62
Yoqubov Homil.
O y b e k . A d a b iy - t a n q id iy o c h e r k . — Т.:
0 ‘zadabiynashr, 1959, 154-155-betlar.
214
Oybekning «Quyosh qoraymas» asari ikkinchi jahon urushi
m av zu sid a y ozilgan b irin c h i o ‘zbek ro m an id ir. U n d a
jangchilarim izning vatanparvarligi, qahram onligi, xalqlar
o ‘rta sid a g i d o ‘stlik , p a rtiz a n la r h a ra k a ti ta sv irla n g a n .
Rom anning g‘oyaviy mazmuni uning sarlavhasida ham o ‘z
ifodasini topgan. Oybek romanni «Quyosh qoraymas» deb atash
bilan quyosh abadiy qoraymagani singari adolat va haqqoniyat
uchun jang qilayotgan xalqni yengish aslo mumkin emas, degan
g‘oyani obrazli ravishda ifodalagan.
«Quyosh qoraymas» rom anida bevosita front voqealari,
fashist bosqinchilariga qarshi olib borilgan jang manzaralari
aniq aks ettirilgan. Voqea, asosan, bir batalyonning jangovar
hayoti timsolida namoyon bo‘ladi. Oybek asarda jangovar front
hayotini, jan gchilarning ruhiyatini, his-tuyg‘ularini, jang
manzaralarini bilag‘onlik bilan tasvirlagan. Har bir voqea va
har bir obrazni chuqur m ulohaza va hayotiy dalillar bilan
asoslab bergan. Shuning uchun ham rom anda tasvir tabiiy,
ishonarli va jonli chiqqan.
«Q uyosh qoraym as» ro m a n id a B ektem ir, Ali tajan g ,
Askarpolvon, Dubov, Nikolin, Hoshimjon, Rashid, Salima
singari jangchi obrazlari yaratilgan. Bu jonli obrazlar vositasida
jan g ch ilarim izn in g , xususan, o ‘zbek y ig itla rin in g uru sh
davridagi jangovar hayoti ko‘rsatilgan. Ularning o ‘q yomg‘irlari
ostida toblanib, chiniqa borganliklari ochilgan.
A sarn in g bosh q a h ra m o n i B ektem ir — o ‘zbek
jangchilarining umumlashma obrazi. U dastlabki paytlarda
front sharoitiga k o ‘nika olmay qiynaladi, oldiniga harbiy
taiim n in g aham iyatini tushunmaydi. Keyinchalik Bektemir
jan g o v ar voqealar davom ida o ‘sib, chiniqadi, «soldatcha
yashashga o ‘rganadi», jang qilish san’atini egallab oladi. Asarda
B ektem ir x arak terin in g shakllanishi, uning ja n g olovida
toblanib, o ‘sib o ‘zgarishi ishonarli qilib ko‘rsatilgan.
«Quyosh qoraymas» romanida o ‘zbek jangchi yigitlarining
xilma-xil o b razlari yaratilgan. Y ozuvchi bu n da obrazlar
xarakterini, ong-tushunchasi va dunyoqarashini mahorat bilan
ko‘rsatgan; personajlar tilini individuallashtirib bergan. Shu bilan
birga, o ‘zbek jangchilari obrazini yaratishda milliy koloritdan
215
o ‘rinli foydalangan. Rom anda milliy xususiyatlarni ochishga
xizmat qiluvchi misollar ko‘p. Asardagi Mirholiqning frontda
qazi tayyorlashi va uni o ‘z elatlari bilan baham ko‘rishi, Ali
tajangning urush davrida U krainada o ‘zbekcha ketmon va
choyxona topolmay xunob bo‘lishi, o'zbek jangchilarining askiya
va afandi latifalarini aytishlari, Rashid ismli soldatning o ‘z eliga
salomnoma yozish uslubi va boshqalar ana shular jumlasidandir.
«Quyosh qoraymas» romani sujetiga Amir Temur, Zahiriddin
Bobur, Iskandar Zulqarnayn, Nasriddin Afandi hayoti bilan
bog‘liq bo‘lgan hikoyalar, afsonalar va latifalarning kiritilishi
ham asarning g ‘oyaviy mazmunini boyitishga va uni milliy
tarovat bilan bezashga bevosita xizmat qilgan.
Oybek rom anda xalq maqol, ibora va so‘z o ‘yinlaridan
unumli foydalangan. Shu bilan birga, yozuvchining o ‘zi ham
xalq aforizmlari darajasida turuvchi hikmatli iboralar yaratgan.
«Qo‘shiq — qishda soldatning ruhi uchun gulxan», «Botirdan
o ‘lim ham qochadi», «Tilakli yigit — qanotli yigit», «Xat yarim
diydordir», « 0 ‘qsiz soldat — qilichsiz qin», «Hozir yigit husni
— qahram onlik», «D o‘st so ‘zini tashlama, tashlab boshing
qashlam a», «Q o‘rqmas qirq yil qirg‘inda yursa ham qilich
o ‘tmas» kabi sermazmun va obrazli jumlalar fikrimiz isbotidir.
«Quyosh qoraymas» romanida urush davri hayotiga xos va
mos o ‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag‘a, istiora singari
badiiy tasvir vositalaridan unumli foydalanilgan.
R o m a n d a q o ‘llan ilg an k o ‘p o ‘x sh atish , sifatlash ,
m ubolag‘a, majoz va jonlantirish kabi tasviriy vositalar asar
mavzui va voqeasi, jangovar yillar sharoiti va asar g'oyasi bilan
bevosita bog‘liq. Bu hoi rom anda tasvirlanayotgan mavzu
m o h iy atin i, u ru sh m a n z a ra la rin i jo n li va t a ’sirli qilib
gavdalantirishga to ‘g‘rid an-to‘g‘ri xizmat qilgan. Umuman
olganda «Quyosh qoraymas» romani tarbiyaviy-m a’rifiy va
estetik ahamiyatga molik.
Oybek ijodida qissa janri ham muhim o ‘rin egallaydi. U
«Nur qidirib» (1957), «Bolalik» (1963), «Alisherning yoshligi»
(1967) qissalarining muallifidir.
«N ur qidirib» qissasida Pokiston mehnatkashlarining 50-
yillardagi og‘ir turmushi, ilg‘or ziyolilarning nurli hayot qidirib,
216
ozodlik, tinchlik va ijtim oiy tenglik y o ‘lida olib borgan
izlanishlari, xalq manfaati uchun fidokorlik ko‘rsatishlari aks
ettirilgan. Asar markazida ilg‘or fikrli yosh o ‘qituvchi Ahmad
H usayn obrazi tu rad i. A hm ad H usaynning hayot y o ‘lini
tasvirlash orqali yozuvchi Pokiston taraqqiyparvar ziyolilarining
istiqbol yo‘lidagi kurashini umumlashtirib k o ‘rsatgan.
«Nur qidirib» qissasida jasur kurashchi Muhammad Jamol,
fidoyi ishchi S harif Sulaym on, ishbilarm on va xalqparvar
G ‘u lo m sh er, x o tin -q iz la r h u q u q in in g faol him oyachisi
Isk an d aro singari, shuningdek, sotqin va x u sho m adg o‘y
Tojiddin Qosim, adolatsiz davlat arbobi Fozil Haq Azizulxon
kabi obrazlar ham yaratilgan.
Biroq qissaning ayrim sahifalarida hayot haqiqatini, voqea-
ho disalarni obrazli ravishda k o 'rsa tish o ‘rniga, asarning
g ‘oyaviy mazmunini bayon etish, m aqsadni uqtirish bilan
cheklanish hollari uchraydi. O braz yaratishda ham b a ’zan
bayonchilikka yo‘l qo'yilgan.
Oybekning «Bolalik» qissasi esdalik janrida yozilgan. Bu
avtobiografik qissaning bosh qahramoni yozuvchining o ‘zi —
Musaboy. Asarda Musaboyning tarjimai holi xalq hayoti, davr
hodisalari bilan uzviy b og‘liq holda tasvirlangan. Qissada
Musaboyning bolalik chogiarini hikoya qilish zaminida o ‘sha
yillardagi xalq hayotining keng m anzaralari chizilgan. Ana
shuning uchun ham «Bolalik»ni o‘qish orqali o ‘sha davr haqida,
xalqimizning og‘ir hayoti, ijtimoiy kurashi, orzu-istaklari, urf-
odatlari haqida ko‘p narsani bilib olish mumkin.
«Bolalik» qissasida aks ettirilgan voqealar bir sujet chizig‘iga
birlashib, bir-biri bilan b og‘lanib ketgan. Qissa uslubining
mayinligi, lirizmga boyligi, voqealar m antiqining izchilligi,
obrazlarning aniqligi, tilining ravon va jozibadorligi bilan
kitobxonlarga manzur bo id i.
Oybek «Bolalik» qissasini yozish bilan o ‘zining bolalar
dunyosini, kichkintoylar psixologiyasini qanchalik chuqur
bilishini namoyish etdi. Chunki bu qissada bolalar xarakteri
va ruhiyatining ko‘z ilg‘amas darajada nozik b o ig an murakkab
tomonlari ham mohirlik bilan ochib berilgan. Xuddi shu fazilat,
aniqrogi, bolalar xarakterini, ularning ong-tushunchalarini va
217
qiziqish doirasini chu qu r his etish xususiyati O ybekning
«Alisherning bolaligi» nomli so ‘nggi qissasida ham yaqqol
namoyon b o ‘lgan.
* * *
Oybekning adabiyotshunoslik va badiiy tarjima sohasidagi
xizmatlari ham buyukdir. Oybek A. Pushkinning «Yevgeniy
Onegin» sh e’riy rom ani, M. Lerm ontovning «M askarad»
d ram asi, «D em on» poem asi, G enrix G eynening «Q ullar
kemasi» dostoni va boshqa k o ‘plab asarlarni o ‘zbek tiliga
m ahorat bilan tarjima qilgan.
A kadem ik Oybek adabiyotshunos olim sifatida «Lirika
haqida», «S o‘nggi yillardagi o ‘zbek poeziyasi», «A bdulla
Qodiriyning ijodiy yo‘li», « 0 ‘zbek klassiklari», «Navoiyning
dunyoqarashi masalasiga doir», «Navoiy gulshani» singari ilmiy
m a q o la va ris o la la r yozgan. O ybekning b u a s a rla rid a
adabiyotning an ’ana va novatorlik, til va uslub, xalqchillik va
badiiy m ahorat kabi muammolari b o ‘yicha qimmatli fikrlar
bayon etilgan. 0 ‘zbekiston Hukumati qarori bilan 2005-yilda
O ybekning 100 yilligi keng nishonlandi. Shoir uy-muzeyi
qaytadan ta ’mirlandi.
Xulosa qilib aytganda, Oybek adabiyotimiz xazinasiga ulkan
va bebaho hissa q o ‘shgan. U ning asarlari XX asr o ‘zbek
adabiyotining dunyo m iqyosidagi shuhratini t a ’m inlashda
muhim rol o‘ynamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |