Saylov qonunchiligi



Download 33,38 Kb.
bet2/7
Sana26.01.2020
Hajmi33,38 Kb.
#37331
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2014-muhamedov-saylovchilar savol javob-lot-разблокирован-конвертирован

Saylov tizimi nima?


Saylov tizimi davlat hokimiyati organlarini (keng ma’noda) shakllantirish taqozosi bilan

yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar majmui. Saylov tizimi demokratik jamiyatning eng muhim va zarur unsurlaridan biri hisob- lanadi.



Saylov tizimi quyidagi prinsiplarga asosla- nadi: Saylovning umumiylik prinsipi, bunga ko‘ra muomala layoqatiga ega barcha fuqarolar saylovda ishtirok etadi. Saylovning erkinlik prinsipi bo‘yicha saylovda qatnashish-qatnash- maslikni, agar qatnashsa qay darajada qatna- shishi mumkinligini har bir saylovchining o‘zi hal etadi. Fuqarolarning o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi prinsipi barcha fuqarolarning saylov natijalariga ta’sir o‘tkazish borasida teng imkoniyatlarga ega ekanligini nazarda tutadi.

«Saylov tizimi» tushunchasi (tor ma’noda) nomzodlar o‘rtasida saylovchilar ovozlari nati- jalaridan kelib chiqib mandatlar taqsimlanishi sifatida talqin etish ham mumkin.

Saylov tizimining asosiy ikkita – majoritar va proporsional turi mavjud. O‘zbekistonda saylov tizimining majoritar turi amal qiladi. Majoritar tizimda saylovchi nomzodga to‘g‘ri- dan-to‘g‘ri ovoz bersa, proporsional tizimda partiyaviy ro‘yxatga ovoz beradi.

Saylovchi kim?


Saylovchi faol saylov huquqiga ega O‘zbe- kiston Respublikasi fuqarosi (qarang: faol saylov huquqi). Ovoz berishni o‘tkazish va saylov natijalarini aniqlash uchun faol saylov huquqiga ega fuqarolar saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.

Asosiy huquq saylovda ovoz berishda ishtirok etish huquqidan tashqari, qonunchilikda fuqaroning boshqa bir qator huquqlari belgilan- gan va ularni ro‘yobga chiqarish kafolatlari ko‘zda tutilgan. «Fuqarolar saylov huquqlari- ning kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunga muvo- fiq, har bir fuqaroga uning saylov huquqlari sud yo‘li bilan himoya etilishi, saylov komissiya- larining, davlat organlarining mansabdor shaxs- lari, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xat- ti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish imko- niyatlari kafolatlanadi.

Saylovchilarning ro‘yxatlari qanday tartibda tuziladi?

Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘ladigan, ro‘yxat tuzilayotgan vaqtda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib kelayot-

gan fuqarolarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.



Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.

Saylovchilar ro‘yxati har bir saylov uchastkasi bo‘yicha uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuziladi va uni komissiya raisi bilan kotibi imzolaydi. Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar ro‘yxatini tuzish ishida qatnashish- ga jamoatchilik vakillarini jalb etishi mumkin.

Tumanlar va shaharlarning hokimliklari say- lovchilar hisobga olinishini ta’minlaydilar ham- da uchastka saylov komissiyalariga tegishli hu- dudda istiqomat qiluvchi saylovchilar to‘g‘risida saylovchilar ro‘yxatini tuzish uchun zarur ma’- lumotlarni beradilar.

Harbiy qismlardagi harbiy xizmatchi-saylov- chilarning, shuningdek harbiy xizmatchilar oila a’zolari va boshqa saylovchilarning, agar ular harbiy qismlar joylashgan yerda istiqomat qilsa- lar, ro‘yxatlari harbiy qismlarning komandirlari taqdim etgan ma’lumotlar asosida tuziladi. Har- biy qismlardan tashqarida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilar o‘zlarining yashash joylari bo‘yicha umumiy asoslarda saylovchilar ro‘yxa- tiga kiritiladilar.

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlat- lardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa sta- tsionar davolash muassasalarida, qamoqda saq- lash joylarida tuzilgan saylov uchastkalari bo‘yi- cha saylovchilarning ro‘yxatlari mazkur muassa- salar (idoralar) rahbarlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tuziladi.

Saylovchilarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatlarida ovoz berishni tashkil etish uchun qulay bo‘lgan tartibda ko‘rsatiladi.



Ro‘yxatda har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va yashash joyi manzili ko‘rsatiladi.

Saylovoldi tashviqoti nima?

Saylovoldi tashviqoti — saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni deputatlikka nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan fao- liyat.



Saylovoldi tashviqoti deputatlikka nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘y- xatga olingan kundan e’tiboran boshlanadi. Say- lov kuni va ovoz berish boshlanishiga bir kun

qolganida saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yil- maydi.



Saylovoldi tashviqotini saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmat- lar ko‘rsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borish taqiqlanadi.


Download 33,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish