Tizimni legitimlashtirish.Bu funksiya, asosan, totalitar jamiyat yetakchilariga xosdir. Siyosiy rejim o‘zini oqlay olmaganida, hukmron qatlam buni xarizmatik yetakchining alohida xususiyatlaridan izlashga harakat qila boshlashadi. Bunda yetakchilarning qobiliyatlari haddan tashqari bo‘rttiriladi, shu bilan birga oz yoki ko‘p darajada ilohiylashtiriladi. Masalan, Mao Sze-Dun – Xitoy, Saddam Husayn – Iroq, Lenin esa Rossiya xalqining dohiysi edi.
Har bir mamlakatda o‘z sohasining yetakchilarini yetishtirib beruvchi kadrlar tayyorlash tizimi mavjud bo‘lib, u jamiyat siyosiy tizimi maqsadlari, siyosiy mafkura an’analari bilan chambarchas bog‘liqdir. Shunga qarab, kadrlar tayyorlash tizimlarini uch turga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |