Say d u lla m irzayev


«Литература С редней А зии» газетаси, 1935, 21 ноябрь



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

34 «Литература С редней А зии» газетаси, 1935, 21 ноябрь.
139


ma’rifat ila taraqqiyot zamoni talablariga hozirjavob bo‘lishga 
in tilg a n . Bu fik rn i A. Q o d iriy n in g hik o y ach ilig i ham
tasd iq lay d i. A dib hikoy.achiligida zam onaviy m avzular, 
yangilikni qo‘llab-quvvatlash, hayotdagi eskilik illatlarini fosh 
etish asosiy o ‘rinni egallaydi. Yozuvchi o ‘zining «K alvak 
M ahzum ning xotira daftaridan», « T oshpo'lat tajang nima 
deydi», «Shirvon xola nima deydi», «Tinch ish» kabi hajviy 
hikoyalarida yangi hayotning mohiyatiga tushunmay garang 
b o ‘lgan ru h o n iy lar, tajang lash gan ch ap an ilar, bekorchi- 
dangasalar ustidan achchiq kuladi.
Abdulla Qodiriy hikoyalari yangi adabiyot o'lchovlariga 
mosligi, g‘oyaviy mazmunning aniqligi, obrazlarning jonli va 
tabiiyligi, badiiy pishiqligi, kulgining asosliligi, xalq og‘zaki 
ijodidan unumli foydalanilganligi bilan diqqatga sazovordir. Bu 
xususiyatlar uning «Obid ketmon» (1934) qissasiga ham xos.
«Obid ketmon» — siyosiy tadbirga atab yozilgan birinchi 
yirik nasriy asar. Unda o ‘zbek dehqonlarining jamoa xo‘jalikka 
uyushish jarayoni «Chetan» kolxozining tuzilishi va o ‘sa borishi 
misolida ochib berilgan. Asarda o‘sha davrdagi qiyinchiliklar, 
yakka xo‘jalik hayotiga odatlanib qolgan dehqonlarning jamoa 
xo‘jaligiga a ’zo b o ‘lib kirish jarayoni, dunyoqarash, tuzum 
o ‘zgarishi natijasidagi ikkilanishlar real aks ettirilgan.
Abdulla Qodiriy qissada davr hayotini, obrazlar faoliyatini 
aslidagiday qilib aks ettirishga k a tta e ’tib o r bergan. Shu 
m aqsadda yakka xo‘jalikni qoralash yoki jam oa xo‘jaligini 
ortiqcha maqtab, uni ideallashtirishdan qochgan. Chunki asar 
aslida o'zgaruvchan hodisa bo‘lmish tuzum haqida emas, balki 
inson to'g'risidadir. Qodiriy bu bitigida insonning qisqa davr 
oralig‘ida o ‘zgarib ulgurgan siyosiy tuzum, ijtimoiy maqomiga 
monand ravishda qanday ruhiy evrilishlarga yuz tutgani, qanday 
yashaganini tadqiq etmoqni istaydi. Shu sabab ham qissa go‘yoki 
«kolxozlashtirish» atalmish o ‘sha payt uchun dolzarb mavzuga 
«bag‘ishlangan» bo‘lsa-da, hatto bugungi kun uchun ham o ‘z 
qimmatini yo‘qotmagan.
«O bid 
k e tm o n » d a 
h a y o t 
h a q iq a ti 
h aq q o n iy
ifodalanganidek, u badiiy jih atid an ham yuqori saviyada 
yaratilgan. Ayniqsa, qissada adib o ‘zining xilma-xil xarakterlar
140


yaratishga mohir san’atkor ekanligini yana bir bor ko ‘rsatgan. 
Asardagi asosiy obrazlar (Obid ketmon, Berdi tatar, Usmon 
polvon, Xatib domla, Muhsin domla) ham, epizodik obrazlar 
(Xolmirza aka, Sobirov, Rafiqov, Mirvali bangi, Abdujalilboy, 
Sultonqul, Hubbiboy) ham o ‘zlariga xos xarakter, o'zlariga 
xos fao liy at va in d iv id u al x u su siy atlarg a ega. A yniqsa, 
qishloqning ikki mullasi — Xatib domla bilan Muhsin domla 
obrazlari g‘oyat san’atkorona tasvirlanganligi bilan ajralib 
turadi. Adib bu ikki kas ta ’rifini: «biri tulki, biri kulgi», — 
deb yakunlaydi.
«Obid ketmon» qissasining tili boy, yozuvchi o ‘z nutqida 
ham, personajlar nutqida ham jonli xalq tilidan, maqol va 
obrazli birikmalardan, turli xil tasviriy vositalardan unumli 
foydalangan.
Abdulla Qodiriyning badiiy ijod olamidagi eng buyuk xizmati 
shundaki, u o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib roman janriga asos 
soldi. M a ’lumki, XX asrgacha o ‘zbek adabiyotida hozirgi 
m a’nodagi romanchilik janr sifatida shakllanmagan edi. XX 
asrning 20-yillariga kelib milliy adabiyotim izda ham shu 
y o ‘nalishdagi urin ish lar paydo b o ‘la boshladi. 0 ‘zbek 
adabiyotshunosligi tomonidan o‘sha urinishlaming eng samarali, 
eng olamshumuli sifatida Abdulla Qodiriyning « 0 ‘tkan kunlar» 
(1926) romani e’tirof etiladi. Adib o‘zining ushbu asari bilan milliy 
adabiyotimiz tarixida o‘zbek romanchiligi asoschisi, degan nomga 
haqli ravishda sazovor bo‘ldi. Ushbu asar nafaqat o ‘zbek, balki 
0 ‘rta Osiyo xalqlari romanchiligi ibtidosidir. «ОЧкап kunlar»dan 
so‘ng Qodiriy 1929-yilda «Mehrobdan chayon» romanini yaratish 
bilan o‘z an’analarini davom ettirdi. Taniqli sharqshunos olim 
YE. E. Bertels Abdulla Qodiriyning bu xizmatini yuksak qadrlab: 
«D unyoda beshta: y a’ni fransuz, ingliz, rus, nemis va hind 
romanchiligi maktablari bor edi. Endi oltinchisi, ya’ni o ‘zbek 
romanchiligi maktabi paydo bo‘ldi, bu maktabni Abdulla Qodiriy 
yaratib berdi»35, — degan edi.
«ОЧкап kunlar» nainki о ‘zbek romanchiligining dastlabki 
namunasi, balki shu janrning yetuk durdonasi sifatida ham

Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish