Demosfen notiqlik san’atini mukammal egallash uchun qanday kurashdi?
Demosfen juda past bo’lib, bir oz duduqlanar, buning ustiga “r” tovushini yaxshi talaffuz etolmas, gapirganda yelkasini qimirlatib turadigan odati ham bo‘lib, ko‘pchilik o‘rtasida o‘zini noqulay sezardi. Natijada uning chiqishlari kulgi va masxaralar bilan qarshi dinar, nutqini oxirigacha yetkaza olmay, minbardan tushib ketishga majbur bo‘lardi. Bunday noxush ahvolga qaramasdan, Demosfen umidsizlikka tushmasdan, chidam bilan shu kamchiliklami yo‘qotishga kirishadi. Demosfen o‘zining jismoniy nuqsonlaridan qutulish uchun qanday choralami qo‘llaganligi haqida manbalarda turli ma’lumotlar uchraydi. Ularda aytilishicha, Demosfen og‘ziga mayda-mayda tosh solib, dengiz bo‘ylarida to‘lqinlaming guldiroslarini bosib yuboradigan darajada baland ovoz bilan gapirib, yoki tog’ cho‘qqilarida shamollar bilan bahslashib duduqligini yo‘qotishga, ovozini ravon va jarangdor qilishga erishgan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |