Jahon moliyaviy muhiti
Jahon valyuta tizimi
Xalqaro moliya munosabatlarining sub’ektlari sifatida quyidagilar ishtirok etadi: davlat, korxona, tashkilotlar, firmalar hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, transmilliy korporatsiyalar, transmilliy banklar, birjalar, jismoniy shaxslar. Xalqaro moliya munosabatlari turli mamlakatlarning xoʻjalik yurituvchi sub’ektlari oʻrtasida, davlat va boshqa mamlakatlar xukumatlari hamda xalqaro tashkilotlar oʻrtasida, davlat va korxonalar bilan xalqaro moliya institutlari oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin.
2) Jahon iqtisodiyotida zamonaviy globallashuv jarayonlari eng avvalo sanoati rivojlangan mamlakatlar mavqeini mustahkamlab, ularga qoʻshimcha afzalliklar beradi. Xalqaro mehnat taqsimoti doirasida globallashuv jarayonining kengayishi iqtisodiy past rivojlangan mavqeini salbiy oʻzgarishiga sabab boʻlib, ularni globallashuv jarayonini sub’ektlariga emas, balki ob’ektlariga aylantirishi mumkin. Demak, globallashuv jarayonining alohida mamlakatlar iqtisodiyotiga ijobiy ta’sirinining darajasi ushbu mamlakatlarning jahon iqtisodiyotida tutgan oʻrniga bog’liqdir.
Jahon iqtisodiyotining globallashuv darajasini quyidagi koʻrsatkichlar yordamida ifodalash mumkin:
xalqaro tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmi hamda uning oʻsish sur’atlari;
toʻg’ridan-toʻg’ri xorijiy investitsiyalar hajmi va dinamikasi;
kapitalning xalqaro markazlashuvi hajmi va dinamikasi;
yirik, murakkab xalqaro investitsiya loyihalari (loyihaviy moliyalashtirish) hajmi va dinamikasini mazkur loyihalarning umumiy koʻrsatkichiga (ham ichki, ham tashqi)nisbati;
tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi hajmi va dinamikasini yalpi milliy mahsulotga nisbati;
patentlar, litsenziyalar, nou-xau bilan bog’liq xalqaro operatsiyalar miqyosi;
bank va boshqa kredit muassasalarining xalqaro operatsiyalar hajmi va dinamikasini ularning umumiy faoliyati hajmi va dinamikasi hajmiga nisbati;
xalkaro fond bozorlari hajmi va dinamikasi;
valyuta bozorlari hajmi va dinamikasi.
Globallashuv jarayonlari davlatlararo xoʻjalik yuritish uchun iqtisodiy, huquqiy, axborot va siyosiy miqyosdagi oʻzaro kelishuvlarni qamrab oladi.
Bundan tashqari globallashuv jarayoni dunyoning yirik mintaqalarida xoʻjalik yuritishning bozor tizimini maqsadli shakllantirishga qaratilgan davlatlararo muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qamrab oladi.
Mikroiqtisodiy darajadagi globallashuv kompaniyalar faoliyatining ichki bozordan tashqarida kengayishi natijasida yuzaga keladi. Koʻpgina yirik transmilliy korporatsiyalar global miqyosda harakat qiladi va shu jihatdan transmilliy korporatsiyalar globallashuv jarayonining sub’ekti boʻlib, uni harakatga keltiruvchi asosiy kuch hisoblanadi.
Globallashuv jarayonining afzalliklari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:
globallashuv xalqaro raqobatning kuchayishini yuzaga keltirdi. Bozorlarning kengayishi va undagi raqobat jarayonining kuchayishi nafaqat milliy darajada balki, jahon miqyosida ishlab chiqarishning oʻsishini rag’batlantiruvchi xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga hamda ixtisoslashishiga olib keladi.
ishlab chiqarish tarmoqlarida tejamkorlikning ortishi. Bu holat, narxlarni pasayishi va xarajatlarni qisqarishiga, pirovardida barqaror iqtisodiy oʻsishga olib kelishi mumkin.
globallashuvning ijobiy jihatlaridan yana biri – erkin savdodan keladigan yutuq barcha mamlakatlarni qanoatlantiradi;
xorijiy davlatlarning ilg’or ilmiy-texnik, texnologik yangiliklarini amaliyotga tatbiq etish natijasida iqtisodiy barqarorlikka erishilishi;
globallashuv jarayonida xalqaro raqobat kuchayib milliy bozordagi ichki raqobatchilarga tashqi bozordagi kuchli raqiblar ham qoʻshiladi va natijada narxlarni pasaytirish va yuqori sifatli mahsulotlarni tanlash imkoniyatini beradi;
globallashuv jarayoni xorijiy davlatlarning ilg’or ilmiy-texnik, texnologik va nisbatan kam xarajat talab qiladigan yangiliklarni amaliyotga tadbiq etish imkoniyatini beradi Bunda jahon miqyosidagi innovatsiyalarni amaliyotga uzluksiz tatbiq etilishiga imkon yaratiladi.
Globallashuv jarayonining salbiy oqibatlarini yuzaga keltiruvchi muammolar sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:
globallashuv afzalliklarining milliy iqtisodiyotlar alohida tarmoqlari oʻrtasida bir xil taqsimlanmasligi;
milliy iqtisodiyotda sanoatlashishning sekinlashuvi;
ayrim mamlakatlarda milliy iqtisodiyotni nazorat qilish jarayoni mustaqil hukumatdan boshqalarga, jumladan kuchliroq davlatlarga yoki transmilliy korporatsiyalar ixtiyoriga oʻtishi;
jahon miqyosida milliy iqtisodiyotlarning oʻzaro bog’liqligi tufayli global beqarorlikning yoki mintaqaviy darajada moliyaviy sohadagi beqarorlikning yuzaga kelishi. Milliy iqtisodiyotlarda yuzaga keluvchi iqtisodiy turg’unliklar yoki inqirozlarning mintaqaviy hatto global darajada salbiy oqibatlarga olib kelishi;
globallashuv milliy va jahon iqtisodiy rivojlanishining beqarorligi va notekisligini kuchaytiradi. Ushbu holat milliy xoʻjalik majmualarining global bozor sharoitlarida samarali faoliyat yurita olmaydigan eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish boʻg’inlariga boʻlinishi bilan bog’liq;
globallashuv davlatning makroiqtisodiy darajada tartibga solish rolini sezilarli darjada cheklaydi va davlatning ichki, tashqi iqtisodiy aloqalarga ta’sir koʻrsatishining an’anaviy dastaklarini oʻzgartirib yuboradi;
globallashuv ishlab chiqarish va iste’molda salbiy tashqi omillarning ommaviy tarqalishiga olib keladi. TMKlarning global jahon bozorlariga chiqishi va globallashuv jarayonidan foyda olishga intilishi borasidagi kuchli raqobat ularning atrof-muhitni ifloslantiruvchi ishlab chiqarish yoki sog’liq uchun zararli transgen mahsulotlarni yaratish kabi jamiyat uchun zararli faoliyat bilan shug’ullanishlariga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |