Savol: siyosiy lider tushunchasi va uning asosiy funksiyalarini tahlil qiling



Download 34,85 Kb.
bet1/9
Sana10.04.2021
Hajmi34,85 Kb.
#62981
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
poli


3-kazus

Siyosiy liderlik intellektual salohiyati yuqori, tashkilotchilik qobilyatlari va kuchli siyosiy intuitsiyaga ega, ko‘pchilik fuqarolar manfaatiga mos siyosiy dasturlarning ijodkori, o‘ta mas’uliyatli, kuchli notiq shaxs sifatida namoyon bo‘ladigan fenomen hisoblanadi.



Savol: siyosiy lider tushunchasi va uning asosiy funksiyalarini tahlil qiling.


Yetakchi. Uyushma, guruh, hokimiyat bor joyda liderlarning bo‘lishi tabiiy, albatta. “leader” so‘zining ingliz tilida tarjimasi “yetakchi”, “boshlovchi”, “rahbarlik qiluvchi” degan ma’nolarni anglatadi.Yetakchi (lider) - bu boshqa kishilarga ta’sir etish demakdir. Yetakchi boshqalarga o‘z ta’sirini o‘tkaza olish, muayyan maqsadlarga erishish uchun ularning birgalikdagi faoliyatlarini tashkil qila olish va ularni o‘ziga ergashtira olish qobiliyatlarga ega bo‘ladi. Yetakchi va unga ergashuvchilar o'rtasidagi munosabatlarda tengsizlik mavjud bo‘lib, u yetakchidan guruh a’zolariga qarab doimo bir tomonlama, gorizont tarzda yo‘nalgan bo‘ladi.Bunda Yetakchilikning murakkab va muhim ijtimoiy hodisasini o‘rganish hamda tahlil etishning boshlanishi uzoq tarixga borib taqaladi. “Qadimgi zamon tarixchilari Gerodot, Plutarx, Konfutsiy va boshqalar o‘z davri yetakchilari — monarxlar, lashkarboshilarni tarix ijodkorlari deb hisoblaganlar.”1

Siyosiy yetakchi. Siyosiy yetakchi tushunchasi haqida gap borar ekan, bu haqida ko‘p olimlarning turlicha qarashlari mavjud. Siyosiy yetakchi tushunchasi haqida mashhur olimlar asarlarida o‘z qarashlarini bayon etib ketishgan. Ular ushbu atamaga o‘z davri, siyosatidan kelib chiqqan holda ta’rif va tasniflar berishgan. Ularning fikrlari yillar, asrlar osha birlashib, umumiy, yaxlit bir qolip holiga kelgan tizimni tashkil etadi. Bu tizim siyosiy yetakchi haqida umumiy tushunchani, u qanday tasniflanishini, qanday turlarga bo‘linishini, uning vazifalarini, prinsiplarini, mas’uliyatlarini aniq tushunishga yordam beradi. Unga ko‘ra, siyosiy yetakchi - intellektual salohiyati yuqori, tashkilotchilik, oldindan ko‘ra bilish qobilyatlari va kuchli siyosiy bilimlarga ega, ko‘pchilik fuqarolarning manfaatlariga mos siyosiy dasturlarning ijodkori, o‘ta mas’uliyatli, kuchli notiq shaxs sifatlarini o‘zida mujassam etgan fenomen hosblanadi. Bu siyosiy liderning namunasi, soda qilib aytganda qolipidir. Siyosiy lider siyosiy jarayonlar bilan birga butun jamiyat va siyosiy tashkilot yoki harakatni ham boshqara olishi, voqealarning borishi va siyosiy jarayonlar yo‘nalishini o‘zgartirib, unga ta’sir eta olishi kerak bo‘ladi. Siyosiy liderlar jamiyatdagi siyosiy jarayonlarni jonlantiradigan, mamlakat taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydigan, siyosiy jarayonlarga va vaziyatlarga ta’sir ko‘rsata oladigan jamiyatning obro‘li shaxsidir.Siyosat nazariyasida bu hodisaga odamlar, guruhlar, institutlar va umuman jamiyatdagi munosabatlarni tartibga solish va muvofiqlashtirish mexanizmi sifatida qaraladi. Uning mohiyatini hukmronlik va itoat, ta’sir va izdoshlik munosabatlari tashkil etadi.

Yondashuvdagi xilma-xillik siyosiy yetakchilik hodisasining ko‘p qirrali va murakkabligidan dalolat beradi. Quyida ushbu hodisaga turli nazariyalar orqali yondashib o‘rganamiz.



Xislatlar nazariyasi. Bu nazariya boshqalariga nisbatan qadimiyroq hisoblanadi. Unga ko‘ra muayyan sifatlarga ega shaxslar yetakchi bo‘la oladi. Bu sifatlar uni boshqa odamlar ichidan ajralib chiqishiga va bir necha pog‘ona yuqori mavqe’ni egallashiga sabab bo‘ladi. Ushbu nazariyaning asoschilaridan biri E. Bogardusning fikricha, “A’lo darajali iste’dodlar shaxsga ertami-kechmi, yetakchilikka olib keluvchi kutilgan mavqeni beradi”2.

Turli mualliflar yetakchi mavqeiga da’vogar shaxs egabo‘lishi lozim bo‘lgan sifatlarniturlicha keltirishadi. Ayrim hollarda ular bir-birini inkor ham etadi. Garchand belgilar nazariyasi shaklanishida XIX asr ingliz ruhshunos va antropologi F.Goltonxizmatlari alohida ta’kidlansa-da, Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ushbu masalaga qo‘shgan hissalarini takidlamasdano‘tolmaymiz.

Buyuk allomamiz Abu Nasr Forobiy o‘zining "Fozil odamlar shahri"asarida “hukmdor tabiatan o‘n ikki xislat — fazilatni o‘zida birlashtirgan bo‘lishi zarur", — deb hisoblaydi. Shoh va sarkarda, davlat va siyosat arbobi Amir Temur esa "Temur tuzuklari" kitobida vazirlar to‘rt fazilatta ega bo‘lishi shartligini ta’kidlaydi:

1) asllik, ya’ni toza nasllilik va ulug‘vorlik;

2) aql- farosatlilik;

3) sipoh bilan raiyat ahvolidan boxabarlik va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ular bilan yaxshi muomalada bo‘lish;

4) sabr-u bardosh, muloyimlik3.

Hozirgi vaqtda davlat, partiya rahbarlari imidjini yaratishda" yetakchi ega bo‘lishi zarur deb hisoblangan sifatlarga albatta o‘tkir zakovat, iroda, jismoniy baquvvatlilik (ko‘pgina siyosiy arboblar sport bilan shug‘ullanadilar), tashkilotchilik,fahm-u farosat, qaynoq energiya, bilimdonlik, kishilarga yoqa bilish, istarasi issiqlik, notiqlik, samimiylik kabilar kiradi.

Ammo belgilar nazariyasi mukammal emas. amerikalikR. Stogdil yetakchilikka doir 124 ta tadqiqot natijalarini umumlashtirib, ularda mualiflarning barchasi e’tirof etgan birorta fazilat uchramaganini qayd etgan. Bu nazariya turli davrda turfa ijtimoiy-siyosiy kuchlar yetakchilarga turli talablarni qo‘yishini hisobga olmaydi. Barcha vaziyatlar uchun umumiy yetakchi idealini ishlab chiqish mumkin emasligini tan olmaydi. Bundan tashqari, siyosiy jarayonda ishtirok etish davomida yetakchida yangi sifatlar ham shakllanib borishi e’tibordan chetda qoladi.

