Boltayeva M.Sh.
Buxoro davlat universiteti
BUXORO VILOYATI MEHMONXONA XIZMATLARIDA YANGI
XIZMAT TURLARINI JORIY ETISHDA INNOVATSION FAOLIYATNING
O’RNI
Jahon turizm tashkilotining xabar berishicha, turizm va mehmondorchilik
sohasining rivojlanishi modeli oxirgi 20- 25 yil ichida o’zining samarasini bermoqda.
Ya’ni, 1990-yillardan boshlab turizm operatorlari o’z mijozlarining nimalarni
istashlarini aniq bilib olgan tarzda har bir mijoz uchun mos keladigan turpaketlarni
yaratib, mijoz xarid etadigan narxda ularni sotib kelgan. Turizm mazillari esa, o’z
infratuzilmasi,
boshpanalari,
attraksionlari
hamda
boshqa
qulayliklarini
takomillashtirib, ularni sotish uchun turizm operatorlariga taqdim etib kelishdi.
Jahonga o‘zining qadimiy yodgorliklari bilan tanilgan Buxoroning turistik
salohiyati nihoyatda yuqori. Bu zaminda turizmni yanada rivojlantirish, uning
infratuzilmasini takomillashtirish uchun barcha imkoniyatlar yetarli. Ayni paytda
viloyatda sayyohlarni yuqori saviyada kutib oladigan 120 ga yaqin mehmonxona
faoliyat ko‘rsatmoqda, aeroportning yangi terminali foydalanishga topshirildi, turistik
markazlarga eltuvchi yo‘llar rekonstruksiya qilinib, madaniy va tarixiy ob’yektlarda
ta’mirlash ishlari jadal olib borilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, shaharning iftixori
sanaluvchi aksariyat tarixiy obidalarning to‘liq bir ansambl tarzida ekanligi xorijiy va
mahalliy turistlarni doimo o‘ziga jalb etib kelmoqda.
Kelayotgan sayyohlar sonining o`sib borishi, ularning Buxoroga qiziqishi
natijasida shahrimizda qadimiy hunarmandchilik, noyob kasblar qayta tiklandi.
O’zbekistonga tashrif buyuruvchi turistlarning 60% ni yevropaliklar tashkil etadi.
Internet va har xil global axborot uzatish tarmoqlaridan samarali va unumli
foydalanish O’zbekistonda turizm iqtisodiyotini rivojlantirish dolzarb va yaqin
kelajakda hal qilishi kerak bo’lgan masalalardan biridir. Turizm mehmonxonaning
turli bo’limlari: porte, restoran xizmati, sotish, banketlar tashkil etish bo’limini
avtomatlashtiruvchi dasturlarning birlashtirilgan paketidan tashkil topgan. Lodging
Touch tizimi buxgalteriya dasturlari, mehmonxona daromadini oqilonalashtirish
tizimlari, pullik televidenie, telefon, nomerga kirishni nazorat qilish va b. tizimlar
bilan bog’lanishi mumkin.
Buxoro viloyatida turizm hamda mehmonxona xo’jaliginig holatini quyidagi
jadval asosida tahlil qilishimiz mumkin. (1 -jadval)
Buxоrо vilоyаtidаgi fаоliyаt yuritаyоtgаn turistik tаshkilоtlаrni kо’rib chiqаdigаn
bо’lsаk, turistik tаshkilоtlаr hаm yildаn- yilgа оrtib bоrmоqdа. Shulаrdаn kо’pi
kichik biznes sоhаsigа tо’g’ri kelishining guvоhi bо’lishimiz mumkin. 2008- yildа
jаmi turistik tаshkilоtlаr 63 tа bо’lsа, mehmоnxоnаlаr sоni 48 tа vа shundаn 46 tаsi
xususiy mehmоnxоnа hisоblаnаdi.
65
Do'stlaringiz bilan baham: |