1. Liberal-demokratik tizim – uning ikki ko‘rinishi mavjud bo‘lib: g‘arbiy va sharqiy.
2. Totalitar – bunda yetakchiga, tizimga va mafkuraga sodiqlik alohida qadrlanadi.
3. Teokratik tizim diniy mafkura amal qiladigan mamlakatlarda mavjud.
Siyosiy yetakchining ijtimoiy ahamiyati to‘g‘ridan to‘g‘ri siyosiy madaniyat darajasi va ommaning faolligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Faol siyosiy madaniyatning, barqaror demokratik an’analarning mavjudligi, davlat tomonidan nazorat qilinmaydigan fuqarolik jamiyati va siyosiy muxolifatning borligi – malakasiz, zaif yetakchilar uchun imkoniyatlarni kamaytiradi, turli xil o‘zboshimchalikning, hokimiyatni suiiste’mol qilishlarning oldini oladi va shu bilan birga siyosatda individual qobiliyatlar va iste’dodni namoyon qilishga keng yo‘l ochib beradi.
Hozirgi dunyoda yetakchilikning rivojlanishida beshta tendensiya shakllandi:
1) milliy yetakchilar global muammolarni endilikda chetlab o‘ta olmaydilar. Ular o‘z ichki siyosatlarini umumjahon, global jarayonning bir qismi sifatida qaralmoqda;
Do'stlaringiz bilan baham: |