Bu yondoshuvning kamchiliklarini belgilar nazariyasining keyingi bosqichida shakllangan omiliy-analitik konsepsiya to‘ldiradi. Bu konsepsiyaga ko‘ra siyosiy yetakchining siyosiy jarayonda ishtiroki davomida uning "ikkinchi tabiati" vujudga keladi, vaziyat, muhit ta’sirida siyosiy yetakchining xulq-atvori, ish uslubi shakllanadi. Bu belgilar shaxsning o‘z tabiatidan mutlaqo farq qilishi ham mumkin, uning sifatlariga mos ravishda uyg‘unlashib, uni kuchaytirishga xizmat qilishi ham mumkin.

Siyosiy liderlik tabiatini tushuntirish, uning subyektiv mexanizmlarini izohlash qiyin. Bu jarayonni Z. Freyd tomonidan yaratilgan psixoanalitika nazariyasiorqali tahlil qilish mumkin. Ushbu nazariyaga ko‘ra, siyosiy yetakchilik negizida sensual xarakterdagi , ya’ni sezgi hissiyotlarga asoslangan mayllar yotadi.sublimatsiya, ya’ni boshqa holatga o‘tish jarayonida u ijodiy faoliyatga, jumladan, siyosiy yetakchilikka ham intilish sifatida namoyon bo‘ladi4.

Vaziyat nazariyasi. Bunda yetakchilikning muayyan shart-sharoitlarga bog‘liqligidan kelib chiqadi. Yetakchi — muayyan vaziyat mahsuli hisoblanadi. Aynan vujudga kelgan muayyan vaziyatlar siyosiy yetakchilarni tanlab oladi va uning xulq-atvorini belgilaydi. Ya’ni yetakchi vaziyatga qarab moslashtiriladi va aniqlanadi. Tarixda tasodifiy yetakchilar bo‘lmagan. Ularning har biri o‘z davrining, tarixiy vaziyatning mahsulidir. Iskandar Zulqarnayn, Oliver Kromvel, Chingizxon, Amir Temur, Napoleonlar o‘z davrining yetakchilari edilar. Yuqoridagi har bir liderning siyosiy hokimiyat tepasiga kelishi mavjud davr taqozosi tufayli sodir bo‘lgan. Shu bilan birga vaziyat konsepsiyasi kuchli shaxs ham muayyan vaziyatni keltirib chiqarishi mumkinligini xisobga olmaydi.Vaziyatlar ta’limotiga aniqlik kiritish, rivojlantirish va sifat jihatlarini boyitish natijasida siyosiy yetakchilikni uning izdoshlari va tarafdorlari yordamida tushuntiuvchi ta’limot vujudga keladi.

Zamonaviy siyosat nazariyasi. Ushbu nazariya tarafdorlarining tushunchasi keng qamrovli bo‘lib, siyosiy faollarni tashqari yetakchining saylovlari, shuningdek, u bilan o‘zaro munosabatda bo‘luvchilar ham bu tushuncha mazmuni tarkibiga kiritiladi. Tarafdorlarni o‘rganish – siyosiy yetakchining xulq-atvorini, qabul qilinadigan qarorlarini oldindan bilish imkoniyatini beradi.

Yetakchi va tarafdorlar munosabatlarining shakllanishi va amal qilishida siyosiy tarafdorlarning roli kattadir. Aynan, tarafdorlar yetakchining shaxsiy sifatlari va imkoniyatlarini yetarli baholay oladilar, uni qo‘llab-quvvatlaydilar. Bu qarash bir muncha kamchiliklarga ham egadir. Ushbu nazariya va vaziyatlar ta’limoti siyosiy yetakchining hokimiyatni egallagandan keyingi faoliyatidagi mustaqillikni, faollikni tushuntirib bera olmaydi. Tarix saboqlari ko‘rsatadiki, ko‘pgina siyosiy rahbarlar, uni hokimiyat tepasiga keltirgan qatlamlar va guruhlar manfaatiga qarshi qaratilgan faoliyat yuritganlar. Buni Stalin misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Hokimiyatga chiqqandan keyin o‘n besh yil davomida u o‘zini hokimiyat tepasiga keltirgan bolsheviklarni deyarli butunlay, bundan tashqari, o‘z partiyasi a’zolarining yarmini yo‘q qildi. Bunga o‘xshash holatni Gitlerda ham ko‘rishimiz mumkin. U ham o‘zini hokimiyat tepasiga keltirgan eski natsislar partiyasi a’zolarini deyarli bututnlay yo‘q qilgan.

Bu kabi ko‘pgina dalillar shuni ko‘rsatadiki, yetakchi va tarafdorlar o‘zaro ta’sirini ikki tomonlama harakat sifatida qarash kerak. Yetakchilar o‘z ijtimoiy tayanchlarini muayyan darajada o‘zgartirishlari mumkin. Bunday hol ayniqsa, avtoritar va totalitar siyosiy tizimlarda fojeali tus olishi mumkin. Yuqoridagi yondashuvlarni umumlashtirib, shuni ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, yetakchilikka, shu jumladan siyosiy yetakchilikka ayrim shaxs xususiyati deb qaralishi mumkin emas. Siyosiy yetakchilik muayyan davr, muayyan vaziyat va muyyan manfaatlarni ifodalovchi ijtimoiy- siyosiy xodisadir. U obyektiv tabiatiga ega: jamiyat o‘z taraqqiyoti negizida mas’uliyatni o‘z zimmasiga ola biladigan, uzoqni ko‘ra oladigan, keng fikrlovchi, ko‘pchilik manfaati uchun qayg‘uruvchi shaxslarga muhtoj.

Rahbar va uning izdoshlari, hayrixohlari munosabati ikki tomonlama ta’sirda ko‘rilgan. Yetakchi o‘z faoliyatida guruhga, tashkilotga yoki butun jamiyatga tayanadi. Yetakchi ulardanbir qadam ilgarida borib, o‘z guruhi, tashkiloti yoki jamiyatga oshkora ustun ta’sirga ega bo‘lishi kerak va uningta’siri kuch, zo‘rlik, qo‘rquv emas, ishonch, avtoritetga asoslanishi lozimdir.

Siyosiy yetakchining saralanishi, odatda, bosqichma-bosqich boradi: Avval, ijtimoiy harakat shakllanib, uning ichida yetakchilar ajralib chiqadi; so‘ngra dasturlar, tashkiliy tamoyillar, intizom iyerarxiyasi ishlab chiqiladi, nihoyat, hokimiyat uchun kurash, hokimiyatga egalik, mamlakatni boshqarishda ishtirok, rahbarlarning yetishib chiqishi kuzatiladi.

Interfaol tahlil. Yetakchilik xususida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan nazariyalar yetakchilikning turli tomonlarini ochib beradi, biroq uni bir butun sifatida ko‘rinishini bera olmaydi. Yetakchilikni kompleks tadqiq etishni amalga oshirishni interfaol tahlil uslubi bajaradi. U yetakchilikning asosiy to‘rt xususiyatiga ko‘ra tadqiq etadi:

1. lideming xarakterli xususiyatlari;

2. u bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar;

3. uning izdoshlari va ulaming o‘zaro harakati tizimi;

4. lider va o‘zaro munosabat mexanizmi.

Lekin liderlikning universal ta’limotini yaratish mumkin emas. Sababi, bu voqelikning o‘zi namoyon bo‘lishiga, vazifalariga, tarixiy davr, siyosiy tizim xususiyatlariga ko‘ra xilma-xildir.



Siyosiy yetakchilik turlari. Bugungi davr politologiya fanida siyosiy liderlar u yoki bu mezonlarga ko‘ra turlicha tavsiflanadi. Bunda, yetakchi shaxsning qo‘l ostidagilariga nisbatan munosabatiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish