Savdogarlar ustozi


Firibgarlik insonni xarob qiladi



Download 291,51 Kb.
bet11/36
Sana11.04.2022
Hajmi291,51 Kb.
#541824
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
savdogarlar ustozi

Firibgarlik insonni xarob qiladi
“Albatta, to bir qavm o‘zlarini o‘zgartirmagunlaricha, Alloh ularning holini o‘zgartirmas” (Ra’d surasi 11 oyat).
Ustozimiz shu oyatni doimo takrorlab, bizlarga eslatib turardi.
-O‘g‘lonlarim, yodlaringda bo‘lsin, fikrlashlaring o‘zgarmaguncha, hayotlaring o‘zgarmaydi. O‘zlaringni o‘zgartirmagunlaringcha, Alloh ham sizlarni o‘zgartirmaydi.
Biz oldinlari insonni o‘zgalar o‘zgartiradi, ustoz tarbiyalab qo‘ya qoladi, degan fikrlar bilan yasharkanmiz. Aslida inson avvalo o‘zgarishga o‘zi qaror qilishi va ustozga borishi kerak ekan. Aks holda hech kim insonni o‘zgartirib qo‘yolmas ekan.
Hozir orada bir voqeani aytib o‘tishni lozim topdim. Biz ham bu voqega ozgina aloqadormiz.
Biz tijoratni boshlagan vaqtda bir katta firibgar haqida eshitdik. U odamlardan qarz olar, muddati kelganida boshqadan qarz olib yopar, ish kasodga uchraganini aytib, to‘lovni yillar ortga surardi. Ba’zi puldorlar bilan muzoraba qilar va sheriklikni buzib, suvdan quruq chiqardi (Muzoraba sheriklik qilishdir. Bunda bir tomon pul ikkinchi tomon mehnatini tikadi. Ish kasod bo‘lsa, pul bergan puliga, mehnat qilgan odam mehnatiga kuyadi). U boshqa shaharlardagi boylarning qiziga uylanish uchun sovchi qo‘yar va to‘ygacha boydan pul olib, yeb ketardi. Aksar buzg‘unchiligini Kufada emas boshqa shaharlarda qilardi.
O‘sha paytlarda tuya ayniqsa, qizil tuya haqiqiy obro‘ edi. U mana shundan ham ustamonlik bilan foydalangan. Qizil tuya savdosi sultonlik tasarrufidagi ish edi. U odamlarga arzonroq narxlarda qizil tuya olib bermoqchi bo‘lgan. Sultonning amaldorlari bilan kelishib, ishni boshlagan. Ular firibgarlik yo‘lida birlashgan va natijada tuya sotish yakkahokimlikka aylangan. U odamlardan pul yig‘ib olib, avval boshda tuyalarni yetkazib bergan, ammo ohirida tuya tanqisligini, amaldorlar pora bermasa sotmasligini ayta boshlagan va odamlardan tuya narxidan ziyodroq pul olgan. Amaldorlarga ham bir qismini doimiy yetkazib turgan. Sulton ularning ishini bilib qolgach, tuya sotuvini erkinlashtirishga buyruq berdi va boshqa tuyasotarlarni ham mamlakatga jalb qildi. Ammo firibgar va Xudobexabar amaldorlar dastidan tuya narxi o‘sha ko‘tarilgani bilan qaytib tushmadi. Odamlar ijaraga tuya olib minadigan, ayni tuya kerak bo‘lganida ijarachilar ham narxni ko‘proq so‘raydigan bo‘lib qoldi. Vaziyat shunday keldiki, endi amaldorlardan tanishi borlar ko‘plab tuyalarni navbatsiz sotib oladigan va ikki baravar narxida xalqqa pullaydigan bo‘ldi...
Aytgancha firibgarning ismi Qosim edi. Ishlarimiz ayni avjida bo‘lgan pallada oldimizga kelib, sheriklik taklif qilgan. Abdulloh bilan biroz suhbatlashgandi.
-Ismim Qosim, katta savdogarman. Amaldorlarning yarmi bilan tanishman. Chegaradan mol olib kirish muammo emas. Otam ham savdogar o‘tgan. Sizlar bilan savdoda sheriklik qilmoqchiman. Aytishlaricha bozorda eng arzon bahoda sifatli gazlama va mo‘yna sotayotgan ekansizlar.
-Ismim Abdulloh. Otam qul edi. O‘zim ilm tolibiman. Savdo qilayotganimiz rost. Ammo hozircha sherikka ehtiyojimiz yo‘q.
-Xato qilyapsizlar. Katta savdogarlar men bilan ish boshlagach, savdolari mislsiz kengaygan. Bosh qozining o‘g‘li, soqchi boshining jiyani, vazirning kuyovi, g‘azna boshining o‘zi barchasi men bilan hamkor. Ular bilan katta ishlarni amalga oshiryapmiz.
-Zarurat tug‘ilsa, sizlar bilan ishlaymiz. Omon bo‘ling.
Abdulloh o‘rnidan turib uni kuzatib qo‘ydi. Keyin menga u haqda gapirdi.
-Abdusalom agar uni to‘xtatib qolmasak, kelajakda ulkan falokatlar olib keladi. Qozidan foyda yo‘q. Sultonga yetkazishimiz kerak. Chunki u yaqinda taxtga keldi. Xalq dardini eshitadi. Ammo o‘zimiz unga yetolmaymiz. Yetkazishmaydi. Boshqa tasiri katta insonlar orqali vaziyatni bildiramiz. Shu orada bir oycha vaqt o‘tdi. Bir kuni qozi odam jo‘natib, asossiz ravishda ishlarimizni tekshirishni boshladi. Jarima ham soldi. Shu tariqa sergak tordik. Qosim bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘ldik. Uning bizni chuv tushirib ketishini hisobga olib, Makkadagi tanishlar bilan bir ishni kelishib oldik. Savdo karvoni yo‘lga tushgach, yasama qaroqchilar orqali molni talatib, Qosimni o‘g‘irlatdik (savdo uchun besh yuzta tuya va ikki yuz dinor tikkandi). Makka hokimi orqali sultonga xat jo‘natdik. Nihoyat uni Marv zindoniga qamashdi. Ishlari ochilib, qozi, vazir, soqchi boshi va boshqalar amalidan ayrildi. Ayrimlari qochib ketdi...
Siz shunchalik oson bo‘ldimi, deb o‘ylayotgandirsiz. Taassurotingiz to‘liq bo‘lishi uchun g‘azna boshi aralashuvi bilan mamlakatda sudxo‘rlik avj olib ketganini ham aytmasam bo‘lmas. Mamlakatda ribo (sudxo‘rlikning avj olishiga bozorda islomni bilmagan savdogarlarning ko‘payib ketgani va poraxo‘rlik avj olgani ham sabab bo‘ldi) yashirin tarzda rivojlana boshladi. Dinni tushunmagan odam foizga aralashib qolishi aniq. Shunday qilib g‘azna boshi savdogarlarga foizga qarz bera boshladi. O‘zi emas qarindoshlari orqali. Oshkora emas yashirin. Natijada baraka qocha boshladi. Xullas ularning ishlarida Qosim katta ko‘makchi bo‘ldi. U odamlarni riboga o‘rgatdi. Riboni muomalaga kiritgan yaxudiylar va nasorolar endi oshkora ish olib bora boshladi. Yangi sulton ishlarni tartibga solishni boshladi, ammo endi riboni to‘xtatib bo‘lmasdi. Chunki ribo rasmiy tus olgan. Puldorlar uyushib, ribo uyushmasini tuzgan va g‘azna ularni qo‘llab turgandi (bugungi banklar, lombardlar Muallifdan). Shunday bo‘lsada, sultonning aralashuvi bilan firibgarlarning faoliyati to‘xtatildi.
Qosim va amaldorlardan aziyat chekkan xalqning pullari sekin asta egalariga qaytarildi. Qosim tavba qilmagani uchun qatl etildi. Rostdan ham inson o‘zini o‘zgartirmasa, odamlarning qo‘lidan hech narsa kelmas ekan. Sud jarayonidan qiziq bir voqeani aytib o‘tsam.
Amaldorlar va Qosim sud qilinyapti. Davogarlar ko‘p. Shunda g‘aznaboshi va Qosim davogarlar bilan muzokaraga kirishmoqchi bo‘ldi.
-Agar sizlar shikoyatlaringizni qaytib olmasangiz, bizni zindonga tiqishsa, ikki dunyoda ham pullaringizni qaytarib ololmaysiz, - deyishdi ular.
-Pulimizni sulton olib beradi. Shikoyatlarimizni qaytarib olmaymiz, - deyishdi puli kuyganlar.
Xullas o‘rtada ancha tortishuv bo‘ldi. Eng achinarlisi, xalqning ko‘ksidagi dardi, alami, ezilgani, ayrim kuchishlatar tizimlarning dastidan qo‘rqib qolgani bir jabrdiydaning aytganlarida yaqqol isbotini topdi.U qozi huzurida shunday dedi.
-Mayli shikoyatimizni qaytib olamiz, ularning qutulib qolishi uchun tovon pul ham yig‘aylik. Agar shunday qilmasak, ular tez orada zindondan chiqib oddiy xalqni battar ezadi. Mening hech kimim yo‘q, farzandalarim, ayolim vafot etdi. Bu gaplarni aytishimdan murod, bir safar qo‘riqchilar boshlig‘ining ustidan arz qilgandik, avvaliga arzni ko‘rib chiqishdi, keyin biroz tinchlandi, ammo bir oyga qolmay shikoyat qilganlar urug‘-aymog‘i bilan zug‘umga uchradi. Ko‘pi qatl qilindi, ko‘pi zindonband qilindi. Afsuski, o‘sha begunoh o‘ldirilganlar ichida ikki o‘g‘lim ham bor edi. Ayolim farzand dog‘iga chidolmay olamdan o‘tdi. Qozining oldida shu gaplarni aytib qolmasam, bilmadim haqiqatni sultonga qanday yetkazaman...
Biz aytilganlarni ko‘zda yosh bilan tingladik. Saroy ulamolaridan bir sado chiqmadi. Ular zulmga qarshilik qilolmasa, oddiy xalq nima qilsin. Amaldorlar istagan ishini qiladi. Bugun yana shuni ham angladikki, agar saroy ulamosi, amaldorlardan qo‘rqib, haqiqatni aytolmas ekan, oddiy xalq ezilib yuraveradi. Odamlar ham Xoliqdan emas maxluqdan qo‘rqadigan ulamoning hurmatini joyiga qo‘yaverar ekan, amaldorlarni alqashda davom etar ekan, tinch turmush, farovonlik orzu bo‘lib qolaveradi.

Download 291,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish