Savol: siyosiy lider tushunchasi va uning asosiy funksiyalarini tahlil qiling



Download 34,85 Kb.
bet3/9
Sana10.04.2021
Hajmi34,85 Kb.
#62981
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
poli

Ratsional - oshkora yetakchilik. Yetakchini saylash tarkibi, unga berilgan hokimlik vakolatlarining qonuniyligi to‘g‘risidagi qarashlarga asoslanadi. Ushbu klassifikatsiya (tasnif)o‘zining kamchiliklariga qaramasdan qo‘llash uchun oddiy va qulaydir.

Yuqoridagilarni umumiylashtirib xulosa qiladigan bo‘lsak, birinchi turdagi yetakchilik asosida odatlar, ikkinchisida e’tiqod va hissiyotlar, uchinchisida esa tafakkur yotadi. Shu bilan bir qatorda M.Veber xarizmatik yetakchilikni tahlil etishda shularga alohida e’tibor beradi. U yetakchilikning ushbu turiga inqiroz davrida jamiyatni inqilobiy tarzda yangilashning muhim xarakatlantiruvchi kuchi sifatida qaraydi, chunki, xarizmatik dohiy obro‘-e’tibori o‘tmish bilan bog‘liq bo‘lmasdan, u ommani ijtimoiy yangilanish vazifalarini yechishga safarbar etishga qodirdir. Jamiyat taraqqiyotiga nisbatan tinch davrda esa tarixiy an’analarini avaylab-asrovchi va zaruriy islohotlarni amalga oshiruvchi ratsional-legal yetakchilik maydonga chiqadi. Uni byurokratik yetakchilik, deb ham atashadi. Bu holda siyosiy yetakchilik qonuniy byurokratik tadbirlar natijasida shaklanadi.

Tadqiqotchilar dohiylarni va yetakchilarni bir-biridan farqlashadi. Dohiylik – bu oliy hokimiyat timsoli bo‘lgan shaxsga sig‘inish e’tiqodga asoslansa, yetakchilik esa ancha madaniy jamiyatlar uchun xos va u siyosatchi amal qiladigan barcha e’tirof etadigan qoidalarga asoslanadi..

“V. Pareto yetakchilarni sherlar va tulkilarga ajratgan. Tulki sifatli siyosatchi vaziyatni tez anglaydigan, o‘zining asl maqsadlarini sirtuta oluvchi, ayyor, ehtiyotkor, izlarini yashira oladigan, ustomon bo‘lishi kerak. Sher sifatli siyosatchilar to‘g‘ri so‘z, dangalchi, qo‘pol bo‘lganlari tufayli boshqalar qo‘ygan qopqonga tezgina tusha qoladi. Uning bosh tamoyili — raqibini ochiq jangda yengish. Siyosatchining ideal turi — sherning kuchi va bardoshiga, hamda tulkining epchilligi va ayyorligiga ega shaxsdir. Bunday siyosatchilar tarixda juda kam uchraydi. Amir Temur xazratlari shunday siyosatchi, deb e’tirof etilishga loyiq”6.

Amerikalik politolog Robert Taker siyosiy yetakchilikning uch turini ajratib ko‘rsatgan:

Konservatorlar — jamiyatdagi munosabatlarni qanday bo‘lsa — shunday saqlab qolishga qaratilgan faoliyat olib boradi.

Islohotchilar— hokimiyat tarkibini keng qamrovli islohotlar vositasida tubdan o‘zgartirishga intiladilar.

Inqilobchilar— odatda qurol kuchi bilan boshqa ijtimoiy tuzumga tez, sakrash orqali o‘tishni rejalashtiradi7.

Hokimiyatga munosabatiga ko‘ra yetakchilarni hukmron vamuxoliflarga ajratish mumkin. O‘z navbatida muxolif yetakchilar ham ikki xil bo‘ladi: ayirmachi-muxolif yetakchi va konstruktiv muxolif yetakchi. Ayirmachining yagona maqsadi – hokimiyat. Unga har qanday vositalar bilan erishishga intiladi. Shuning uchun u mavjud hokimiyatning murosasiz dushmani, uni qanday bo‘lmasin ag‘darib tashlashga intiladi. Hokimiyat tepasiga bunday siyosiy yetakchining kelishi mamlakat rivojini tubdan o‘zgarishiga va beqarorlikka olib keladi.

Siyosiy yetakchilarning yana bir turi – populist yetakchidir. U xalq muhabbatini tez qozona oladi, chunki u odamlarning intilishlari, ehtiyojlari, kamchiliklarini bayon etadi. Populist yetakchi ommaning noroziligi, g‘azabi, hissiyotlariga tayanib qandaydir dolzarbg‘oyani targ‘ib qiladi. Masalan, imtiyozlarni bekor qilish, millatchilik va shunga o‘xshash hodisalar.Ko‘pincha u murakkab muammolarni nihoyatda soddalashtirib ko‘rsatadi, o‘zi ilgari surgan shiorlar va g‘oyalarning ijtimoiy va siyosiy oqibatlarini jiddiy tahlil qilib ko‘rmaydi. U muammolarni "tez va oson hal qilish yo‘llarini taklif egtanida, haqiqatan o‘zi ega bo‘lgan imkoniyatlardan emas, xalqqa ma’qul gap aytib, o‘z obro‘sini ko‘tarish maqsadidan kelib chiqadi. Ammo siyosatda oson yo‘llar yo‘q. Populizm keng yoyilishining sabablaridan biri esa fuqarolarning siyosatdan, mulkdan begonalashganligi, xilma-xil va’dalarga oson ishonishidir. Bunday vaziyatda chuqur o‘ylab, tahlil qilib ko‘rilmagan va’dalarini beruvchi siyosatchi o‘z mavqeini ko‘tarishini o‘ylar ekan, garovga mamlakat tinchligi va osoyishtaligini qo‘yishi hech kimga sir emas.



Yuqorida ko‘rib chiqilgan ayrim yetakchilik turlari haqida keltirilgan fikrlar bu hodisaning naqadar serqirra va murakkabligini ko‘rsatib turibdi. Endi esa yetakchilarning bajaradigan vazifalari haqida so‘z yuritamiz. Adabiyotlarda yetakchilikning, asosan, quyidagi oltita funksiyasi (vazifasi)ko‘rsatiladi:

  1. Jamiyatni jipslashtirish, ommani birlashtirish. Yetakchida, yuqorida aytib o‘tganimdek, o‘zgalarni o‘ziga ergashtira olish, manfaatlarni teng taqsimlay olishi, fuqarolariningmanfaatlarida va boshqa davlatlar bilan munosabatlarda milliy birlikni gavdalantirishi va namoyish qilishi, fuqarolarni umumiy maqsadlar va qadriyatlar yo‘lida birlashtirishi, Vatanga, davlatga, xalqqa xizmat qilishda o‘rnak bo‘lishi lozim.


  2. Download 34,85 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish