3) Yevropa valyuta tizimi – bu mintaqaviy valyuta tizimi boʻlib, Yevropa iqtisodiy integratsiyasi doirasida milliy valyutalar harakati bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar majmuasini oʻzida ifodalaydi. Yevropa valyuta tizimi zamonaviy jahon valyuta tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. U uchta asosiy elementni oʻz ichiga oladi:
EKYu (European currency unit) standarti. EKYu – shartli jamoaviy valyuta boʻlib, Yevropa ittifoqiga kiruvchi, Yevropaning etakchi mamlakatlarining 12 ta valyutasiga asoslanadi. Har bir valyutaning savatdagi og’irligi a’zo davlatning Yevropa ittifoqi YaMMda va ittifoq ichidagi eksportdagi ulushiga bog’liq holda aniqlanadi.
Birgalikda suzuvchi valyuta kursi, mazkur kursni ±2,25% chegarada tebranishi belgilangan edi, 1993 yilda valyuta muammolarining kuchayishi bilan bog’liq holda tebranish doirasi ±15%gacha kengaytirildi (“yevropa valyuta iloni”).
1989 yilda J.Delor (Yevropa ittifoqi komissiyasi raisi) tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy va valyuta ittifoqini barpo etish dasturi G’arbiy Yevropa integratsiyasi rivojidagi keskin burilish bosqichi boʻldi.
“Delor rejasi” doirasida quyidagi maqsadlar koʻzda tutilgan edi:
umumiy bozorni tashkil etish, bozor mexanizmini takomillashtirish maqsadida raqobatni rag’batlantirish;
qoloq hududlarni tarkibiy jihatdan birxillashtirish;
inflyatsiyani jilovlash, narxlar darajasi va iqtisodiy oʻsishni barqarorlashtirish, davlat byudjeti kamomadini cheklash hamda ushbu kamomadni qoplash usullarini takomillashtirish maqsadida byudjet-soliq siyosatlarini muvofiqlashtirish;
pul-kredit va valyuta siyosatlarini muvofiqlashtirish uchun muayyan organni tashkil etish;
yagona valyuta siyosati, qat’iy belgilangan valyuta kurslari va jamoaviy valyuta - EKYuni joriy etish.
1991 yildan Yevropa valyuta tizimida “Delor rejasi” asosida valyuta-iqtisodiy ittifoqni bosqichma-bosqich shakllantirishni nazarda tutuvchi Maastrix shartnomasi ishlab chiqildi va mazkur shartnoma doirasida 1999 yil 1 yanvardan yagona yevropa valyutasini joriy etishga moʻljallangan islohotlar amalga oshirildi.
Yevropa valyuta tizimiga kirish uchun dastlabki qadamlarni tashlashga Germaniya, Frantsiya va Belgiya tayyor boʻlib ularning imkoniyatlari yuqori baholandi. Birmuncha past salohiyat bilan Avstriya, Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Finlandiya, Irlandiya oʻrin egalladi, Shveytsariya va Daniya esa ularga ergashdi. Valyuta ittifoqiga Buyuk Britaniyaning qoʻshilishi dolzarb masala boʻldi.
Valyuta ittifoqini shakllantirish va yagona valyutani joriy etish boʻyicha reja ishlab chiqildi. Birinchi bosqich 1998 yildan Markaziy bankni (Frankfurt-na-Mayne) tashkil etishdan boshlandi. Yevropa Markaziy bankiga quyidagi funktsiyalar biriktirildi:
valyuta operatsiyalarini samarali tashkil etish;
yevrohududga a’zo boʻlgan davlatlarning maxsus almashinuv resurslarini saqlash;
toʻlov hisob-kitob tizimi ustidan nazorat olib borish;
yevrohududda pul emissiyasini tashkil qilish.
Yevrokengash “yevro hudud”ga kiruvchi mamlakatlarni aniqladi. Tanlash mezonlari sifatida quyidagilar oʻrnatildi:
Inflyatsiya sur’ati Yevropa Ittifoqining uchta narxlar darajasi eng barqaror mamlakatlarning oʻrtacha inflyatsiya darajasidan 1,5 foiz punktiga oshmasligi kerak.
Davlat byudjeti taqchilligi YaIMning 3%dan oshmasligi kerak.
Davlat qarzi YaIMning 60%dan oshmasligi lozim;
Milliy valyutaning almashinuv kursi ikki yil mobaynida Yevropa valyuta tizimida amaldagi (±15%) tebranish chegarasidan chiqib ketmagan boʻlishi lozim.
Ikkinchi bosqich 1999 yil 1 yanvardan boshlandi. “Yevro hudud”ga kirgan mamlakatlar milliy valyutalarining almashinuv kurslari yevroga nisbatan qa’tiy belgilandi, yevro naqdsiz shaklda EKYuni birga bir nisbatda almashtirish asosida kiritildi.
Uchinchi bosqich 2002 yil 1 yanvardan boshlandi. Yagona namunada turli nominatsiyalarda yevro banknot va tangalarining muomalasi amalga oshirildi, ular a’zo-mamlakatlarning milliy valyutalari bilan parallel muomalada boʻldi hamda asta- sekinlik bilan milliy pul birliklarini almashtirish sodir boʻldi.
Toʻrtinchi bosqichda, 2002 yil 1 iyuldan. Ishtirokchi mamlakatlarning milliy valyutalari butunlay oʻzlarining pul funktsiyasini yoʻqotdi.
Ikkinchi tomondan nisbatan barqaror moliya bozori tashkil etildi. Oldingi holatga nisbatan yevrohududda yagona valyutani kiritilishi likvidlikni oshiradi hamda raqobatni kuchaytirib, tovarlarni Yevropa Ittifoqi doirasida taqsimlanishi engillashtirdi. Shuningdek, hududda moliyaviy operatsiyalar bilan bog’liq xarajatlarni kamaytirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |