68
Bundan tashqari ,uyali aloqa vositalari orqali marketing (Mobile marketing)
–
simsiz telefonlar yoki telefon turiga kiradigan uskunalar, telekommunikatsion
texnologiya va tizimlar orqali marketingni amalga oshirish ham mumkin.
Mobil marketing tovar va xizmatlarni harakatlanishini, marketing va reklama
aksiyalarini uyali telefon vositasida amalgam oshirishdir. Mobil marketingini
ishlatish quidagilarga yordam yordam beradi:
-reklama aksiyasini tashkil etish;
-sotuvni rag’batlantirish aksiyalarini o’tkazish;
-PR(omma bilan aloqadorlik) aksiyalarini tashkil etish;
-savol javob yoki anketa sifatida o’tkazish;
-iste’molchilarni ma’lumotlar bilan qo’llab quvatlash;
-entertainment marketingni o’zining aksiyasida ishlatish;
-iste’molchilar hamkorini tashkil etish va h.k.
-SMS marketing –mobil marketingining keng tarqalgan ko’rinishi bo’lib,
abonentlar va reklama qiluvchilar uchun juda keng qulayliklar yaratilgan.
-IVR (ovozli xizmatlar) –bu texnologiya, endigina bizning davlatga kirib
kelmoqda. Reklama qiluvchilar uchun eng mashhur keyslardan biri bo’lib, avtomatik
interactive xizmatlar ishlatiladi.
Mehmonxonalarda xizmat ko’rsatish sifatini zamonaviy ko’rinishlaridan biri
SPA xizmatlarini joriy etish sanaladi. Buxoro shahrida joylashgan “AziyaBuxara”
mehmonxonasida yaqinda ayollar uchun tabiiy milliy saunalar xizmati tashkil qilindi.
Ushbu xizmat shahrimiz mehmonxonalarining birortasida ham ko’rsatilmaydi.
Buxoro shahridagi “Doston Hays” restorani esa milliy taomlarni mehmonlar
ishtirokida “master klass” uslubida tayyorlab ko’rsatadi.
Bundan tashqari Buxoro shahrida joylashgan “Grand Emir” mehmonxonasi
kommunal xarajatlarni tejash texnologiyasiga ega bo’lgan yagona mehmonxona
bo’lib, bunda dushdan keladigan suvning qayta tozalanib, hojatxonalarga ishlatish
uchun qayta sarflanishi joriy etilgan. Bu mavjud sarflangan suvdan unumli
foydalanish imkonini beradi, hamda suv ucun to’lanadigan xarajatlarni tejaydi.
Hozirgi kunda viloyatdagi mehmonxonalarda innovatsion yangiliklar kiritish
imkoniyatlari nisbatan chegaralangan. Chunki mavjud mehmonxonalar mavsumiy
daromad ko’rishadi va hajm jihatdan unchalik katta bo’lmagan mehmonxonalar
sanaladi. Shunga qaramasdan, ushbu mehmonxonalar tizimida smartfon xizmatlarini
joriy etish katta xarajat talab qilmaydi. Buning uchun internetda viloyatimizda
mavjud barcha mehmonxonalar bazasini yaratib unda nomer fondi joylashgan joyi,
ko’rsatiladigan xizmat turlari, mehmonxonaga olib boruvchi yo’llar, murojaat uchun
mas’ul shaxslar telefon raqamlari kiritilishi maqsadga muvofiq bo’lar edi. Shaharga
kelgan turist aeroportning o’zida ushbu ilovani maxsus kioskdan, ma’lum bir mablag’
evaziga yuklab olib, individual sayohatni uyushtirishi mumkin bo’lar edi. Bundan
tashqari xuddi shunday smart ilova orqali o’zi tanlagan mehmonxonani etib
kelgunicha smartfon orqali issitishi salqin qilib qo/ishi yoki mehmonxona
restoranidan buyurtma berib qo’yishi mumkin. Bu ilova yoshlarbop bo’lib, viloyatga
yoshlar oqimini jalb qilishga hamda individual tarzda sayohat qiluchilarni
ko’paytirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: