Saylov qonunchiligi



Download 33,38 Kb.
bet7/7
Sana26.01.2020
Hajmi33,38 Kb.
#37331
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2014-muhamedov-saylovchilar savol javob-lot-разблокирован-конвертирован

partiyalar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nechtagacha nomzod ko‘r- satishga haqli?

Ko‘pi bilan 135 ta.



Siyosiy partiyalar tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ko‘rsatiladigan nom- zodlarning necha foizini ayollar tashkil etishi lozim?

30%.


Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan xalqaro kuzatuvchi kim?

Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomo- nidan saylov jarayonin kuzatish uchun yuborilgan vakolatli shaxs.



Xalqaro kuzatuvchi qanday vakolatga ega?

Xalqaro kuzatuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalari majlislarida, saylov uchastkasida hozir bo‘lish, saylov qutilarining muhrlanishini, fuqarolarga saylov bulletenlarining berilishini kuzatish, ovozlarni sanab chiqishda va uchastka saylov komissiyasining bayonnomasini tuzishda hozir bo‘lish, saylov natijalari to‘g‘risidagi hujjat- larning nusxasini so‘rab olish.

Saylov qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutilganmi?

Fuqarolarning saylash va saylanish, saylovoldi tashviqoti olib borish huquqlarini amalga oshirish- lariga zo‘ravonlik, aldash, tahdid qilish yoki boshqa yo‘l bilan qarshilik ko‘rsatuvchi shaxslar, shuning- dek soxta saylov hujjatlari tuzgan, ovozlarni atayin noto‘g‘ri sanab chiqqan, ovoz berish yashirinligini buzgan yoki boshqacha tarzda buzilishiga yo‘l qo‘y- gan saylov komissiyalarining a’zolari, boshqa man- sabdor shaxslar, siyosiy partiyalarning vakillari qo-

nunga muvofiq javobgar bo‘ladilar. Deputatlikka nomzod to‘g‘risida soxta ma’lumotlarni e’lon qilgan yoki o‘zgacha tarzda tarqatgan shaxslar ham javob- garlikka tortiladilar.

ILOVA


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga

saylov bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon qilish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasi ikkinchi qismi va «Davlat hokimiyati vakillik organlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi saylovi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konsti- tutsiyaviy qonunining 1-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonun- chilik palatasiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida — 2014 yil 21 dekabrda o‘tkazi- lishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonun- chilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovni saylov qonun- chiligiga, umum e’tirof etilgan xalqaro normalar

va standartlarga to‘la muvofiq holda o‘tkazilishini ta’minlash, shuningdek, siyosiy partiyalar, fuqaro- larga davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishda ishtirok etish konstitusiyaviy huquqini amalga oshirishda zarur tashkiliy-huqu- qiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekis- ton Respublikasi Konstitusiyasining 117-modda- siga, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni- ning 19-moddasiga va «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-modda- siga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:


  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov bo‘yicha saylov kampaniyasi 2014 yil 15 sentabrdan boshlanishi e’lon qilinsin.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini

o‘tkazuvchi har bir saylov okrugiga to‘g‘ri keladigan saylovchilar normasi o‘rtacha 154 ming saylovchi hisobidan belgilansin.

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokim- liklari 2014 yil 27 sentabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonun- chilik palatasiga deputatlar saylovini o‘tkazuv- chi saylov okruglari tuzish bo‘yicha taqdim- nomalar kiritsin.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o‘tkazuvchi 135 ta saylov okrugi tuzilsin, ular- ning chegaralari hamda saylovchilar soni ko‘rsa- tilgan ro‘yxati 2014 yil 7 oktabrga qadar mat- buotda e’lon qilinsin.

  3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari 2014 yil 2 oktabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov ko- missiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj- lisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining a’zoligiga nomzodlar tavsiya etsin.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi ok-

rug saylov komissiyalarining shaxsiy tarkibi 2014 yil 12 oktabrga qadar tasdiqlansin.

  1. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respub- likasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari: 2014 yil 22 oktabrga qadar saylov uchastkalarini;

2014 yil 11 noyabrga qadar uchastka saylov komissiyalarini tuzadilar.

  1. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respub- likasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi tegishli okrug saylov komissiya- lariga:

tuman, shahar hokimliklari 2014 yil 12 oktabr- ga qadar saylov uchastkalarini tuzish bo‘yicha taqdimnomalar kiritadi; xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari 2014 yil 1 noyabrga qadar uchastka saylov komissiyalarining a’zoligiga nomzodlar tavsiya etadi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qonunda belgilangan tartib va mud- datda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tuzish uchun O‘zbekiston Res- publikasi Markaziy saylov komissiyasiga taq- dimnoma kiritsin.

  2. Qonunda belgilangan tartibda tuziladigan saylov uchastkalari va uchastka saylov komis-

siyalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovi uchun yagona hisoblansin.

  1. Belgilansinki, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:

ciyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etish uchun tegishli hujjatlarni O‘zbekis- ton Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga 2014 yil 12 oktabrga qadar taqdim etishlari lozim;

siyosiy partiyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish 2014 yil 17 oktabrda boshlanadi va 2014 yil 6 noyabrda tugaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qo- nunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun siyosiy partiyalardan hujjatlar qabul qilish 2014 yil 9 noyabrda to‘xtatiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj- lisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod- larni ro‘yxatga olish 2014 yil 16 noyabrda tugaydi;

manfaatdor tashkilotlar o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj- lisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalariga 2014 yil 6 dekabr- ga qadar ma’lum qilishlari lozim.



  1. Uchastka saylov komissiyalari: saylovchilar ro‘yxatlarini hamma tanishib

chiqishi uchun 2014 yil 6 dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlat- lardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlarda, qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida esa 2014 yil 14 dekabrga qadar taqdim qilishi;

saylovchilar ro‘yxati bilan tanishish joyi hamda vaqti to‘g‘risida saylovchilar o‘z vaqtida xabardor qilinishini ta’minlashi;

2014 yil 11 dekabrga qadar saylovchilarni ovoz berish vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor etishi;

2014 yil 11 dekabrdan 19 dekabrga qadar muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazishi ma’- lumot uchun qabul qilinsin.



  1. Qayd etilsinki, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston

Respublikasi Qonunining 27 va 38-moddalariga muvofiq:

saylovoldi tashviqoti deputatlikka nomzodlar ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran boshlanadi va 2014 yil 19 dekabrda tugaydi. Saylov kuni va ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yilmaydi;

ovoz berish 2014 yil 21 dekabrda soat 6 dan soat 20 gacha o‘tkaziladi.


  1. Belgilab qo‘yilsinki, «O‘zbekiston Res- publikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 42 va 43-moddalariga muvofiq:

uchastka saylov komissiyalari 2014 yil 21 dekabrda ovoz berish tugagach, ovoz berish yakunlarini chiqarishga kirishadi, komissiya majlisida ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha bayonnoma tuzadi va uni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonun- chilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga taqdim etadi. Saylov qonunchiligi talablariga muvofiq bayonnoma uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari tomonidan o‘qib eshittiriladi hamda mazkur ba- yonnomaning ko‘chirma nusxasi uchastka saylov komissiyasi binosida hamma tanishib chiqishi

uchun 48 soatdan kam bo‘lmagan muddatga osib qo‘yiladi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qo- nunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari uchastka saylov komissiya- lari tomonidan taqdim etilgan bayonnomalar asosida saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalar- ini aniqlaydi va Markaziy saylov komissiyasiga 2014 yil 25 dekabrga qadar belgilangan tartibda bayonnoma taqdim etadi.


  1. Saylov yakunlari to‘g‘risidagi axborot hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylangan depu- tatlarning ro‘yxati 2014 yil 31 dekabrga qadar matbuotda e’lon qilinsin.

  2. Agar saylov okrugi bo‘yicha deputatlikka ikki nafardan ortiq nomzod qo‘yilgan bo‘lsa-yu, ulardan birontasi ham saylanmasa, okrug saylov komissiyasi okrugda 2015 yil 4 yanvarga qadar takroriy ovoz berishni o‘tkazish haqida qaror qabul qiladi.

  3. «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 471-moddasiga muvofiq O‘zbekis- ton ekologik harakatidan O‘zbekiston Respubli- kasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputat-

lari saylovi bo‘yicha O‘zbekiston ekologik hara- katining Konferensiyasi belgilangan tartibda 2014 yil 21 dekabrda o‘tkazilsin.

  1. Belgilab qo‘yilsinki, saylovga tayyor- garlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Mar- kaziy saylov komissiyasi, tuziladigan saylov ko- missiyalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, saylov to‘g‘risidagi qonun- larga, 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar Dasturiga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.

  2. Mazkur qaror ommaviy axborot vosita- larida e’lon qilinsin.



O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi

M. ABDUSALOMOV
Toshkent shahri, 2014 yil 11 sentabr


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA SAYLOV QONUNCHILIGI

Saylovchilar uchun qo‘llanma


Texnik muharrir D. R. Djalilov


Bosishga ruxsat etildi 15.11. 2014. Nashriyot hisob tabag‘i 2,0. Adadi 1,5. Buyurtma

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 100197, Toshkent sh., Intizor ko‘ch., 68
Download 33,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish