Savdogarlar ustozi



Download 291,51 Kb.
bet6/36
Sana11.04.2022
Hajmi291,51 Kb.
#541824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
savdogarlar ustozi

Ilm qalbga mustahkam o‘rnashishi uchun, tijorat barakali bo‘lishi uchun harom ishlardan, gunohlardan, shubhalardan, g‘irromlikdan tiyilib, rohati dil bilan harakat qilish kerak.
Kufada ham katta bozor bor ekan. Ilmdan bo‘sh vaqtlarimizda bozorga chiqa boshladik. Misrda yiqqan pullarimizga forsdan, shomdan keladigan karvonlardan mol olib sota boshladik. Bu ishimizga ustoz qarshilik qilmadi. Ammo ko‘pchilik shogirdlariga ruxsat bermasdi. Bir kuni bir ayol keldi. Ustozda ishi bor ekan. U ustozga hurmat bilan gap boshladi.
-Assalomu alaykum imomi a’zam hazratlari. O‘g‘limni olib ketmoqchiman.
-Nega olib ketmoqchisiz?
-Oilada boquvchim yo‘q, u esa ishlash o‘rniga bomdoddan shomgacha ilm bilan mashg‘ul.
-Ishlash uchun olib ketmoqchimisiz?
-Ha, o‘zim ishlolmayman.
-Bir oyda ro‘zg‘or uchun qancha sarflaysiz?
-50 dirham.
-Iltimos o‘g‘lingizni olib ketmang. Uning zehni o‘tkir, kitob yozadigan, ilm tarqatadigan qobilyati bor. Men sizga oyiga 100 dirham berib turaman. Yana biror xizmat bo‘lsa, tortinmang.
-Sizdan Alloh rozi bo‘lsin. Umrim oxirigacha sizni duo qilib o‘taman.
Shu voqedan keyin biz bildirmasdan savdo qiladigan bo‘ldik. Lekin ustozga bildirmasdan iloj yo‘q edi. Oxiri Abdulloh ustozga aytishga qaror qildi. Ustoz uning gaplarini tabassum bilan tingladi. Keyin so‘z boshladi.
-Sen aytayotgan gaplarni bir oydan buyon kutib yurgandim. Tushunaman, mendan hayiqib turibsan. Savdoni to‘xtatib qo‘yadi degan xavotirdasan. Ko‘ngling xotirjam bo‘lsin. Men sen bilan ilk ko‘rishganimdayoq, yetti iqlimga dong‘i taraladigan tijoratchi bo‘lishingni sezgandim. To‘xtama, ammo ilmdan qolma.
-Xudo xohlasa ilmdan ortgan vaqtimdagina tijorat qilaman. Ammo kunimni qanday rejalashtirishga xayronman.
-Kuningni mendek rejalashtir. Ammo uxlashni tark etma. Senga bir savolim bor. Aytchi itlar bir bolalaganda 12 talab kuchukcha tug‘iladi. Qo‘y esa bir yilda bir marta nari borsa ikki marta bolalaydi, ammo bitta yo ikkitadan. Lekin qo‘y ko‘pu, ammo itlar ko‘p emas. Aslida itlar dunyoni bosib ketishi kerak emasmidi?
-Bildiring ustoz, savolning javobini bilmayman.
-Itlar tuni bilan akillab, saxar vaqti uxlab qoladi. Qo‘ylar tuni bilan uxlab sahar vaqti uyg‘oq bo‘ladi. Marab egasini uyg‘otadi. Ular quyoshni uyg‘otadi. Oradagi farq rizq tarqatiladigan vaqtda. Sen ham quyoshni uyg‘otishdan to‘xtama. Endi kuningni rejalashingga kelsak, hozir ba’zi qilishing kerak ishlarni aytaman. Avvalo bomdodni o‘qiganingdan so‘ng kunlik zikrlaringni qil, Qur’on o‘qi va hadis yodla. Keyin tijorat qil. Peshin namozini o‘qiganingdan keyin mening darslarimni tingla. Asrdan so‘ng yana tijoratinga qara, ulug‘larni ziyorat qil. Shom o‘qigach masjiddan chiqib uyingga bor va tafakkur qil. Huftondan oldin bugungi kuningni hisob-kitob qil. Savobing ko‘proqmi, gunohingmi aniqla. Dangasalik qilgan o‘rinlaringni belgilab qo‘y. Fiqhni, hadis sharxlashni, tafsirni o‘rgan va iloji bo‘lsa, kitob yozgin. Undan so‘ng ertangi kuningni rejalab ol. Bugungi rejalashga ketgan vaqting sening bir kuningni tejab beradi. Huftonni o‘qigach, o‘rgangan bilimlaringni bir takror qil va tahoratli holda uxlagin. Besh vaqt namozini o‘rinlatib qo‘ymagan odamning boshqa ishlarni qoyil qilishiga ishonmayman. Namozga ehtiyot bo‘l.
-Alloh sizdan rozi bo‘lsin ustoz. Aytgan tavsiyalaringizga albatta amal qilaman.
Ana shu kundan e’tiboran yanada shijoat bilan ilm ola boshladik. Ibodatning zavqini teranroq his qila boshladik. Tijoratimiz ham gullay boshladi.
Kunlik rejalarni namozlar orasiga qo‘yib olganimiz uchun adashmasdik va chalg‘imasdik. Abdulloh bir vaqtning o‘zida faqat bir ishni qilardi. O‘sha ishni bitirmaguncha boshqa ishga o‘tmasdi. “Chala qilingan ish boshlanmagan ishdir”, degan gapni ko‘p takrorlardi.
Mana oradan besh yil o‘tdi. Shu vaqt ichida Abdulloh 10 ta kitob yozdi. U hadis o‘rganish maqsadida dunyoning to‘rtdan bir qismini kezib chiqdi. (Darvoqe, men ham u bilan birga yurt kezdim) Tijoratini kengaytirdi. Yangi hovli sotib oldi. Hovli juda katta bo‘lib, ming kishini bemalol sig‘dirardi. Mana salkam bir yildan buyon ustalar devor aylantirib, uy qurmoqda. Abdulloh niyat qilgan orzusiga erishayapti. Umuman ustozning ko‘rsatmalari asosida rejali ishlaganimiz bosib o‘tadigan qiyinchiliklarimizni yengillashtirdi. Ustozsiz bir haftalik yo‘lni, yetti yilda bosib o‘tasan, degan gap rost ekan. Bu orada ustoz Abdullohni chaqirib uylanish taklifini berdi.
Abdullohning to‘yi soddagina bo‘ldi. Oilasi haqida batafsil aytolmayman. Chunki u alohida masala. Xullas uylangach ham ilmni to‘xtatmadi, ishlarini qoldirmadi. Uning Iroqda ham Marvda ham kamida ming kishini sig‘diradigan hovlisi bor edi. Tijorat bilan Xurosondan arab diyorlariga, Shomga qatnaganida o‘z uyida turardi. Undan tashqari ilm istab va tijorat bilan yurishi sababli o‘ndan ortiq mamlakatda uylari bor edi. U uylar bo‘sh emas, muhtoj yosh oilalarga berilgan va qachon borsa o‘sha yerda turish uchun ruxsat olingan edi (odam o‘z uyini birovga berib, yana har zamon kelganida yashab turish uchun ruxsat so‘raganini endi ko‘rishim edi).

Download 291,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish