Savdogarlar ustozi


Yangi xodim o‘z rizqi bilan



Download 291,51 Kb.
bet12/36
Sana11.04.2022
Hajmi291,51 Kb.
#541824
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Bog'liq
savdogarlar ustozi

Yangi xodim o‘z rizqi bilan
Ustoz Imomi A’zam xazratlarining bir gapi bor: “Ishga olgan xodiming o‘z rizqi bilan keladi. Uylansang xotining o‘z rizqi bilan, farzandlaring o‘z rizqi bilan kelganidek, yangi xodimga Alloh ajratgan rizq bor. Shuning uchun seng ishlayotgan insonlarning ish haqqida adolatli bo‘l va daromading sal kamayganida ularning maoshlarini kamaytirmagin. Shunda asl barakani ko‘rasan”. Men doim ustozning haq bo‘lib chiqqaniga guvoh bo‘laman. Bu safar ham hisobchining qadami qutlug‘ keldi. Rizqi ortig‘i balan keldi. Ishlar tezda shunday tartibga keldiki, daromadimizning uch baravar oshaganiga ishonmay qoldik hatto. Ilgarilari hisob kitob, mol tushirgandan to chiqquncha davom etar va mol sotilishi bir necha kun kechikardi. Odamlar bir kun kutib ham qolardi. Sodiq kelgach, molning kirdi-chiqdisi juda sodda bo‘p qoldi. Odamlar endi kutmas, Abdullohning ilmga vaqti ko‘proq edi. Men ham o‘z navbatida kitobdorligimni bamaylixotir qilyapman. Bu orada “Tarix kitobi” asari bitdi. Abdulloh bu kitobni bir necha yillik safarlar ta’sirida yozdi. Bu kitob buyuklar, joylar, millatlar haqidagi mo‘jazgina qo‘llanma bo‘ldi. Ha, mayli maqsaddan chalg‘imaylik. O‘rni kelganda boshqa kitobda uning asarlari haqida batafsil to‘xtalish niyatim bor. Xullas, Sodiqning barakasidan ishlar jadal rivojlana boshladi. Daromadlar ham ortib boryapti. U bozorlarga mol yetkazib berish, pullarni yig‘ib olish, buyurtmalar qabul qilish, zarur mollar ro‘yxatini tuzish, bozorni o‘rganish ishlarini ham tezda o‘z qo‘liga oldi. Endi ilmga vaqtimiz yanada ko‘paydi. O‘z navbatida hisobchining maoshi ham ikki barobar oshdi. Undan yana bir yaxshi odatni o‘rgandim.
Bir kuni xonasiga bir ish bilan kirsam, pullarini taqsimlab o‘tirgan ekan. Men undan:
-Qarzing bormi?, - deb so‘radim.
-Yo‘q, - dedi u qisqagina. Keyin u bilan shunday qiziqarli suhbat bo‘ldi.
-Unda nega pullaringni alohida taqsimlayapsan?
-Otam o‘rgatgan. Taqsmilarimni sizga hozir tushuntiraman. Oylik topgan daromadimning 10 dan birini ota – onam uchun, 10 dan birini ehson qilaman, 10 dan birini o‘zimning kelajakdagi ehtiyojlarimga ajrataman. Qolgan qismini zaruratga qarab sarflayman.
-Hammasini tushundim, ammo o‘zinga ikki marta pul ajratganingni menga tushuntir.
-Birinchi ajratgan bir qism bu kedajagim uchun. Ertaga qanday kunlar bo‘lishini bilmayman. Shuning uchun doimo o‘zimga maosh ajratib boraman. O‘tgan yilgi o‘z pulimga o‘nta kitob sotib oldim. Juda noyob kitoblar, lekin juda qimmat ekan. Bu yilgi pulimga qo‘y sotib olmoqchiman. Taqsimotdan ortgan pullarimni o‘z ehtiyojimga ishlataman. Agar ortib qolsa singlimga yuboraman.
-Sen bu odatingni boshqa xodimlarga o‘rgatishing kerak ekan. Shunda ko‘pchilik hali maosh olmay turib, ishlatib qo‘yishdan saqlangan bo‘lardi.
-O‘rgataman. Biror kun hovlida barcha xodimlar yig‘ilganda ularga aytaman.
-Yasha. Ha, aytgancha, Shomdan kelgan mollar savdosidan tushgan pullar hsiobini bersang. Xo‘jayin so‘rayotgandi (men ishchilar oldida Abdullohni xo‘jayin deyman, toki ular topshiriq oladigan va haddi sig‘maydigan bir kishiligini bilsin). Kitob yozayotganlarga ehson qilmoqchi.
-Xo‘p bo‘ladi. Siz xo‘jayinning oldiga yetguningizcha, ortingizdan hisob-kitoblarni yetkazaman.
U haqiqatdan aniq ishlaydi. O‘zi vada bergandek, tezda daftarni olib keldi. Abdulloh daromadni ko‘rgach, xarajatlarni hisobladida, bira to‘la ming dinor pulni ehson uchun ajratdi. Bu pul kichikroq savdogarning o‘n yillik daromadi edi. Shoshib qoldim. Lekin bir so‘z deyolmadim. Chunki Abduloh birovga pul bermoqchi bo‘lsa, fikridan qaytarib bo‘lmasdi. Qaytarishga uringan odamga shunday muomala qilardiki, unga toabad dars bo‘lardi.
Hisobchiga dars bo‘ldi
Bir kuni Abdulloh bilan ilmiy majlisda o‘tirgandik. Odam ko‘p edi. Savol berguvchilar ham juda ko‘p edi. Bir kish unga shunday savol berdi.
-Ustoz Alloh nazdida kuchli mo‘min kuchsiz mo‘mindan ustun ekan. Shuni bizg izoxlab berolasizmi? Abdulloh tabassum bilan odaticha odamlarga bir qur nazar soldi. Keyin so‘rovchiga qarab javob bera boshladi.
-Siz haqsiz, kuchli mo‘min afzaldir. Alloh buyruqlarini bajarib, qaytariqlaridan qaytgan barcha bandalarini yaxshi ko‘radi. Ammo har tomonlama kuchli mo‘minni afzal biladi. Agar mo‘min kishi jismonan, moddiy tomondan, aqlan kuchli, ilmi baland bo‘lsa, jamiyat undan naf oladi. Boy, bilagi baquvvat, aqli to‘la kishiga fitnachilarning nayranglari o‘tmaydi, u yashab turgan jamiyatda ahloqsizlik urchimaydi. Bo‘lmag‘ur odatlar shakllanmaydi. Agar shunday kishilar jamiyatda ko‘paysa, ayollar xor, erkaklar qul bo‘lib qolmaydi. Mamlakat mustaqil bo‘ladi. Agar o‘z fikriga, ta’siriga ega vijdonli kishilar kam bo‘lsa, mamlakat og‘izdagina mustaqil bo‘ladi. Aslida boshqa davlatga qaram, uning yo‘rig‘iga yurib turgan bo‘ladi. Axloqsizliklar, riboxo‘rlik (foizga pul oldi berdi qilish), qotilliklar, tuxmatlar, begunohlarning zindonga tashlanishi avj oladi. Shuning uchun har bir aqlini tanigan kishi ilmli, jang san’atini o‘zlashtirgan va albatta boy bo‘lishi kerak. Musulmonlar mana ayni damda shu sifatlari bilan dunyoga mashxurdir. Biror mamlakat ularga qarshi chiqolgani yo‘q. Agar moliyaviy mustaqillikka harakat qilinmasa, jang san’ati o‘rganilmasa, har tomonlama ilm olinmasa, har bir og‘zi shaloqning har bir suyuqoyoqning so‘zi hikmat, hayoti ibrat bo‘lib qoladi. O‘tirganlar Abdullohning so‘zlarini zo‘r qiziqish bilan tinglab o‘tirardi. U so‘zini tamomlaganini joyiga o‘tirganidan bilsa bo‘lardi. Shunda bir kishi oldiga yaqin kelib:
-Ustoz yetti yuz dirxam qarzim bor. Bir yildan beri to‘planib shuncha bo‘pti. Qarz egasi yoqamdan ushlab, bermaganimga qo‘ymayapti. Men uchun shu pulni to‘lab tura olasizmi? Qurbim yetsa qaytaraman Xudo xohlasa, -dedi yerga qarab.
-Beraman, -dedi Abdulloh va hisobchiga bir xat yozdi. Xatda “Shu xatim senga yetib borsa va ma’nosiga tushunsang, uni olib borganga yetti ming dirxam berib yubor”, deyilgandi. Xatni boyagi muhtoj kishi olib ketdi.
U yetib borgach, undan xo‘jayin qancha berishini so‘ragan. U yetti yuz dirxam degan. Xatda yetti ming dirxam yozilgan. Angalshilmovchilik bo‘pti, deya u qaytadan xat yozgan. Xatning mazmuni quyidagicha, “Xo‘jayin xatda ozgina xatolik o‘tibdi. Pul so‘ragan odam sizdan yetti yuz dirxam so‘ragan ekan, siz yetti ming deb yozibsiz. Aniqlik kiritib yuborsangiz, men pulni berib yuborardim”. Abdulloh indamay quyidagi mazmunda xat yozdi: “Shu xatim senga yetib borsa va ma’nosiga tushunsang, uni olib borganga o‘n to‘rt ming dirxam berib yubor. Agar sen mening xodimim bo‘lsang aytganimni qil, agar men sening xodiming bo‘lsam, o‘rnimga kel men sening ishingni qilay. Men ushbu hadisni eshitgach, savobidan umidvorman. Ibn Abbos aytadi: «Rasululloh (s.a.v.) aytadilar: “Kimki bir musulmon birodariga to‘satdan bir xursandchilik keltirsa, Alloh taolo uning gunohlarini kechirib yuboradi». Men ham u birodarimga kutilmaganda bir xursandchilik keltirishni xohladim”.
Ana shu voqedan keyin Abdulloh biror joyga pul chiqarmoqchi bo‘lsa, hech birimiz sababini so‘ramaymiz. Hisobchi ayniqsa, anchagacha uning ko‘ziga qarolmay yurdi. Ushbu voqea unga katta dars bo‘lgan edi.

Download 291,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish