«Saylov oldidan» singari kichik hajmli sahna asarlari yozgan.
U larda xotin-qizlar ozodligi, yer-suv islohoti va yangi urf-
odatlar ulug‘langan.
X ullas, H am za H akim zoda yangi o ‘zbek
adabiyotining
shakllanishi va taraqqiy etishiga m unosib hissa q o ‘shgan
xalqparvar va vatanparvar ijodkordir. Hamza shoir, yozuvchi,
dramaturg, madaniyat va jam oat arbobi sifatida qalb q o ‘ri,
iste’dodi qudratini, hayotini o ‘z xalqi ozodligi va farovonligiga
bag‘ishlagan.
Hamzaning adabiyot va san’at
sohasidagi xizmatlari xalq
va davlat tomonidan munosib taqdirlanib kelinmoqda. Hamza
1926-yilda respublika ijodiy ziyolilari orasida birinchilardan
bo‘lib « 0 ‘zbekiston xalq yozuvchisi» unvonini olishga muyassar
bo‘ldi. Uning asarlari turli tillarda nashr etildi va ko‘p teatrlarda
sahnalashtirildi.
Hamza haqida Oybek, Hamid Olimjon,
Amin Umariy,
Turob T o ‘la, Laziz Qayumov doston va dram alar yozdilar.
Komil Yashin esa o ‘z ustozi haqida serqirra sahna asarlari va
yirik roman yaratdi. Rassomlarimiz ijodida ham Hamza obrazi
faxrli o ‘rinda turibdi. M ualliflar jam oasi yaratgan «Olovli
yo‘llar» film-epopeyasi muhim madaniy voqea b o ‘lib qoldi.
Hamzaning aksariyat asarlari hozirgi kunda ham xalqimizga
m a ’naviy ozuqa berm oqda, yosh avlodni ezgulik ru h id a
tarbiyalashda faol ishtirok etmoqda.
Hamzaning buyukligi va
mangu tirikligi ham ana shunda.
ABDULLA QODIRIY
(1 8 9 4 -1 9 3 8 )
Abdulla Qodiriy o ‘zbek romanchiligiga asos solib, milliy nasr
uchun yangi davrni boshlab bergan, adabiyotimizni zamonaviy
jahon badiiyati yuksakliklariga yaqinlashtirgan ijodkordir. Bu
noyob iste’dod sohibi XX asr o ‘zbek adabiyoti tarixida faxrli
o ‘rin egallaydi.
A d a b iy o tim iz n in g u lk a n jo n k u y a ri a k a d e m ik Iz z a t
Sultonov: «A bdulla Q odiriyning
asarlari badiiy m ah o rat
namunasidir. Bu asarlarda asosiy g‘oya doimo yaqqol ifoda
qilinadi, odam lar va ularning hayot sh aroiti xuddi « k o ‘z
oldim izda turgandek» tasvir etiladi, bu asarlam in g sujeti
doimo qiziqarli, tili boy va shirali.
Bu asarlarning xalqqa
manzur b o ‘Igani bejiz emas»31, — deb yozgan edi. Akademik
Oybek esa adib m ahoratini: «Abdulla Q odiriyning prozasi
birinchi navbatda g‘oyatda hayotiyligi bilan ajralib turadi.
Q o d iriy ning tilid an uning x alqning boy va ajoyib tilini
g‘oyatda yaxshi bilganligi yaqqol seziladi;
uning rom anlari
ana shunday go‘zal til bilan yozilgan.
U
tug‘ma epik yozuvchi,
keng ko‘lamdagi master, yuksak m a’nodagi realistik san’atkor
edi»32, — tarzida yuksak baholagan.
A bdulla Q odiriy (Julqunboy) 1894-yilning 10 aprelida
Toshkentda dehqon oilasida tug ‘ildi. Avval eski m aktabda,
so‘ngra «Russko-tuzemnaya shkola»da o ‘qidi. Bir savdogar boy
Do'stlaringiz bilan baham: