Demosfen qanday sharoitda o‘sib-ulg‘aydi?
Demosfen miloddan avvalgi 384- yili Afina shahrida anchagina badavlat xonadonda dunyoga keladi. Bo‘lajak notiq yetti-sakkiz yoshlarida otasidan ajralib, bolalik davridanoq hayot mashaqqatlari bilan kurashishga o’rganadi. Demosfen bilan singlisiga otadan katta meros qoladi. Bolalar yosh bo‘lgani uchun, ulaming tarbiyasi va meros vaqtincha tog‘asiga topshiriladi. Tog‘a esa, barcha boylikni qo‘lga kiritib olgach, bolalar tarbiyasi bilan qiziqmay qo‘yadi
Demosfen meros masalasida muvaffaqiyat qozonish uchun nimalami o‘rgandi?
Demosfen voyaga yetgach, merosni sud orqali qaytarib olishga qaror qiladi. Demosfen o‘qishni tugatgach, vasiylari bilan sudlashadi va bu sud besh yil davom etadi. Bir nechayil surunkasiga bo‘lgan kurash bo‘lajak notiq xarakterining toblanishida, bir so‘zli va matonatli bo’lishida katta ro‘l o‘ynaydi. U o‘qish va o‘rganish bilan bir qatorda boshqalarga nutq matnlarini yozib berib, logograflik ham qiladi. Demosfen butun hayotini siyosiy notiqlikka bag’ishlashni, xalq majlislarida vatanining ravnaqi yo‘lida nutq so‘zlashni orzu qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |