
sifatida jalb qilgan holda, hunarmandchillik bo’yicha yangi kasbiy ta’lim 
yo’nalishlari ochilishi nazarga tutilgan 

2018-2019 yillarda 23 ta shahar va tumanlarida Hunarmandchillikni rivojlantirish 
markazlarini yaratish nazarda tutilgan” [2]. 
Bundan tashqari, 2018-2019 yillarda qiymati 146.6 milliard so’mga teng, 
shundan 86.8 milliard so’m tijorat banklari kredit mablag’lari hisobiga, aksariyati 
qishloq joylarida to’g’ri keladigan 9 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari yaratilishini 
ko’zda tutuvchi 3015 ta loyiha amalga oshiriladi [2].
Shularni inobatga olgan holda hunarmandchillikni rivojlantirishda, ba’zi bir 
muammolarni qisman hal qilishda yordam beradigan “Hunarlar-xalqimiz boyligi” 
innovatsion loyihani taklif etaman. Bu loyihaning asosiy maqsadlari quyidagilar: 

o’zbek xalqining madaniyatini hunarmandning yaratgan mayda mahsuloti orqali 
jahonda ko’rsatish; 

pul aylanmasini to’g’ri taqsimlash, aholiga arzon sifatli mahsulot yetkazish va 
monopoliyani oldini olish; 

turistlarni jalb qilish orqali katta natijaga erishish va turistlarni vaqtini unumli 
foydalanishiga yordam berish; 

hunarmanchilik mahsulotini xarid qilishda, is’temolchilarning qiyinchiliksiz 
ularga erishish; 


60 

tadbirkorlikni rivojlantirishda va boshqa bir hunarlarni rivojlantirishda, bandlikni 
ta’minlashda (ya’ni uyushmagan yoshlarga hunarlar o’rgatish va shu bilan birga 
ishchi o’rin yaratishda) o’z hissasini qo’shish;

aholiga arzon sifatli mahsulot yetkazish; 

iqtisodiyotning o’sishiga oz bo’lsada ulush qo’shish. 
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, O’zbek xalqi o’zining boy milliy 
qadriyatlari, ma’naviy merosi, bir necha asrlik qadamjolari, shuningdek, betakror 
hunarmandchilik ishlari bilan ham jahon turizm bozorida alohida ahamiyatga ega 
bo’lib, butun dunyo xalqini o’ziga jalb etib kelmoqda. Umuman olganda, joriy yilda 
muhtaram prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev ko’plab islohotlar o’tkazmoqdalar va 
hunarmandchillik mahsulotlarini keyingi avlodga qoldirish va ularni jahon bozoriga 
olib chiqish uchun imkoniyatlar va imtiyozlar yaradilar. 

Download 7,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish