Saylov hujjatlariga qaysi hujjatlar kiradi?
Saylovchilar ro‘yxatlari, saylov varaqalari, saylov bulletenlari, saylov komissiyalarining qarorlari (bayonnomalari) va boshqalar. Saylov hujjatlarini qalbakilashtirish qonun hujjatlarida tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Saylov bulleteni nima?
Saylov bulleteni – saylovchiga saylovlarda ovoz berish uchun taqdim etiladigan va uning tomonidan shaxsan to‘ldiriladigan, say- lovchining xohish-irodasi ifodasini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan belgilangan shakldagi hujjat. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatligiga saylovlar bo‘yicha saylov bulleteni namunasi va shaklini Markaziy saylov komissiyasi belgilaydi. Namunaga muvofiq okrug saylov komissiyasi saylov bulleteni
matnini tasdiqlaydi, uning tayyorlanishi va uchastka saylov komissiyalariga yetkazib berili- shini ta’minlaydi.
Saylov bulleteniga deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi alifbo tartibida kiritilib, uning tug‘ilgan yili, egallab turgan la- vozimi (mashg‘ulotining turi) va uni deputat- likka nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya ko‘rsatiladi.
Saylov bulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan saylov okrugining ko‘pchilik aholisi so‘zlasha- digan tillarda nashr etiladi.
Uchastka saylov komissiyalari saylov byul- letenlarini okrug saylov komissiyalaridan say- lovga kamida uch kun qolganida oladilar. Say- lov bulletenlari berilganligi va olinganligini tegishli okrug va uchastka saylov komissiya- larining raisi yoki rais o‘rinbosari yoxud kotibi o‘z imzosi bilan tasdiqlaydilar.
Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni saylov uchastkasi bo‘yi- cha saylovchilarning ro‘yxatlariga kiritilgan say- lovchilar sonidan yarim foizdan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Saylov bulletenining o‘ng tomo- ni yuqori burchagiga uchastka saylov komissiya- sining ikki a’zosi imzo qo‘yadi, imzolar uchast-
ka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiq- lanadi. Komissiya tomonidan tasdiqlanmagan saylov bulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.
Saylov kampaniyasi qachon boshlanadi?
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi Qonunning 19-moddasiga asosan saylov kampaniyasi boshlanganligi av- valgi chaqiriq Qonunchilik palatasi deputat- larining vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomoni- dan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
«Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi Qonunning 19-moddasida ham xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov yuzasidan saylov kampaniyasi boshlanganligi deputat- larning vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomoni- dan e’lon qilishi mustahkamlab qo‘yilgan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatligiga necha yoshdan saylanish mumkin?
Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga saylov kuni 25 yoshga to‘lgan hamda kamida
besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar egadir.
Saylov kuni yigirma bir yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respubli- kasi hududida muhim yashayotgan fuqarolar xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylanishi huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |