Сборник тезисов «Ипак ва зираворлар»



Download 7,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/206
Sana24.02.2022
Hajmi7,78 Mb.
#227491
TuriСборник
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   206
Bog'liq
Ipak va ziravorlar 2018

Источник: разработка автора
В результате создание и внедрение туристической интерактивный карты 
Бухарской области поток туристов будет увеличиваться на 25-30%, также 
увеличится количество ночлегов в регионе, что в итоге повышается уровень 
затрат туристов. Это в свою очередь влияет положительно на валютные 
поступления от туризма в бюджет региона.
Список использованных источников
1. И.В. Гончарова, Т.П. Розанова, М.А. Морозов, Н.С. Морозова. Маркетинг 
туризма: учебное пособие / — М.: Федеральное агентство по туризму, 2014. 
— 224 с. 
2. Геоинформатика: учебное пособие / Лайкин В.И., Упоров Г.А. – 
Комсомольск-на- Амуре: Изд-во АмГПГУ, 2010. – 162 с 
3. X.M. Маматкулов “Инфраструктура Туризма” Курс лекций. САМИСЭ. 2009. 
-230 с. 
Atoyeva R.O. 
Buxoro shahri 
YURTIMIZDA RIVOJLANTIRILISHI KERAK BO’LADIGAN TURIZM 
YO’NALISHLARI 
 
O‘zbekiston – tarixiy yodgorliklar, muqaddas qadamjolarga boy yurt sifatida 
ulkan turistik salohiyatga ega. Samarqand, Buxoro va Xiva kabi Buyuk Ipak yo’li 
o’tgan buyuk qadamjoylar necha yillardan beri o’zining boy tarixiy obidalari orqali 
turistlarni o’ziga jalb etib kelmoqda. Yurtimizda turistlar ko’lamini yaxshilash va 
oshirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2016-yil 6-dekabrdagi “O‘zbekiston 
Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi, 2018-yil 5-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini 
rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari qabul qilindi [1]. Farmonda mamlakat 
iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay 
iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratish, yangi turizm yo’nalishlarini yo’lga 


202 
qo’yish, hududlarning ulkan turizm salohiyatidan yanada to‘liq va samarali 
foydalanish, turizm tarmog‘ini boshqarishni tubdan takomillashtirish masalalariga 
e’tibor qaratilgan.
Jahon mamlakatlarida yalpi ichki mahsulotidagi turizm sohasining ulushi 10 
foizni tashkil etsa, yurtimizda bu ko’rsatkich bor-yo'g'i 2-3 foizni tashkil etadi. Shu 
sababli davlatimizda turizmning ahamiyati va rolini oshirish maqsadida keng 
imkoniyatlar yaratilmoqda. Natijada bu sa`y-harakatlar tufayli yaqin yillarda bu 
raqam 5 foizgacha ko'tarishlishi kuzatilmoqda. O'zbekistonda turizm o'sishining 
asosiy manbalari bo’lib, nafaqat xorijdan turistlarni jalb etish, balki ichki turizmni 
ham rivojlantirish masalalarni o’z ichiga oladi [2]. 
So’nggi yillarda jahon bo'ylab turizmning unutilgan va yangi innovatsion 
ko'rinishlari paydo bo'lmoqda. Ana shunday yo'nalishlarning ayrimlarini o'zbekona 
mentalitetimizga mos kelgan holatda qo’llash, yurtimizni iqtisodiy rivojlantirishni 
ta’minlaydi.
Qishloq turizmi yo’nalishiga shaharlarda yashovchi o'zbekistonliklarni, hamda 
xorijlik sayyohlarni ham jalb etish mumkin. Bunda sayyohlar qishloqning toza 
havosidan bahra oladilar, yangi uzilgan sarxil meva-sabzavotlarni, sut mahsulotlarini 
tatib ko'radilar. Keyingi paytlarda jahonda paydo bo'lgan Agroturizm sohasi mana 
shu turistik yo'nalishga mansub bo’lib, sayyohlarni ayni hosilni yig'ib olish davrida 
ishtirok etishlarini nazarda tutadi. Baliq tutishdan boshlab asalarichilikkacha bo’lgan 
barcha 
sohallarda 
turistlarni 
jalb 
etish 
sohaning 
rivojlanishiga, 
hudud 
infratuzilmasining yaxshilanishiga va fermerlarimizni qo'shimcha daromad 
olishlariga erishiladi. Bahorda qulupnay, kuzda qovun sayllarini yo’lga qo’yish 
sayyohlar qiziqishini oshiradi.
Gastronomik turizm yo’nalishida xorijiy yoki mahalliy sayyohlarni to’g’ridan-
to’g’ri milliy taomlarning tayyorlanish usullari bilan tanishtiradi. Tayyor taomlarni 
esa restoranlarda tortish orqali qo’shimcha sarmoya olishga erishiladi.
Festival turizm yo’nalishini rivojlantirish uchun yurtimizda tashkil etiladigan 
barcha festivallar reklamasini ommaviy-axborot vositalari yoki internetda 
joylashtirishni keng yo’lga qo’yish zarur. «Sharq Taronalari», “Ipak va Ziravorlar”, 
“Hunarmandlar festivali”, “Boysun Bahori” kabi bir qator festivallar davlatimizda 
turistlar tashrifini oshiradi.
Ziyoratchilik turizmi O'zbekistonda shiddat bilan taraqqiy toptirish mumkin 
bo'lgan turistik yo’nalishlardan biri sanaladi. Yurtimizda Islom olamining buyuk 
muhaddisi 
Muhammad 
ibn 
Ismoil 
al-Buxoriy, 
Najmiddin 
Kubro 
kabi 
mutafakkirlarning ziyoratgohlari, Buxorodagi “Yetti pir” hamda Bahouddin 
Naqshbandiy qadamjoylarni yurtimiz bo’ylab keng targ’ib etish orqali ichki turizmni 
keng yo’lga qo’yish mumkin.
Sayyohlarni tabiat bilan yolg'iz qolib ruhiy quvvat, ilmiy bilim olishlarida 
ekoturizmni o’rni katta. Ana shunday ekologik turistlar uchun mehmonxona sifatida 
qo'riqxonada barpo etiladigan uylardan foydalanish mumkin. Bu esa ayniqsa 
tabiatshunos olimlarning xavfsiz masofadan turib hayvonlarga ozor yetkazmasdan 
turib ularning biologiyasini o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Hattoki, ekologik 
turistlarning xalqaro hamjamiyati tuzilgan bo'lib, ayrim sayyohlar dam olish va ilm 
o’rganish asnosida atrof-muhitga foyda keltirishni istaydilar. Hozirda O'zbekistonda 


203 
ushbu turizm turini rivojlantirish, sayyohlarga ekologiya bilan yuzma-yuz bo'lishga 
sharoit yaratish imkoniyatlariniga keng e’tibor berilmoqda. Orol bo'yi mintaqasi, 
Qizilqum cho'llari, Aydarko'l tog' tizmalari, Jayron ekologik markaz va boshqa bir 
qator ekologik hududlarni 
yetarli darajada turistik hududga 
aylantirish 
iqtisodiyotimizni barqaor o’sishiga erishiladi. Modomiki, turizm iqtisodiyotimizning 
tayanch sohalaridan biriga aylantirish vazifasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan 
ekan, ushbu turizm sohalarini rivojlantirishda barchamiz o’z hissamizni 
qo’shmog’imiz darkor.

Download 7,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish