2) norasmiy yetakchilarning roli va ta’siri ortib bormoqda;
3) yetakchilarning faoliyati iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilishga ko‘proq jalb qilinyapti. Bu yetakchi faoliyati bilan bog‘liq ravishda u yoki bu millat turmush darajasining ortishida namoyon bo‘lyapti. Bu esa o‘z navbatida, ushbu faoliyat davomiyligini orttiryapti;
4) demokratik nazoratning ortgani sababli xarizmatik siyosatchilarning paydo bo‘lishi ehtimoli kamaymoqda;
5) hokimiyatlar bo‘linishi va fuqarolik jamiyati chegaralarining kengayishi, hisobiga siyosiy yetakchi hokimiyati ham cheklanyapti.
Yuqoridagi fikrlardan umumiy xulosa qiladigan bo‘lsak, XIX-XX asrlar davomida O‘zbekistonda kechgan siyosiy jarayon bir qator siyosiy yetakchilarning yetishib chiqishiga turtki bo‘lgan. Bu esa elparvar shaxslarning fidokorona xizmatlari ularning avlodlariga saboq bo‘lib, ularning qilgan ishlari yoshlar uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qilgan. Bular shuni ko‘rsatadiki: yurtimizda siyosiy yetakchilik instituti o‘tish davriga xos bo‘lgan muammolarni to‘la ko‘lamda o‘z boshidan kechirgan. L.Levitin shunday degan: “O‘zbekiston Mustaqilikka erishishi arafasida uning rahbarligida Islom Abdug‘aniyevich Karimovdek kuchli xarizmatik shaxs turganligi— o‘zbekistonliklarning katta omadi bo‘lgan”. O‘zbekiston totalitar sovet tizimidan ajralib chiqib, yangi ijtimoiy-siyosiy tizim qurdi. Bunday davrlarda xarizmatik yetakchilarga ehtiyoj nihoyatda ortadi. Birinchi Prezidentimiz yurtimizning sa’yi harakatlari tufayli yurtimizning tinchligiAyniqsa, Ikkinchi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning o‘z faoliyati davomida vatanimiz taraqqiyoti uchun olib borayotgan siyosati nafaqat yurtimizda, balki chet elda ham e’tirof etilmoqda. Ozarboyjonda Prezidentimizni “yil odami, xalqaro miqyosdagi lider” sifatida e’lon qilishi Davlat boshlig‘imizning liderlik qobiliyatiga berilgan munosib bahodir. O‘z bilimi, tajribasiga tayanib, bunday shaxslar jamiyat rivojini yangi yo‘lga burib yuboradilar, taraqqiyotni ta’minlaydilar.
Shu bilan bir qatorda, demokratik jamiyat qurish vazifasi — siyosiy yetakchilik institutini ham demokratik tamoyillar asosida tashkil etishni talab etadi. O‘zbekistonda bugun siyosiy yetakchilik instituti barcha demokratik institutlar singari sanab chiqsa bo‘ladigan yutuqlardan ko‘ra, istiqbolda erishishi kutilayotgan marralar sarhisobiga boyroq. Bu — o‘sish, shakllanish jarayonlari bilan bog‘lik hodisa. Jamiyatimizda Mustaqilik yillarida sezilarli salmoqqa ega bo‘layotgan ijtimoiy guruhlar (tadbirkorlar, bankirlar, fermerlar, amaldorlar, yoshlar, ayollar) o‘z ijtimoiy manfaatlarini to‘laroq ko‘lamda anglab bormoqda. Shuningdek, demokratik siyosiy madaniyat negizida jamiyatimizda ratsional-legal siyosiy yetakchilik institutiga o‘tilishini ta’minlashbosh vazifalarimizdan biriga aylanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |