Xalqaro Moliya munosabatlari fanidan 1-Oraliq nazorati
17-variant
Savollar
Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaro moliya munosabatlarining tutgan o’rni
Globallashuvning milliy iqtisodiyot barqarorligiga ta’siri
Yevropa valyuta tizimi
Javoblar
1) Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan bog’liq. Ushbu bog’liqlik asosida xalqaro moliya munosabatlari yuzaga keladi.
Xalqaro moliya munosabatlari bu xalqaro moliya bozori ishtirokchisi boʻlgan shaxsning qaroriga muvofiq tarzda oʻziga tegishli boʻlgan xorijiy valyutalarning harakat jarayonini tavsiflovchi fundamental iqtisodiy kategoriyadir.
1970 yillarda xalqaro moliya tizimida sezilarli oʻzgarishlar sodir boʻldi va mazkur oʻzgarishlar ta’sirida zamonaviy jahon valyuta-moliya tizimi shakllana boshladi. Jahon moliya tizimidagi oʻzgarishlar va xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishi koʻp jihatdan trasmilliy korporatsiyalar faoliyati bilan bog’liq boʻlib, ular tomonidan butun dunyo boʻylab ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish hamda barcha resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan global strategiya amalga oshirildi. Shuningdek, xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida moliyaviy jihatdan barqaror hamda koʻp sonli xorijiy filiallarga ega boʻlgan transmilliy banklar muhim rol oʻynadi.
Xalqaro kreditlashdan foydalanish xususiyatining oʻzgarishi bilan bog’liq ravishda xalqaro kredit bozori hajmi keskin ortib bordi. Uning oxirgi yoʻnalishi nafaqat xalqaro ayriboshlash sohasi (mahsulotlar, xizmatlar va boshq.) balki, ishlab chiqarish sohasi ham boʻldi. Bu holat, birmuncha yirik kreditlarni uzoq muddatlarga jalb etishni, shuningdek, moliya-kredit xizmatlari majmuasini rivojlantirishni talab etardi. 1970 yillarda xalqaro kreditni toʻlov balansining taqchilligini bevosita yoki bilvosita moliyalashtirish uchun foydalana boshladilar. Xususiy firmalar bilan bir qatorda yirik qarzdorlar sifatida hukumatlar, davlat tashkilotlari va korxonalar, xalqaro kredit tashkilotlari yuzaga keldi.
1970 yillarda xalqaro kapital bozori kengayishiga bir qator omillar ta’sir koʻrsatdi va natijada xalqaro resurslar aylanishi va likvidligi oshib bordi. Ushbu davrda jahon iqtisodiyoti ikkita neft inqirozini boshdan kechirdi va neft narxining birdaniga keskin oʻzgarishiga sabab boʻldi. Mazkur holat natijasida neft eksport qiluvchi mamlakatlarda yirik valyuta ortiqchaligi, neft import qiluvchilarda esa, jumladan koʻplab rivojlangan mamlakatlarda joriy hisoblar boʻyicha taqchillik yuzaga keldi. Bu taqchillik asosan retsipient-mamlakatlarga xalqaro banklar, yevroobligatsiyalar bozori orqali tushgan neftedollarlar hisobiga qoplandi.
Jahon iqtisodiyotida roʻy bergan boshqa muhim oʻzgarishlar ham xaqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy va salbiy jihatdan sezilarli darajada ta’sir koʻrsatdi. Ushbu oʻzgarishlar jumlasiga, jahon va hududiy valyuta tizimlaridagi oʻzgarishlar, valyuta tizimi tamoyillarining oʻzgarishi, qarzdorlik inqirozlari, mamlakatlar tomonidan iqtisodiy integratsion birlashmalarning tuzilishi, xalqaro va mintaqaviy moliya tashkilotlarining vujudga kelishi, transmilliy korporatsiya va banklar faoliyatining kengayishi, jahonda roʻy bergan moliyaviy-iqtisodiy inqirozlarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |